Qish-2018 “Charm, mo’yna, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” II-ko’rgazma-yarmarkasi

Qish-2018 “Charm, mo’yna, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” II-ko’rgazma-yarmarkasi

2018 yil 16 yanvar kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Qish-2018 “Charm, mo’yna, poyabzal, kiyim va aksessuarlar” II-ko’rgazma-yarmarkasi o’tkazildi. Ko’rgazma Buxoro viloyat hokimligi, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Уengil sanoat” fakulteti “Texnologiyalar va jihozlar” kafedrasi tomonidan o’tkazildi.

Yarmarkadan ko’zlangan maqsad O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishlar bo’yicha harakatlar strategiyasi” da keng iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan, qayta tayyorlash, saqlash, sotish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli korxonalarni rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilgan, shuningdek Prezidentimizning 2016 yil 15 sentyabrdagi PQ-2592 sonli “2016-2020 yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi” qarorida, hamda 2017 yil mart oyida  Buxoro va Navoiy viloyatlarida tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va viloyatlarda terini qayta ishlash va yuqori sifatli charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilgan va 2016-2020 yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishdir.

Kirish so’zini. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori-prof. U.T. Muxamedxanov ochib berdi. Buxoro viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha o’rinbosari-F.B. Umarov so’zga chiqib Buxoro terilari bugungi kunga kelib,Toshkent va Namangan viloyatlarida, ekologik jihatdan og’ir jarayonlar Respublika hududlarida bajarilib, yarim tayyor mahsulot ko’rinishida olib kelib, qayta ishlov berish va undan tayyor charm mahsulotlari ishlab chiqarish uchun boshqa davlatlarga chiqarib yuborilmoqda. Bu holatlar poyabzal va charmdan bo’lgan mahsulotlarning tannarxini oshishiga olib kelmoqda. Tannarx oshishining asosiy omillaridan yana biri, xom ashyolarni transport orqali tashish, ularni uzoq muddatda saqlab turish kabi ortiqcha  jaryonlarni bajarilishi sabab bo’lib kelmoqda.

Bunday muammolarni yo’qotish va Buxoro viloyatida poyabzal va charmdan bo’lgan mahsulotlarni ichki bozorda tannarxini pasaytirish  uchun, teri xom-ashyolarini qayta ishlash korxonasi Buxoro viloyat hududining o’zida terini qayta ishlash korxonasi barpo etilsa, yuqorida ko’rsatilgan muammolarga chek ko’yilib, yangi bo’sh ishchi o’rinlar yaratiladi. Tayyor mahsulotlarni Mahalliylashtirish dasturi asosida mahalliy xom-ashyo hisobiga ishlab chiqarish yo’lga qo’yilsa  o’z navbatida har yili 40-45 mln. dollarlik mablag’ni tejab qolishga zamin yaratiladi.

Viloyatimiz hududida yig’iladigan yirik shoxli mol terilaridan  quyidagi charm mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin.

  • maxsus poyabzallarning ustki qismi uchun bulg’ori (yuft) charmlar;
  • erkaklar va bolalar poyabzali ustki qismi uchun xromli charmlar;
  • ayollar poyabzalining ustki qismi uchun zamsha charmlar;
  • barcha turdagi poyabzallar uchun yumshoq astarlik charmlar;
  • sport poyabzallari uchun mahsus charmlar;
  • kiyim-attorlik mahsulotlari turlariga qarab yumshoq va qattiq charmlar;
  • uy va ofis mebellari uchun cho’ziluvchan charmlar.

Buxoro viloyatida har bir iste’molchiga bir yilda kamida 4 juft poyabzalga ehtiyoj mavjud. Bu ehtiyoj viloyat miqyosida hisoblansa,  o’rtacha kundalik hayotimiz uchun 1850000*4=7 400 000 juft poyabzalga to’g’ri keladi. Lekin viloyatimizda faqatgina poyabzal emas, balki charm attorlik buyumlariga ham ehtiyoj mavjud.

Kun tartibidagi uchinchi masala bo’yicha “Mexovaya moda” MCHJ rahbari- X.O.Hakimov so’zga chiqib quyidagilarni aytib  o’tdi:

Qorako’l terilarini ishlab chiqarish jarayonlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, Buxoro qorako’li dunyoda o’zining qimmatbaholigi bilan ajralib turadi. Bugungi kunga kelib Buxoro viloyatida qorako’l terilaridan mahsulot tayyorlash yomon daraja deya olmaymiz. Qorako’l terilariga ishlov berish korxonalari mavjud, lekin bu korxonalar viloyatda etishtiriladigan terilarga to’la to’kis ishlov bera olmaydi aksariyat terilarimiz xom-ashyo ko’rinishida boshqa viloyat va chet el mamlakatlariga chiqarib yuborilmoqda. Qorako’l terilari va ulardan tayyorlangan buyumlar valyuta olib kirib bo’ladigan ishlab chiqarish jarayonlari turiga kiradi.

Viloyatimiz tasarrufida etishtirilayotgan bejirim qorako’l terilarini jamlab uni qayta ishlashni to’liq  yulga qo’ysak va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonasi tiklansa va Rossiya Federaciyasi kabi sovuq namgarchilik baland davlatlarga shartnoma asosida sotish yo’lga qo’yilsa viloyatda valyuta tushumi va  eksport salohiyati oshadi.

Qorako’l terilarini viloyatning o’zida tashkil qilish bugungi kunga katta xarajatlarni talab qilmaydi, chunki etarli darajada etuk mutaxasislar viloyatimizning o’zida mavjud, xom-ashyoning aksariyat qismi Buxoro viloyati va Konimex shaharlarida etishtiriladi, bundan tashqari Buxoro texnologiyasi bilan oshlanadigan qorako’l terilari nafis, bejirim, engil va yaltiroqlilik xususiyati bilan boshqa davlatlarning qoraqo’l terilaridan tubdan farq qiladi.

SHuningdek yuqoridagi masala bo’yicha “Adiz chorva servis” MCHJ rahbari o’z fikrini bildirdi. Bugungi kunga  qirqib olinayotgan qo’y  yunglaridan Rossiya davlatlari uchun kiygiz poyabzal (Valenok) ishlab chiqarish mumkinligi, afsuski bu xom-ashyodan unumli foydanilmayotganligini aytib o’tdi.

“Erkatoy bolajon” MCHJ istiqboldagi vazifalar to’g’risida -.Ziyodullaeva so’zga chiqib: Korxonadagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti bilan tanishtirib, bolalar maxsus poyabzaliga ehtiyojni kichik korxonalar qondira olmayotgani, hamkorlikda ishlab chiqarishni kengaytirish takliflarni aytdi.

“Texnologiyalar va jihozlar” kafedrasi “Charm, mo’yna va charm buyumlar texnologiyasi” laboratoriyasi bilan tanishish.- S.S.Musayev. mehmonlarni laboratoriya bilan tanishtirib, quyidagilarni bayon etdi: Poyabzal va charm attorlik mahsulotlari bilan viloyat ehtiyojini ta’minlash uchun hozirgi kunda Toshkent va vodiy viloyatlari va chet davlatlardan kiritilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlanmoqda. Viloyatimizdagi mavjud korhonalarda bir yilida atigi 350 ming juft poyabzal ishlab chiqarilmoqda xolos, bu aholini ehtiyojini 2% ni qondirayapti xolos. Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlar bilan birga hisoblaganda ham aholi o’rtasida poyabzal va charm attorlik buyumlariga bo’lgan ehtiyoj kuzatilmoqda. Bundan ko’rinib turibdiki 7 mln. dan ortiq poyabzalga bo’lgan ehtiyojni xorij (Xitoy) davlatlaridan  kirib kelayotgan mahsulotlar bilan ta’minlanmoqda.

Hozirgi kunda  Buxoro viloyatida ko’p turdagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda, jumladan Buxoro viloyatida 3500 ishchi ishlaydigan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi,  Qandim gazni qayta ishlash (GPZ) korxonasi, 6000 ishchi ishlaydigan “Enter injer”korxonasi, Buxoro yo’l qurilish, Buxoro elektr tarmoqlari, Buxoro kurilish tresti korxonalari  va shunga o’xshash bir qator korxonalar mavjud bo’lib bu  korxonalarning aksariyatlari o’z ishchi xodimlarini maxsus poyabzal va charm mahsulotidan bo’lgan buyumlar bilan ta’minlab turadi. Bugungi kunda mazkur korxonalardagi ehtiyojni maxsus oyoq-kiyimlar bilan ta’minlashni Toshkent va vodiy viloyatlari amalga oshirmoqda. Agar  viloyatimizda terini qayta ishlash va undan tayyor charm-poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilsa mazkur masala o’z-o’zidan hal etiladi va bunga sarf etilayotgan mablag’lar viloyatimizning o’zida qoladi.

Bozor o’rganilganda hozirgi kunda erkaklar  va maktab yoshidagi bolalar poyabzaliga ehtiyoj yuqori.Hozirgi paytda poyabzal va charm attorlik buyumlarini tayyorlash uchun  1dm2 ьpoyabzal ustki charmi O’zbekiston bozorida 1500-2200 so’m, echki terisidan olinadigan astarlik charmlar-600 so’m, qo’y terilaridan olinadigan astarlik charmlar-500 so’m, buzoq terisidan olinadigan astarlik charmlar-650 so’mni tashkil etayapti, ishlab chiqarish jarayonlariga moslangan bulg’ori (yuft charm)-2500-2750 so’mgacha belgilangan. CHarmdan tayyorlanadigan buyumlar tannarxini 70-80% ni, unga sarflanadigan materiallar narxi tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki Buxoro viloyatida poyabzal va charm-attorlik buyumlari ishlab chiqarish korxonasi barpo etilishi, yuqorida ko’rsatilgan charm xom-ashyolarini Buxoro viloyatida qayta ishlash orqali xom-ashyoning tannarxini 25% ga tushiradi.

Buxoro hududida poyabzal va charm galantereya korxonasini qurish maqsadga muvofiq bo’lib, korxonada tayyorlanadigan mahsulotlar uchun etarlicha tabiiy resurslar mavjud. Bu esa  ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini pasayib, sof foyda  oshishiga va mahalliy xom-ashyolarimiz viloyatning o’zida qayta tayyorlanib ulardan tayyor charm mahsulotlari ishlab chikarishga va yangi  ishchi o’rinlar paydo bo’lishiga zamin yaratadi.