Xorijiy tillar kafedrasi

Кафедра мудири

Найимов Сади Нарзиевич

Филология фанлари номзоди, доцент

Телефон: (65) 223 78 97.

 Мобильный: (91) 409 55 62

Электрон почта манзили: naimov 47@bk.ru

Қабул кунлари; Ҳар куни (15:00 дан-16:00 гача)

 

         KAFEDRA TARIXI

          Rus va chet tillari kafedrasi 1 sentabr 1969 yilda A.Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutining Buxorodagi kechki fakulteti negizida tashkil etilgan.

Birinchi kafedra mudiri etib, f.f.n., dotsent N.T. Pak tayinlangan. 1978 yilda   Toshkent politexnika institutining filiali Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutiga aylantitilgandan so’ng, dotsent vazifasini bajaruvchi М.М.Jamolova, p.f.n., dotsent L.N.Zaxarov, f.f.n., dotsent Q.B.Shodmonovlar kafedra mudiri bo’lib ishladi. 1992 yildan hozirgi vaqtgacha kafedraga f.f.n., dotsent S.N.Nayimov rahbarlik qilib kelmoqda. Shu yillar mobaynida kafedra a’zolari “Texnika vositalari va EHM yordamida tillarni o’qitish jarayonida kasbga oid yo’nalishlarni jadallashtirish” va “O’quv adabiyotlarni yangi yangi avlodini yaratish” mavzusida ilmiy va uslubiy ishlar olib bordilar.

 

Kafedra o’qituvchilari tomonidan fanlardan tayyorlangan iqtidorli talabalar Respublika miqyosidagi o’tkazilgan fan olimpiadalariga faol qatnashib I-II-III faxrli o’rinlarni egalladilar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanganlar va taqdirlanib kelmoqdalar.

                Kafedrada xizmat ko’rsatish, servis va tadbirkorlik sohasi bo’yicha rejalar mavjud. Rejaga asosan har yili professor o`qituvchilar tomonidan pullik kurslar tashkil qilinadi.Tushgan mablag` kafedraning moddiy –texnika bazasini rivojlantirish va kafedra professor o`qituvchilar itomonidan tayyorlangan o`quv adabiyotlarni chiqarishda foydalaniladi.

 

  • Kafedra Respublikamizning ko’pgina oily o’quv yurtlari bilan ilmiy-uslubiy aloqalar o’rnatgan vq shartnomalar tuzilgan. Masalan: Toshkent kimyo-texnologiya instituti dotsenti N.P.Elina va “Tillar” kafedrasi mudiri, dotsent S.N.Nayimovlar tomonidan 2009 yil magistratura va aspirantlar uchun “Nemis tili” o’quv qo’llanmasi nashrdan chiqarildi.
  • Shu yillar mobaynida kafedra o’qituvchilari tomonidan oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun darslik va o’quv qo’llanmalari yaratildi va nashrdan chiqarildi. Kafedra mudiri f.f.n., dotsent S.N.Nayimov, dotsentlar Axmedova N.F., Muslimova G.M., Raximova S.R. va katta o’qituvchi Sayitova K.H.larning darslik va o’quv qo’llanmalari “Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovida qatnashib faxrli 3- o’rinni egalladi va uchunchi darajali diplom bilan taqdirlanganlar.

 

Кафедра ўқитувчилари томонидан хорижий ва республикада  нашрларида мақолалари чоп этилди. Кафедрада ёш ўқитувчилар илмий ишга жалб этилган. Кафедра ўқитувчилардан М.А.Раджабова, С.Мухамеджанова, М.Баротова , Ш.Юсупова, С.Камолавалар илмий тадқиқот ишларини олиб бормоқдалар. 2017 йил 14-15 апрел кунлари кафедра  томонидан республика олийгохларида” Чет тилини махсус мақсадларда ўқитиш муаммолари ва ечимлари” республика илмий-амалий анжумани ўтказилди.Унда республикамиз ўқув юртлари, коллеж ва лицейлардан 100 нафар ўқитувчилар фаол қатнашдилар.

 

Кафедра ўқитувчилари турли танловларда хам қатнашиб келмоқдалар. Кафедра ўқитувчилари Х.Б.Қувондиқова., М.Мустафоева, З.Ашурова., М.Баротова., Н.Рўзиева., Р.Норова., К.Сайитовалар  чет тили ўқитувчиларини  базавий лавозим  маошларига устама ҳақ белгилаш учун  тест синовларида  муваффақиятли қатнашиб, лавозим  маошларига 15% қўшиб олмоқдалар. Кафедра хорижий хамкорликни хам йўлга қўйган. Хозирда Буюк Британиянинг Норвич тил ўргатиш институти билан меморандум имзолаган. Кафедра ўқитувчилари Британия Кенгаши томонидан  ташкил этилган  янги авлод адабиётларини яратиш бўйича қатор лойихаларида иштирок этиб келмоқда.2016 йил Казакова Дилора “ESP material design” лойихасида иштирок этди. Натижада , АҚШ нинг Жоржтаун Университети нашриёти томонидан хаммуаллифликда яратилган “B2 Ready” ўқув қўлланмаси нашрдан чиқарилди.

  • Бундан ташқари , кафедра ўқитувчилари Х.Б.Қувондиқова., Ашурова З.,С.Мухамеджанова  Ўзбекистон республика Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги “Олий таълим тизимини  янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-2909 сонли қарони ижросини таъминлаш мақсадида  2019 йил ЎзДЖТУ хузуридаги Чет тилларни ўқитишнинг иннновацион методикаларини ривожлантириш Республика илмий-амалий маркази ва Британия  Кенгаши томондан Ўзбекистонда нофилологик олий таълим муассасаларининг инглиз тили ўқитувчиларининг ўзаро тажриба алмашиш гурухи (UzTESPING) лойихаси доирасида  ташкил этилган семинар-трейнингларда қатнашдилар ва сертификат билан тақдирландилар.Яратилган материал нашрга тайёрланмоқда.

    (Қуйида расмлар илова қилинган)

 

 

 

 

 

Kafedraning moddiy texnika bazasi

Kafedra institutning 4- oquv binosida joylashgan.o`quv xonalari hozirgi davr talabiga, ya`ni tillarni mukammal o`rganishlari uchun barcha texnika vositalari va o`quv stendlari bilan jihozlangan Kafedrada  100 dan ortiq kompyuter mavjud bo’lib, bu kompyuterlardan professor-o’qituvchilar va talabalar o’quv jarayonida  keng foydalanib kelmoqdalar.

Bundan tashqari kafedrada qoshida chet tillarga ixtisoslashtirilgan o`quv adabiyotlar bilan ta`minlangan axborot –resurs markazi uzluksis xizmat ko`rsatmoqda.Kutubxonada talabalar ga tillarni mukammal o`rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Kafedra o`quv xonalari internet bilan bog`langan Professor-o`qituvchilar internet orqali tillarni o`rganishga oid barcha xorijiy materiallarni oladilar va talabalarga tarqatadilar.