Energetiklar kuni ga munosib sovg’a

Energetiklar kuni ga munosib sovg’a

22 dekabr Respublikamizda “Energetiklar kuni” deb e’lon qilingan, ya’ni butun respublikamiz energetiklari shu kunda o’z kasb bayramlarini nishonlaydilar. Mana shu sanani munosib nishonlash maqsadida Buxoro “Neft va gaz sanoati “kasb-hunar kollejining “Elektrotexnika” kafedrasiga qarashli “Elektr jihozlari va uskunalari” yo’nalishida tahsil olayotgan guruhlar o’rtasida 22 dekabr kuuni “Energetika bilimdonlari” mavzusidagi ko’rik tanlovi tadbiri o’tkazildi. Bu tadbirda Buxoro muhandislik texnologiya institutining “E va ICHAKT” fakultetiga qarashli “Elektroenerpgetika” kafedrasining kollej bilan o’zaro shartnoma asosidagi ishchi guruh a’zolaridan bir qator etakchi professor-o’qituvchilari doc. Xafizov I.I., katta o’qituvchilari Xazratov I.X., Aslanova G.N., Qahhorov M.M., Mirzoev N.N. va assistent A.Axmedovlar ham mehmon. ham jyuri raisi va a’zolari sifatida ishtirok etdilar.

Bu konkurs 4 ta qismdan iborat bo’lib 1-qism – “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining salomlashish qismi va sahna ko’rinishi, 2-qism “Yangi innovacion g’oyalar” deb nomlanib bu qismda har ikkala jamoa a’zolari yangi yaratilgan ko’rgazmali stendlarini va yasagan qurilmalari to’g’risida ma’lumot berib ularning bozordagi raqobatbardoshligini isbot etish maqsadida taqdimotlarni namoyish etishdi va har ikkala jamoa a’zolari o’zlari yaratib, montaj qilgan quyosh uylarini, podstanciyalarni va yangi shamol energiyasidan foydalanish agregatini jyuri a’zolariga havola qildilar. 3-qism “Tezkor savol – javob” deb nomlangan nominaciyada Elektr o’lchash asboblari  va “Edektrotexnika” va “Elektroenergetika” sohasidagi fizik jarayonlar va qonunlar to’g’risida savollar berildi va nominaciyada ishtirok etgan 4 ta talabadan eng ko’p savolga javob bergan talaba shu  nominaciya g’olibi deb e’lon qilindi. 4-qism badiiy qism deb nomlanib har ikkala jamoa a’zolari tomonidan ashula va raqslar ijro etildi va sahna ko’rinishlari ikkala jamoa tomonidan namoyish etildi.

Har bir shartdan keyin kollej talabalari tomonidan milliy raqslar va Buxorcha ashulalar ijro etildi. Tanlov so’ngida har bir nominaciya bo’yicha g’oliblar e’lon qilinib. kollej ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar va sovg’alar bilan taqdirlandilar. Tadbir so’ngida kollej o’quv ishlari bo’yicha direktor muovini M. S. Hakimov va kollej “Elektrotexnika” kafedrasi mudiri Afakova R. barcha juri a’zolarini va kollej “Elektrotexnika” kafedrasi o’qituvchilarini 22 dekabr “Energetikdar kuni”, ya’ni kasb bayramlari bilan kollej ma’muriyati tomonidan tabriklab esdalik sovg’alari bilan taqdirladilar.

“Energetika bilimdonlari” nomli tanlov juda ko’tarinki  ruhda olib borildi,  kollej va institutning energetiklari jamoasi uchun kasb bayramiga munosib sovg’a bo’ldi.   Barcha talabalar bu tadbirdan o’zlarining energetikaga oid nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlab oldilar. Bunday tadbirlarning tez-tez o’tkazilib turilishi talabalarning kelajakda o’z tanlagan mutaxassisliklariga nisbatan qiziqishlarining ortishiga sabab bo’ladi va shu bilan birga va institut va kollej o’rtasidagi hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga ham zamin yaratadi.