Blog

YANGI O’QUV YILI-YANGI MARRALAR SARI

 

“Neft-gaz ishi” kafedrasi mudiri Q.Q.Sharipov, katta o’qituvchi M.O.Sattorov

2020-2021 o’quv yilida “Neft-gaz ishi” kafedrasida 5311900-Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish

bakalavriatura ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2-bosqich, 5321400-Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi bakalavriatura ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2,4-bosqich, 5111000-Kasb ta’limi (5321400-Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi) bakalavriatura ta’lim yo’nalishi bo’yicha 4-bosqich, 5A311902-Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish magistratura mutaxassisligi bo’yicha 2-bosqich talabalariga reyting (100 ballik) va baho (5 baholik) tizimda, 5311900-Neft va gaz ishi bakalavriatura ta’lim yo’nalishi bo’yicha 1-bosqich, 5A311902-Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish magistratura mutaxassisligi bo’yicha 1-bosqich talabalariga kredit-modul tizimi asosida dars mashg’ulotlarini olib borish rejalashtirilgan. Kredit-modul tizimi uchun tegishli yo’nalishlarning o’quv rejalarini ishlab chiqishda xorijiy davlatlarning o’quv rejalari tahlil qilindi. Milliy kredit-modul tizimimizni shakllantirish maqsadida xorijiy tajriba va mahalliy imkoniyat o’za mutanosiblashtirildi. Bunda kadrlar iste’molchilarining yetishib chiqadigan kadrlarga bo’lgan talabi o’rganilib, o’quv reja va fan dasturlariga tatbir etildi.

“Neft-gaz ishi” kafedrasiga 2020-2021 o’quv yilida biriktirilgan fanlardan fan dasturlari kafedra professor-o’qituvchilari va soha mutaxassislarining o’zaro tavsiyalari asosida tayyorlandi. 2020 yil 20 avgustga qadar barcha fanlarning o’quv-uslubiy majmualari, fanlarni yuqori saviyada olib borish uchun zarur bo’lgan barcha materiallarni tayyor holatga keltiriladi. Kuzgi mavsumda o’qitilishi rejalashtirilgan fanlarning barcha hujjatlari Moodle tizimiga joylashtirilishi va bu kurslarga guruhlar biriktilishi belgilab qo’yildi.

Fanlardan uslubiy ta’minotni yaxshilash borasida ham kafedra a’zolari tomonidan qator ishlar bajarilmoqda. Xususan, “Yo’nalishga kirish” fanidan o’quv qo’llanma Muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasiga topshirilgan. “Neft va gaz ishi atamalarining izohli lug’ati” o’quv qo’llanmasi Institut kengashi muhokamasidan o’tkazildi. 2020 yil sentyabr oyida “Neft va gazni yig’ish, tayyorlash va uzatish” fanidan o’quv qo’llanma va darslik Institut kengashi muhokamasidan o’tkaziladi. Shuningdek, “Neft-gazkimyo sanoati chiqindilarini tozalash texnologiyasi”, “Neft va gazni yig’ish, tayyorlash va uzatish”, “Kompressor stansiyalarini ishlatish”, “Yo’nalishga kirish”, “Kompressor stansiyalarini ishlatishning nazariy asoslari” fanlaridan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg’ulotlaridan elektron darsliklar tayyorlanib, Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomalari olingan hamda o’quv jarayoniga tatbiq etilmoqda.

Barcha fanlardan har bir mavzuga doir videomaterillar, ishlab chiqarishning tegishli ma’lumotlari, annimatsiyalar, virtual laboratoriyalar yig’ib borilmoqda va bular Moodle tizimiga tegishli kurslarga joylashtirish uchun tayyorlanmoqda.

COVID-19 pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin munosabati bilan kuzgi mavsum o’quv jarayoni masofaviy o’tkazilishini inobatga olgan holda barcha fanlarga biriktirilgan mas’ul o’qituvchilar tegishli guruhlarning talabalri haqida ma’lumotlarni to’plashdi. Kelajakda bu guruhlar bilan telegramm tarmog’i va Moodle tizimi orqali doimiy muloqotni yo’lga qo’yish orqali online ta’limni tashkil etish, samarali olib boorish va malakali kadrlar tayyorlash uchun natijador ishlarni amalga oshirish maqsad qilib qo’yilgan.

Share this post