Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash tizimida innovatsion hamkorlikni rivojlantirishning muammolari va istiqbollari

Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash tizimida innovatsion hamkorlikni rivojlantirishning muammolari va istiqbollari

Buxoro  muhandislik – texnologiya institutida 24-24 noyabr kunlari  «Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash tizimida innovatsion hamkorlikni rivojlantirishning  muammolari va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro  ilmiy-amaliy  anjumani o’tkazildi.

Anjumanning asosiy maqsadi respublikamizdagi ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash tizimidagi innovatsion hamkorlikni jaxon talablari darajasiga etkazish va uni rivojlantirishda xalqaro tajribadan foydalanish hamda ushbu hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha xorijiy hamkorlar bilan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chikish.

Anjumanda 140 dan ortiq vakillar ishtirok etdilar. Anjuman tahrririyatiga 735 ta ma’ruzalar kelib tushdi shu jumladan 54 ta xorijiy davlatlardan va 200 dan ortiq Respublikamizning boshqa viloyatlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalaridan.  Anjumanda xorijiy davlatlardan 6 nafar va respublikamizdagi viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan 34 nafar professorlar -o’qituvchilar ishtirok etdilar.  Bundan tashqari, vazirliklar, idora va tashkilotlar olim va mutaxassislari, yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Anjumanda ishlab chiqarish texnologiyalarni rivojlanish muammolari va istiqbollari, Zamonaviy ishlab chiqarishning texnika va jihozlarini rivojlantirish muammolari, Ishlab  chiqarishda energiya va resurs-tejovchi texnologiyalar hamda ekologik toza texnologiyalarni tatbiq etishning ilmiy muammolari, texnologiyalarni rivojlantirishda, matematik modellashtirish va avtomatlashtirish muammolarini yechishda tabiiy fanlar ilmiy yutuqlaridan foydalanish, zamonaviy iqtisodiyotning innovatsion hamkorlik asosida rivojlanishi modellari va muammolari, zamonaviy mutaxassislar tayyorlashning ta’lim texnologiyalari yutuqlari va innovatsion hamkorligini rivojlantirish muammolari muhokama qilindi.

Anjumanda yalpi majlisida Moskva davlat qurilish  universiteti professori A.G.Tamrazyan, A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti professori A.A.Karpuxin, Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti professori H.Zayniddinov, Namangan muhandislik-texnologiya institutdan dots. R. Ismoilov va Toshkent davlat texnika universiteti professori F.A.Xoshimov so’zga chiqdilar

Anjuman yakunlari buyicha ishlab chiqilgan aniq tavsiyalar,tavsiyalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan tadbirlar va ular natijasida kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik rejalari anjumanni yopilishi majlisida tasdiqlandi.