Xorijiy tillarni maxsus maqsadlarda o’qitishning muammo va yechimlari
Buxoro muhandislik texnologiyasi instituti 1- binosining Faollar zalida “Xorijiy tillar “kafedrasi tomonidan “XORIJIY TILLARNI MAXSUS MAQSADLARDA O’QITISHNING MUAMMO VA YECHIMLARI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda jami 100 nafar ishtirokchi qatnashdi. SHundan O’zbekiston davlat jaxon tillari Universitetidan 5nafar, Namangan muxandislik texnologiyasi institutidan 2 nafar, BuxDU dan 6 kishi, TIMI Buxoro filialidan 3 kishi, Andijon qishlok xo’jaligi institutidan 2 kishi, Samarqand tibbiyot institutidan 3 kishi, Buxoro tibbiyot institutidan 2 kishi, Viloyat KHKlaridan 30 nafar, Akademik litseylardan 10 nafar va BuxMTI pedagog xodimlari va ilmiy izlanuvchilari faol qatnashdilar.Kirish so’zini institut ilmiy- ishlar buo’yich
a prorektor, docent Sa’dullaev N. N. ochib berdi va mustaqillik yillarida zamonaviypedagogik va axborot kommunikacion texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish orqali talabalar va professor o’qituvchilarni chet tillarga o’qitish va dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanish, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari haqida gapirib kelgan mexmonlarni kun tartibi bilan tanishtirdi.
So’ngra institut rektori professor U.T.Muxamedxanov mehmonlarni va barcha qatnashuvchilarni qadim va hamisha navqiron shahrimizda bo’lib o’tayotgan “Xorijiy tillarni maxsus maqsadlarda o’qitishning muammo va echimlari mavsuzidagi” respublika ilmiy –amaliy konferensiyasida ko’rib turganlaridan xursandligini aytib, konferensiya ishiga muvofaqqiyat tilab, barcha ishtirokchilar bugungi anjumanda chet tilini o’qitish soxasida tajriba almashib, turli fikrlar va g’oyalar muxokamasi orqali mavjud muammolarga echim topadilar degan umid bildirdilar.
«Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Quvondiqova X.B so’zga chiqib kelganlarni muborakbod etdi va kafedrada chet tillani o’qitish shart sharoitlari bilan tanishtirdi. Kafedrada barcha darslar axborot texnologiya resurslaridan keng ko’lamda foydalanib o’tilayotganligini va xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar barchasi kafedrada borligini ta’kidlab o’tdi.
Bir qancha o’qituvchilarning maruzalari tinglandi va chet tillarni o’qitishning dolzarb muammolari muhokama qilindi.
So’ngra navbat badiiy qismga berildi. Talabalar o’zbek, ingliz, fransuz va nemis tillarida qo’shiq va raqslar ijro etishdi.
Tushlikdan so’ng barcha mehmonlar “Xorijiy Tillar” kafedrasi o’qituvchilarining ochiq darslariga taklif qilindi. Tashrif buyurganlar darslarni tahlil qilgach ularni muhokamasini o’tkazishdi.
Leave a Reply