Xalqaro hamkor tashkilotlar

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining xalqaro aloqalar yo‘nalishida asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:

  • chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan teng huquqli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish;
  • yetakchi chet el o‘quv muassasalarida professor-o‘qituvchilar, talabalar, doktorantlar ilmiy stajirovkalari va malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish;
  • ma’ruzalar o‘qish uchun chet el professorlari va mutaxassislarini taklif qilish;
  • chel el dasturlari, jamg‘armalari hamda grantlari hisobiga investitsiyalarni jalb qilish;
  • institutda o‘qish uchun chet el talabalarini jalb qilish.

Institut 14 davlatning (Rossiya Federasiyasi, Belarus, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Shvesiya, Sloveniya, Bolgariya, Polsha, Fransiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Litva, Gruziya va boshq.) OTM lari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, shulardan 27 tasi bilan hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlariga ega.

  • A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti
  • Chelyabinsk davlat universiteti
  • Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg telekommunikatsiyalar universiteti
  • Moskva energetika instituti
  • D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti
  • Rossiya Fanlar Akademiyasi X.I.Amirxanov nomidagi Fizika instituti
  • Moskva oziq-ovqat davlat universiteti
  • Moskva dizayn va texnologiya universiteti
  • Yu.A.Gagarin nomidagi Saratov davlat texnika universiteti
  • Moskva davlat qurilish universiteti
  • Til o‘rganish Noridj universiteti (Buyuk Britaniya)
  • Janubiy-G‘arbiy davlat universiteti (Rossiya, Kursk shahri)
  • Milliy izlanishlar texnologiya universiteti (Rossiya, Moskva)
  • Kostroma davlat universiteti
  • I.M.Gubkin nomidani Rossiya neft va gaz davlat universiteti
  • Belorus davlat texnologiya universiteti
  • Mogilyov davlat oziq-ovqat universiteti
  • Boshqirdiston davlat universiteti
  • Rossiya Fanlar Akademiyasi radiotexnika va elektronika instituti
  • Sankt-Peterburg sanoat texnologiyalari va dizayn davlat universiteti
  • Belgorod davlat milliy izlanishlar universiteti
  • Moskva “Stankin” davlat texnologiya universiteti
  • Tsenov nomidagi iqtisodiyot akademiyasi (Bolgariya)
  • Qozog‘iston Yevroaziya texnologiya universiteti
  • Shimoliy-Kavkaz Federal universiteti
  • Kuban davlat texnologiya universiteti
  • Janubiy-Ural davlat texnologiya universiteti