“Yoshlar o’rtasida giyohvandlik moddalarining tarqalishi va iste’molini oldini olish”

“Yoshlar o’rtasida giyohvandlik moddalarining tarqalishi va iste’molini oldini olish”

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida “Yoshlar o’rtasida giyohvandlik moddalarining tarqalishi va iste’molini oldini olish” mavzusida tadbir o’tkazildi.  Narkotik moddalarga o’rganib qolib, ularni iste’mol qilmasdan turolmaslik, giyohvandlikdir. Unga chalingan kishi borgan sari xoldan toyadi, hissiyotlari qo’pollashadi, ma’naviy qiyofasidan  mahrum bo’ladi. Odatda giyohvandlar asr vabosi – OITS xastaligiga yo’liqib, hayotdan erta ko’z yumadi. Shuning uchun yoshlarni bu balo-qazodan asrab-avaylash, ularni san’at, adabiyot, sportga oshno qilib, barkamol insonlar etib tarbiyalash kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligi va yer yuzidagi narkobiznesda aylanayotgan pul mablag’i dunyo aholisining oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, ta’lim tizimi va tibbiy xizmatga sarflanayotgan xarajatlaridan ancha ko’pligi bilan farqlanishi hech kimga sir emasligini ta’kidlab o’tildi. Ma’lumki bugungi kunda giyohvandlik moddalarning noqonuniy savdosi va giyohvandlik dunyo miqyosida eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi va har yili giyohvandlikka ruju qo’ygan minglab kishilar hayotdan bevaqt ko’z yumadilar. Jinoyat olamida, xususan, narkotik moddalar ishlab chiqarish va ular bilan savdo qilishni tavsiflanar ekan, ushbu jinoiy biznes yaratib beradigan juda katta boylik orttirish imkoniyatlari uning ishtirokchilarini xalqaro huquq normalari bilan ham, milliy qonunlar majmui bilan ham. ayniqsa, oq ajalning halokatli oqibatlari bilan ham hisoblashmay, hamma ishni qilishga majbur etmoqda. Tadbir so’ngida “Ajalga eltuvchi yo’llar” nomli video rolik namoyish etildi. Shuningdek,  mavzu yuzasidan talabalar bilan fikr almashildi, savol-javoblar qilinib, taklif va mulohazalar bildirib o’tildi. Tadbir yakunida institut rektori U.T. Muxamedxanov so’zga chiqib, yoshlarni sog’lom turmush tarzida tarbiyalab kamol toptirish har bir ota-ona va ustoz murabbiylar oldida turgan dolzarb vazifa ekanligini takidlab o’tdi. Shu bilan birga u ushbu tadbirda ishtirok etgan barcha mehmonlar va ma’sul xodimlarga minnatdorchilik bildirdi.