“Аmaliy Buxgalteriya+1S” oʼquv kursida zamonaviy buxgalteriya saboqlari

2021 yil oktyabrь oyida “Iqtisodiyot” kafedrasida “Amaliy Buxgalteriya+1S” o‘quv kursi tashkil qilindi. “Amaliy Buxgalteriya+1S” o‘quv kursi Nizomi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Ustaviga muvofiq institut rektori tomonidan tasdiqlangan.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda buxgalteriya xizmatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hatto tadbirkorning o‘zi xam buxgalteriyani yaxshi o‘zlashtirishi biznes uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
“Iqtisodiyot” kafedrasi “Amaliy Buxgalteriya+1S” o‘quv kursiga tadbirkorlar va aholini buxgalteriyaga qiziquvchilarni o‘qishga taklif qiladi.
O‘quv kursi iqtisodiy va noiqtisodiy yunalishdagi barcha talabalar xamda aholiga korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish tartibini pullik asosda o‘rgatish maqsadida tashkil qilingan. O‘quv kursida 3 oy davomida darslar o‘tiladi va barcha darslarning amaliy jihatlariga alohida e’tibor berildi.
O‘quv kursida 2021-2022 o‘quv yili davomida buxgalteriya va 1S dasturi bo‘yicha saboqlar berib borildi. Hozirgi zamon buxgalteriyasini 1S dasturisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, shuning uchun o‘quv kursida 1S dasturi har bir tinglovchining kompьyuteriga o‘rnatib berildi va uning ishlash printsipi o‘rgatib borildi. Buxgalteriya saboqlaridan tashqari kompьyuter savodxonligi bo‘yicha ham tinglovchilarga ma’lumotlar berildi, ular barcha topshiriqlarni kompьyuter dasturlaridan foydalangan holda bajaradilar. “Amaliy Buxgalteriya+1S” o‘quv kursida iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi O.Q.Akramova darslarni tashkil qilib bordi.
“Amaliy Buxgalteriya+1S” o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilar barcha korxona va tashkilotlarning buxgalteriyasini olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Joriy o‘quv yili iyun oyida “Amaliy Buxgalteriya+1S o‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi. Bu tinglovchilar buxgalteriya xisobi va 1S dasturining sir-asrorlarini puxta o‘rgandilar va kelajakda yaxshi mutaxassis sifatida ish faoliyatlarini boshlaydilar.