“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi

“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi BuxMTI tarkibida 2019 yil 10 iyuldagi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug’iga asosan  tashkil etildi.  “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri Samiyeva Shaxnoz Hikmatovna.

 

Kafedra huzurida “Yengil sanoatda innovatsion texnologiyalar” markazi tashkil etilgan, markazning o‘ziga daromad topishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot ishlarini iqtisodiyotni real tarmoqlariga joriy etish natijalarini OAV va axborot texnologiyalari orqali targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 

 

Ta’limga oid eng dolzarb mavzular bo‘yicha turdosh va yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilmoqda.

Kafedraning o‘quv-uslubiy ta’minotini zamonaviy talablarga va dunyo ta’lim standartlariga moslashtirish maqsadida tegishli fanlardan turdosh va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etilmoqda.

Yetakchi xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dasturlar tuzilgan.

Kafedrada ishlab chiqarish korxonalari (“Bukhara Brilliant Silk” qo‘shma korxonasi, “Delyuks Fabrik” MCHJ, “Buxoro ta’mirtexsoz”, “Merganteks” MCHJ, G‘ijduvon tumanidagi “HAJ”) 10 yillik hamkorlik shartnomalari imzolangan

 

 

Kafedrada xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim muassasalari filiallarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi filiallarning ochilishi va ular faoliyatidagi dolzarb masalalar, ikki davlat oliy o‘quv yurtlarining ilmiy sohadagi hamkorligi istiqbollari, fanlar doirasida ikki darajali o‘quv va tarmoq dasturlarini yaratish, ilmiy-pedagogik xodimlarning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari bo‘yicha ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda, jumladan,   A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti hamda Don davlat texnika universiteti o‘rtasida malakali mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan shartnoma va memorandum imzolangan.

 

 

ILMIY-TADQIQOT ISHLAR

Davlat byudjetdan mablag bilan ta’minlanmagan ilmiy-tadkikot ishlarning bajarilishi va ulardan  olingan  ilmiy  va amaliy natija

Joriy yilda kafedrada 15 millionga xo‘jalik shartnomasi imzolangan shundan 6,5 million so‘m mablag‘ institut hisob raqamiga tushgan

 

“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor – o‘qituvchilari tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilmoqda

1.Mavlonova Iroda-Tikuv mashinasi moslashuvchan tepki mexanizmini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash

2.Bozorova Farida-Tikuv mashinasi tepki mexanizmini konstruksiyasini va hisoblash metodlarini takomillashtirish

3.Mustafoev Komiljon-Yo‘rmab tikish mashinasi chalishtirgich mexanizmini takomillashtirish va parametrlarini asoslash

4.Saidova Aziza- Tikuvchilik sanoatida resurs tejamkorlikning innovatsion texnologiyalardan foydalanish va optimallashtirish

5.Maxmudova Sitora-Tikuv buyumlarini 3 D modellashtirish asosida virtual loyixalash jarayonini takomillashtirish

6.Xudoyberdieva Maxliyo-Tabiiy ipak va optik toladan smart matolar to‘qish texnologiyasini takomillashtirish

7.Vafoeva Zamira-Tikuv mashinasi moki g‘altagining konstruksiyasini va xisoblash metodlarini takomillashtirish

 

 

MDH davlatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan «Yilning eng yaxshi yosh olimi-2021» xalqaro tanlovi g‘oliblari

 

 

KAFEDRANING ISTIQBOLDAGI REJALARI

REJA

1.

Kafedrada ishlab chiqarish korxonalari (“Bukhara Brilliant Silk” qo‘shma korxonasi, “Delyuks Fabrik” MCHJ, “Buxoro ta’mirtexsoz”, “Merganteks” MCHJ, G‘ijduvon tumanidagi “HAJ”) talablariga mos keladigan “Yengil sanoat mahsulotlarini kreativ loyihalash va innovatsion texnologiyalar” yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va “Yengil sanoat mahsulotlarini loyihalashning innovatsion texnologiyalari”  mutaxassisliklari ochish

2.

Kafedra huzurida “To‘qimachilik va Yengil sanoat kompetensiya” markazini tashkil etish, markazning o‘ziga daromad topishi uchun barcha sharoitlar yaratib berish

3.

Kafedrada innovatsion faoliyat, ilmiy ishlarni tijoratlashtirish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida magistr va doktorantlarning ilmiy tadqiqot mavzularini ishlab chiqarish korxonalarining dolzarb muammolari asosida shakllantirish

4.

Respublika va xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hamkorlik shartnomalarini rasmiylashtirish va amaldagi ijrosini ta’minlash

5.

Ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlarini tizimli  rivojlantirish, kafedrada mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash

6.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari malakasini mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida xorijiy tajribalarni o‘rganish

7.

Kafedraning o‘quv adabiyotlar fondini sohaga oid horijiy ilmiy adabiyot va jurnallar bilan boyitish

8.

Kafedra yosh professor-o‘qituvchilaridan “El-yurt umidi” jamg‘armasiga nomzodlar tanlash va tavsiya qilish hamda xorijiy ta’lim muassasalariga ilmiy izlanish va malaka oshirishga yo‘naltiriladi.

9.

Tikuvchilik mahsulotlarini 3-D konstruktiv modellashtirish”,  Yengil sanoatda innovatsion texnologiyalarnomli zamonaviy oquv laboratoriyasini tashkil etish

10.

Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil-izlanuvchilar, stajyor- tadqiqotchilar  faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish orqali kafedra ilmiy salohiyatini 60-70 % gacha oshirish

11.

Talaba-yoshlarning ilm-fan va  san’atga qiziqishlarini oshirish va ilmiy dunyoqarashlarini rivojlantirish maqsadida xalqaro “WORLDSKILLS” ko‘rgazmasi hamda respublika miqyosida o‘tkaziladigan tanlov va olimpiadalarga ishtirokini ta’minlash ijodiy ishlar ko‘rgazmalarini tashkil etish