2021 yil 27 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi «Ipak yo`li» Turizm xalqaro universiteti huzuridagi Buxoro Turizm texnikumida..

2021 yil 27 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi «Ipak yo`li» Turizm xalqaro universiteti huzuridagi Buxoro Turizm texnikumida «Servis va turizm» yo’nalishi ST 1-20 guruhida «Biznesni tashkil etish va yuritish» fanidan «Biznes reja ishlab chiqish asoslari» mavzusida Buxoro muhandislik texnologiya instituti «Menejment» kafedrasi katta o’qituvchisi  Musayeva Jamila Karomatovna rahbarligida va Buxoro turizm texnikumi o‘qituvchisi Raxmonova Fazilat Sodiqovna ishtirokida mahorat darsi o’tkazildi.
Musayeva Jamila Karomatovna, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik  mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilanganligi, O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyot sharoitida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish maqsadida davlatimizda keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini, ko‘plab yoshlarimiz bu sohada qiziqishlari oshib borayotganligini aytdi. Mahorat darsida o’quvchilar orasida o’zining biznesini boshlamoqchi bo’lgan talaba yoshlar biznes rejani tuzishda nimalarga e’tibor berish, qanday talablar qo’yilishi va nechta bosqichni bosib o’tishi kerakligi haqidagi nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko’nikma hosil qilishdi. hozirgi kunda yoshlarimiz turli sohalarda mehnat qilayotgani uning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni ham ortib borayotganini ko‘rsatayotgani, shu boisdan ham agar biz iqtisodiyotimizni, ijtimoiy sohani yanada yuksaltiramiz desak tadbirkorlikni rivojlantirishimiz zarurligini misollar bilan tushuntirdi. Talabalar bu sohada o’zi qiziqqan barcha savollarga javob olishdi.