Blog

Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda fan va texnologiyalarning o’rni

Buxoro muhandislik texnologiya institut pedagog xodimlari 2017 yil 19 yanvar kuni G’ijduvon sanoat va transport kollejida bo’lib, “Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda fan va texnologiyalarning o’rni” mavzusida, yangi zamonaviy fan va texnologiyalarning yutuqlari, yoshlarlarni tarbiyalashdagi o’rni to’g’risida suhbatlashib fikr almashishdi.
“Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi I.I.Toshev chizmachilik fanining yutuqlari aynan shu kollejda o’tilayotgan texnik chizmachilikning maqsadi, mazmunini yo’nalishlar kesimida, oddiydan murakkabga o’tilishi misollar yordamida tushuntirildi. Hozirgi vaqtda kelib fanda katta rivojlanish bo’lgani, AutoCAD dasturidan keng foydalanish kerakligi, talabalar fazoviy tasavvuridagi detallarni aynan shu dasturda (3D) real ishlab tahrirlashi mumkinligi va hayotimizda tutgan o’rni juda muhim ekanligini yig’ilish ishtirokchilariga tushuntirdi. Shundan so’ng “Kimyo” kafedrasi katta o’qituvchisi L.N.Niyazov so’zga chiqib bugungi kunda yangi ixtirolarda kimyo fanining o’rni beqiyos ekanini ta’kidlab bunga bir necha misollarni keltirdi. Kimyo fani bo’yicha hozirda dunyoda amalga oshiriladigan ishlar va bu borada o’zbek kimyogar olimlarining tutgan o’rni beqiyos ekanligini aytib, kimyo fanini o’qitishda o’quvchilarga ko’proq yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab, interaktiv animaciyalardan foydalanilsa, mavzu yanada talabalarga tushunarli bo’lishini aytib, institutda yaratilgan elektron o’quv qo’llanmani taqdim etdi.
Suhbat davomida “Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchisi Z.F.Karamatova davlatimiz tomonidan xorijiy tillarga talab katta ekanligi, ayniqsa, ingliz tili jahon tili ekanligini yana bir marotaba bildirdi. Mutaxassisligi bo’yicha etarli bilim olgan hamda chet tilini mukammal egallagan har qanday talaba yurtimizning yanada gullab yashnashi uchun o’z hissasini qo’shishini ta’kidladi. Bunda talabalarni ingliz tiliga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida har xil multimediyali ma’lumotlarni taqdim etdi.
Shundan so’ng kollej jamoasi mavjud laboratoriya xonalari bilan institut xodimlarini tanishtirdi.

 

Suhbat so’ngida bugungi kun yoshlarini zamonaviy fikrlashga, yangi laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanishga o’rgatish kerakligi, o’zaro hamkorlikni yanada mustahkamlab, pedagog xodimlarni tajriba almashishlarini tashkillashtirishga kelishib olindi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.