Ikki siymo va ikki qadriyat

Ikki siymo va ikki qadriyat

“Kimyo” kafedrasi assistenti Karimova Z.M.
Buxoro muxandislik-texnologiya instituti  “Kimyoviy texnologiya” fakulteti “Kimyo” kafedrasi assistenti Z.M.Karimovaning 4-14MNGKST guruxi va “KT” fakultetining TTJ talabalari bilan Alisher Navoiy va Zaxriddin Muxammad Bobur tavalludi munosabati bilan  “Ikki siymo va ikki qadriyat ” nomli tadbir
Tadbirni 5-14NGKST gurux talabasi Qodirov Karimjon olib bordi. So’ng so’zni “Kimyo” kafedra mudiri dotsent V.N.Axmedovga  berdi. V.N.Axmedov  talabalarni Alisher Navoiy va Zaxriddin Muxammad Bobur tavalludi munosabati bilan  “Ikki siymo va ikki qadriyat ” nomli  mavzusida o’tkazilayotgan tadbir bilan tabriklab, Alisher Navoiyning ajoyib bir ruboiysi bilan so’zni yakunladilar.

So’ng Alisher Navoiy va Zaxriddin Muxammad Boburning hayoti va ijodi haqida video lavhalar namoyish etildi.

Tadbirda talabalar Alisher Navoiy va Zaxriddin Muxammad Boburning asarlaridan  badiiy  tshikishlar qilib,ijodidan ruboiy va g’azallar o’qidilar.

Tadbirda aktiv qatnashgan talabalar “Eng zukko, eng yaxshi sherxon, Navoiy va Bobur g’azallari bilimdoni” nominatsiyalari bo’yitsha g’olib talabalar mukofotlandilar.