Blog

“Yuksak mehr-muruvvat, oqibat va bag‘rikenglik bizga buyuk ajdodlarimizdan meros fazilat” mavzusida davra suhbati” o`tkazildi

 

2020-yil 09-iyun kuni BuxMTI ‘’Xorijiy tillar’’ kafedrasi mudiri dots. S.N.Nayimov va kafedra o’qituvchilari I.Shodiyeva, G.Axmedova, Sh.Yusupova, N.Gafurova, M.Soliyeva, Sh.Qahhorova, N.Nosirova, A.Qurbonov, N.Alimova, B.Navruzov, R.Norova,S.Muxammedjanova  tomonidan BMTI talabalar turar joyida xorijlik talabalar bilan “Yuksak mehr-muruvvat, oqibat va bag‘rikenglik bizga buyuk ajdodlarimizdan meros fazilat” mavzusida davra suhbati” o`tkazildi

O‘zbek xalqi qadriyatlarining har biri o‘ziga muqaddas, mo‘tabar va mustahkamdir, har birining o‘z maqsad vazifalari, yo‘nalishlari, o‘ziga xos fazilatlari bor. O‘zbek an’anaviy qadriyatlarida mehr-oqibat, halolllik, poklik, adolat, insof, Vatanni sevish, elni e’zozlash, mehnatsevarlik, kamtarlik, mardlik, saxiylik, xayr-ehson, mehmondo‘stlik, sabr-qanoat kabi insoniy fazilatlar ulug‘lanadi.

Muruvvat va saxovat yurtimizda azaldan yuksak qadriyat hisoblangan. Yordamga muhtoj kishilarga ko‘maklashish, og‘irini yengil qilish qon-qonimizga singib ketgan ezgu an’analarimizdandir. Hozirgi kunlar ham xalqimizning mehnatsevarligi, insonparvarlik tamoyillari, mehr-shavqat va sahovatpesha ekanini yaqqol namoyon qilmoqda. Mana shunday kunlarda birdamlik, jipslik, ahllik va shukronalik bilan ish ko‘rish, ayniqsa, yon-atrofimizdagi yordamga muhtoj insonlarga ko‘maklashish barchamizning insoniy burchimizdir.

Shu ma’noda, xalqimizning o‘z ehtiyojidan ortiq sarmoyasini azaliy odatlariga amal qilib, xayr-ehson, mehr-muruvvat ko‘rsatish, muhtojlar, beva-bechoralarga yordam berish, mahallasi, yurt obodligi yo‘lida sarflashi o‘tgan ota-boblarimiz ruhini shod qilishi bilan birga hayotdagi insonlarning duolariga, ezgu tilaklariga erishadi.

Yurtimizda o‘zgalar dardiga darmon bo‘layotgan, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga imkon darajasida ham moddiy, ham ma’naviy yordam berayotgan saxovatpesha insonlar juda ko‘pdir. Shu kunlarda yurtimizda hech kim e’tibordan chetda emasligining guvohi bo‘lib turibmiz. Shu o`rinda“Xorijiy tillar”kafedrasi o`qituvchilari oliy ta`lim muassasamizda ta`lim olayotgan xorijlik talabalar biz uchun o`z farznadlarimizday aziz va  qadrli.Ularni karantin davrida o`qish va bo`sh vaqtlarni mazmunli o`tkazish bilan bir qatorda, ular holidan xabar olish biz o`qituvchi va murabbiylarning burchimizdir. Ma’lumki, insonga berilgan xayr-sahovat, mehr-oqibat, siylai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo qadrlanib kelingan. Bunday oliyjanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi. “Savob ishni har kim, har kuni qilishi lozim”, – degan shiorni har bir inson o‘ziga dastur qilib olib, doimo yaxshiliklar qilishi haqiqiy insoniylik sifatini bildiradi. Yaxshiliklar,  savobli ishlar amalga oshirilgan yurt tinch, eli farovon, o‘zi taraqqiy topaveradi.

Shu o‘rinda fikrimni yozuvchi va shoir

 

Xusniddin Ravshanning  “Yaxshilik qil odamga!” nomli  she’ridagi quyidagi misralar bilan tugatmoqchiman:

Kelding yorug‘ olamga,

Malxam bo‘l dard, alamga,

Qurbing yetsa birodar,

Yaxshilik qil odamga.

Bo‘lsa mol, dunyo , puling,

Yetsa qay cho‘zsang qo‘ling,

Oq bo‘lsin ko‘ngil, diling,

Yaxshilik qil odamga.

 

 

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.