Ichkilikbozlik va kashandalikning inson organizmiga salbiy ta`siri

Ichkilikbozlik va kashandalikning inson organizmiga salbiy ta`siri

Toshev SH.O., Sattorov M.O. NGKST kafedrasi o’qituvchilari

 

2017 yil 15 noyabr  kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 3-o’quv binosi 429-xonasida “Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” kafedrasi o’qituvchilari  Sh.O.Toshev va M.O.Sattorovlar tomonidan talabalar orasida “Ichkilikbozlik va kashandalikning inson organizmiga salbiy ta’siri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida ichkilikbozlik va kashandalikning dunyo mamlakatlarida tarqalganlik darajasi, turlari, salbiy oqibatlari va oldini olish yo’llariga bag’ishlangan taqdimot hamda lavhalar namoyish qilindi. Unda quyidagi fikrlar bildirildi:

Soha mutaxassislarining fikricha, yer kurrasida yashaydigan katta yoshli odamlar orasidagi har o’ninchi kishi spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilar ekan. O’z navbatida, spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qiladigan odamlarning 6-7 foizi, Butun jahon sog’likni saqlash tashkilotining xulosalariga qaraganda piyonistaga aylanib qoladi. Demakki, inson xulqining aynan shu shaklda og’ishi (deviant kechishi) ommaviy bo’lgani bois, jamiyat uchun xavfli sanaladi.

Insonning zamonaviy hayot tarzida chekish ko’pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, ish qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlikni va o’limning ko’payishiga sabab bo’luvchi xavfli omillarning asosiylaridan biri bo’lib qolmoqda. Tamaki naslga ham salbiy ta’sir qilib, farzandsizlikka, tug’iladigan bolalarni zaif, nogiron, jismoniy nuqsonlar bilan tug’ilishiga sabab bo’ladi.

Talabalar bilan ichkilikbozlik va kashandalikning kelib chiqish sabablari, rivojlanishi, undan voz kechish usullari bo’yicha fikrlar almashildi.