Blog

«YETTI PIR» deb nomlangan muqaddas qadamjolarga uyushtirilgan ziyorat-sayohati

O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning muqaddas xotirasini abadiylashtirish maqsadida, prezidentimizning sa’yi harakatlari bilan qayta tiklangan, millatimiz tarixining tiniq oynasi hisoblangan muqaddas maskanlarni ziyorat qilish, ularning tarixini o’rganish insoniy burchimizdir.  
Shu maqsadda, Buxoro Muhandislik – texnologiya instituti, «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi o’qituvchilari tashabbusi asosida «E va ICHAKT» fakulьteti 19-14 EEE, 12-15 MIAT, 28-13 MEEE guruhlari talabalari bilan birgalikda Buxoro viloyati hududidagi «YETTI PIR» deb nomlangan muqaddas qadamjolarga ziyorat-sayohati uyushtirildi. Sayohat davomida viloyatimizdagi o’tgan buyuk ajdodlarimiz va ulardan qolgan ma’naviy meros tarixi, talabalarga ayniqsa qiziqarli bo’ldi.
Buxoroga  “Sharq gavhari” maqomini berib turgan tarixiy obidalarimiz, Respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning tashabbuslari va e’tiborlari bilan qayta tiklanganligi – xalqimizga, milliy-etnik urf-odatlarimiz, an’analarimizga bo’lgan katta e’tibordir. Zotan, har bir xalq kabi bizning o’zbek xalqimiz ham o’z tarixi bilan qancha faxrlansa arziydi.
Qolaversa, Respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”.   
Buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan –insoniylik, ma’naviyat, ezgu fikr va ezgu amal birligi hakidagi ta’lim-tarbiya borasida dasturi amal bo’lib xizmat qiladigan g’oyalari beqiyosdir. Har bir ziyoratgoh mudarrisi aynan shu dargoh tarixi va tariqat g’oyalari bilan talabalarni tanishtirib, bu g’oyalarning ta’lim-tarbiyadagi o’rni haqida gapirib berdilar.
Ziyoratchi talabalar ma’nan yangi kuch-quvvat hamda milliy ma’naviy merosimiz borasida bir olam ta’ssurotlar bilan qaytdilar.




Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.