Blog

Yong’in xavfsizligi qoidalari

“LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani”da “Yong’in xavfsizligi qoidalari” mavzuida seminar trening o’tkazildi
S.S. Mirzaev

5 aprel 2017 yilda “NKST” kafedrasi katta o’qituvchisi S.S. Mirzaev tomonidan “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani”da “Yong’in xavfsizligi qoidalari” mavzuida seminar trening olib bordi. Seminar treningda “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” texnika xavfsizligi bo’limi boshlig’i X.Yu. Xanbikov va “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” operator va injener texnik tarkibi ishtirok etdi. Kirish so’zi “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” texnika xavfsizligi bo’limi boshlig’i X.Yu. Xanbikovga berildi. U o’zining kirish so’zida “Yong’in xavfsizligi qoidalari” treningi ishlab chiqarishda nechog’li muxim ekanligini ta’kidladi. “NKST” kafedrasi katta o’qituvchisi S.S. Mirzaev “Yong’in xavfsizligi qoidalari” xususida ma’ruza o’qidi. U o’zining ma’ruzasida Sanoatkontexnazorat tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik qoidalari, xususan yong’in xavfsizligi qoidalari haqida bosqich-ma, bosqich tinglovchilarga tushuntirib, har bir bo’lim xususida to’xtalib, ma’lumotlar bo’yicha ta’kidlab o’tdi. Ma’ruzada asosiy: Yong’in sabablari, Yong’in keltirib chiqaruvchi omillar, O’t chirgichlar, O’t o’chirish chora-tadbirlari, Avariyalar va avariya likvidaciyasi, Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish kabi bo’limlar bo’yicha ma’lumotlar berildi. Seminar trening yakunida tashkilotchi S.S. Mirzaev tomonidan o’tilgan ma’ruza yuzasidan savol-javoblar viktorinasi olib borildi. S.S. Mirzaev tomonidan berilgan savollarga tinglovchilar aniq va to’liq javoblar berishdi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.