Xodimlar bo’limi

1977 yil  Abu Rayxon Beruniy nomli Toshkent Politexnika instituti Buxoro filiali bazasida Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti tashkil etilgan bo’lib, xodimlar bo’limi ham shu davrdan boshlab shakllantirilib o’z faoliyatini yuritib kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutini Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutiga aylantirish to’g’risida”gi 2011 yil 25 iyuldagi 213-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 29 iyul 2011 yildagi 320-sonli buyrug’iga asosan Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutiga aylantirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-1954-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 16 apreldagi 124-son buyrug’iga asosan Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti bazasi asosida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tashkil etilgan.

Bo’limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

Institut bo’linmalarini bo’lim rahbarlari bilan birgalikda malakali yetuk kadrlar bilan ta’minlash.

Kadrlardan joylarda unumli foydalanishlarini ta’minlash va ularning hisobini yuritish.

Kadrlar qo’nimsizligi masalalarini tahlil qilish va masalalar yuzasidan takliflar berish.

Boshqa bo’limlar bilan birgalikda kadrlar masalasiga oid hujjatlarni tayyorlash.

Institutda ishlayotgan professor-o’qituvchilar, xodimlar va o’qiyotgan magistrlar, kunduzgi va sirtqi bo’limlarda ta’lim olayotgan talabalarning shaxsiy yig’ma hujjatlarini saqlanishini ta’minlash.

Professor-o’qituvchilarning tanlovdan o’tish vaqtini aniqlash va ularga axborot tayyorlashni nazoratga olish.

Xodimlarga yuritiladigan mehnat daftarchalarini bo’lim nazoratchilari tomonidan yuritilishini nazorat qilib borish.

Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, lavozim o’zgarishlari bo’yicha buyruqlarning loyihasini tayyorlash va rahbariyatga kiritilishini nazoratga olish.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligidan olinadigan diplom blankalar saqlanishi va yuritilishini nazoratga olish.

Fakul’tet dekanlari tomonidan tayyorlanadigan buyruqlarni ro’yxatga olinishini nazoratini yuritish.

Oliy ta’lim vazirligidan olinadigan akademik ma’lumotnomalar blankalarini nazoratini yuritish.

Kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda xodimlarning mehnat intizomini buzganligi tufayli ishdan bo’shatish nazoratini yuritish.

Talabalar bilan ishlash bo’limida mavjud bo’lgan shaxsiy delolar va har bir talabaga ochilgan talabalik kartochkalari harakatini nazoratga olish.

Ishdan bo’shatilgan xodimlarning va o’qishni tugatgan talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivga topshirilishini nazoratga  olish.

Oliy ta’lim vazirligi va boshqa hisobot talab qiluvchi tashkilotlarga kadrlar masalasida hisobotlar tayyorlash.

Fakul’tet dekanlari tomonidan talabalar masalasiga oid tayyorlangan buyruqlarni kelishilgan holda imzolash.

Xodimlar bo’limi tomonidan tayyorlanadigan barcha hisobotlarni o’z vaqtida topshirilishini nazoratga olish.

Har yili qabul komissiyasidan o’qishga qabul qilingan 1 kurs (kunduzgi va sirtqi) talabalari va magistratura tinglovchilari va ikkinchi oliy ta’limga qabul qilinganlarning shaxsiy hujjatlarini qabul qilinishini nazorat qilish.