6 may kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “TJBT” fakulteti «Menejment» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan TTJda 9 may-“Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan «Inson aziz-xotira muqaddas» mavzusida tadbir tashkil etildi.

6 may kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “TJBT” fakulteti «Menejment» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan TTJda 9 may-“Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan «Inson aziz-xotira muqaddas» mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni «Menejment» kafedrasi mudiri Sh.N.Xayitov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirni “TJBT” fakulteti Yoshlar bilan ishlash buyicha dekan muovini J.J.Shodiyev davom ettirib talabalarni bayram bilan qutladi va urush qatnashchilari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Tadbirni “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.N.Yuldasheva mamlakatimizda keng nishonlanayotgan “Xotira va qadrlash kuni” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi «Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 5081-sonli qaroriga asosan tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Kafedra katta o‘qituvchisi J.K.Musayeva ikkinchi jahon urushiga O‘zbekistonning qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talabalarga yetkazdi. «Menejment» kafedrasi dotsenti N.M.Zayavitdinova bu yil g‘alabaning 76 yilligini va “Xotira va qadrlash kuni”ni nishonlayotganimizga 22 yil to‘lganligini, ya’ni mamlakatimizda 1999 yil 9 may kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida “Xotira maydoni” ochilgani va shu kundan buyon 9 may “Xotira va qadrlash kuni” deb nishonlanib kelinayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Urush arafasida mamlakatimizda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1,5 millioni urushda bevosita ishtirok etgani, ya’ni xalqimizning 40 foizdan ko‘prog‘i qo‘liga qurol olib, jang maydonlarida qatnashganlarning 30 foizi halok bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Kafedra katta o‘qituvchisi D.M.Artikova Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning «Ayni vaqtda mustaqil Vatanimiz ozodligi, el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan jasur harbiylarimizning nomlarini ham hurmat va ehtirom bilan esga olamiz. Ularning oila a’zolariga, farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish muqaddas burchimiz deb bilamiz» degan so‘zlariga e’tiborini qaratdilar. Shuningdek, «Menejment» kafedrasi assistentlari D.D.Alimova va Sh.Sh.Po’lotovlar ham talabalarni videoroliklar bilan tanishtirib, tarixsiz, xotirasiz kelajak yo’qligi, bobolarimiz, avlodlarimiz  jasorati beqiyos ekanligini ta’kidlab o’tdilar. Tadbir M20-20 MNT guruxi magistranlari M.Tojieva va Z.Yodgorova tomonidan tayyorlangan savol-javoblar bilan qizg‘in davom etdi. Tadbir yuqori saviyada o‘tdi.
Menejment kafedrasi katta o’qituvchisi:Yuldasheva S.N.