Blog

Vobkent sanoat va transport kasb-hunar kollejida seminar-trening

Seminar-trening “O’qitish jarayonida interaktiv usullarini qo’llash” mavzuidagi 2017 yil 26 yanvarda Vobkent sanoat va transport kasb-hunar kollejining o’quv amaliyot xonasida bo’lib o’tdi. Kollejining barcha fan o’qituvchilari faol eshtirok etdilar. Bo’lib o’tadigan seminar-treningni kollej direktori I.E. Hasanov ochib berdi.

Ishchi guruh rahbari Z.Z. Boltaeva seminar-treningni asosiy maqsad va vazifalari va uning o’quv jarayonida qo’llash imkoniyatlarini aytib berdilar. Undan so’ng Z.Z.Boltaeva Assotsiogrammalar  texnologiyasi Mind Map tushuntirib berdilar.

         Assotsiogrammalar texnologiyasi (xotira xaritalari) – o’qitishning kompleks metodik usuli bo’lib, o’quv-psixologik asoslarga tayangan holda bilimlarning o’rganish strukturalariga integratsiyasini osonlashtiradi.

Didaktik maqsadi. Ish holatini ko’ra olish uzoqligiga ko’maklashish, bilimlarni faollashtirish, xotirani chuqurlashtirish va yaxshilashdan iborat.

Metodik maqsadi. Mustaqil ravishda kompleks bilimlar zahirasi ishlatiladi va shaxsiy o’quv vaziyatini qabul qilish va uni to’g`ri baholash qobiliyati rivojlantiriladi.

Variantlari: tushunchalar xaritasi, o’rganish xaritasi, semantik tarmoqlar, ontologiyalar.

Belgilari va asoslari. Assotsiogrammalar metodi bilimlarni grafik tarzda ko’rsatish va strukturalash uchun qo’llaniladi. Bu metod o’quv-psixologik asoslarga, mavjud strukturalarga yangi kontseptsiyalar va tasavvurlarni integratsiyalashni tushunishga taalluqli bo’ladi. Bu metodni qo’llashda  mavzudan markazdan chiqqan kabi keyingi g`oyalar va detallar shahobchalari ko’rsatiladi, ulardan o’z navbatida keyingi shoxalar chiqadi.

Tushuncha va metod 70-yillarda angliyalik Toni Byuzen tomonidan taklif etilgan. Uning fikrlarining boshlang`ich nuqtasi bo’lib o’quvchilarning ko’pincha “mantiqiy o’ylaydigan” bosh miya chap yarim shari bilan ishlashi degan mulohaza bo’ldi. SHuning uchun, o’zining assotsiogrammalar metodi yordamida u talabalarning bir xil tarzda ham chap, ham o’ng yarim sharlarini faollashtiruvchi ish va grafik ko’rsatish metodini ishlab chiqdi, chunki bu metod tasavvur-ijodiy fikrlashni va mantiqiy-analitik fikrlash orasida qaytar aloqani o’rnatadi.

Kelib chiqishi. Bu metod bilimlarni ierarxik va ko’rsatmali strukturalash hamda kompleks bog`liqliklarni vizualizatsiyalash haqida gap borilganda metod sifatida doim qo’l keladi.

SHuning uchun u ayniqsa:

  • umumlashtirishlarni ishlab chiqish;
  • kompleks sistemalarni ko’rsatish;
  • matnlar va tushunchalarni sistemalashtirish;
  • yozuvlar yoki o’quv materialini ko’rib chiqish;
  • loyihalarni rejalashtirish;
  • o’quv materialini mustahkamlash va chuqurlashtirish;
  • g`oyalarni yig`ish va strukturalash uchun foydalidar.

Qo’llanilish sohalari. O’quv mashg`ulotlarida bu metodni qo’llashning turli variantlari beriladi. Individual ish, guruh ishi yoki butun sinf ishtirokidagi mavzuni ishlab chiqishda bu metodni qo’llash mumkin.

SHartlari.Metodni amalda qo’llash yordamchi vositalar sifatida quyidagilar kerak: oq, chiziqlarsiz qog`oz varag`i, qalam, o’chirg`ich va rangli qalamlar. Assotsiogrammalar albatta rangli bo’lishi shart emas, ammo rangli bo’lganda axborotni eslab qolish osonroq bo’ladi. Istalgan holatda assotsiogrammani  slaydlarda, flipchartda, doskada yoki kompyuter dasturi yordamida amalga oshirish mumkin.

Assotsiogrammani ishlab chiqishda harakat tartibi quyidagicha bo’ladi:

  1. 1. Mavzu: varaq o’rtasida o’zingizning asosiy mavzuingizni yozing yoki chizing. Albom formatida ishlang, bu sizga ko’proq joy beradi.
  2. Asosiy shoxchalar: markazda joylashgan mavzudan asosiy shoxchalar chiqib, ular mavzuni alohida sohalarga ajratadi. Ularga katta harflar bilan kalit so’zlar yoziladi, bunda shoxchalar kalit so’zlardan uzun bo’lmaydi. YAxshiroq ko’rinishi uchun har bir asosiy mavzu uchun o’z rangini berish, chiziq qalinligi orqali so’zning ahamiyatini ko’rsatish mumkin.
  3. SHoxchalar: asosiy shoxchalardan shu rangdagi shoxchalar chiqadi, ular g`oya/fikrlarning qo’shimcha bosqichlarini shakllantiradi.
  4. Tuzatishlar: muhim bo’lmay qolgan axborot ramkaga olinishi va shtrixlanishi yoki o’chirg`ich bilan o’chirilishi mumkin.

Borishi. Assotsiogramma o’zining rasmlari, belgilari va turli ranglari bilan ravshanroq hamda samaraliroq chizilishi mumkin. Assotsiogramma hech qachon oxirigacha tuzilmagan, u hali tugallanmagan  rasmdir, yangi g`oyalar istalgan vaqtga uni to’ldirishi va rivojlantirishi mumkin. Kalit so’zlarni tanlashda abstraktdan haqiqiyga va umumiydan maxsus tomonga borish kerak. Agar ko’p joy talab qilinsa, talabaga boshidan boshlash va mavzuni boshqadan belgilash kerak bo’ladi.

Amalga oshirish qoidalari. O’quv mashg`ulotlarida hisobga olish kerak bo’lgan ba`zi punktlar:

talabalarga mavzuga moslashish uchun vaqt berish;

rasm chizishga ketadigan vaqtni chegaralash;

talabalarga bir-birining rasmini ko’rishga ruxsat berish;

talabalarga o’z assotsiogrammalarini taqdim etishga imkon berish, buning natijasida tushunchalarning keyingi ma`nolari tushuntiriladi va yangi assotsiatsiyalarga yo’l ochiladi;

tushunmovchiliklarda “teshiklar” qo’yib, keyin ularni birgalikda muhokama qilish;

xatning tushunarligiga e`tibor berish.

Kuchli  jihatlari:

  • Kalit so’zlarni qo’llash natijasida e`tiborni faqat asosiy narsalarga berish mumkin, bunda ishlab chiqishga vaqt va varaqda joy tejaladi.
  • Ko’rinishi tufayli informatsiya tezroq qayta ishlanadi va xotirada uzoqroq saqlanadi.
  • Assotsiogramma ochiq joylarni topadi: grafik ko’rinish tufayli qaysi fikr/g`oyalar yaxshi rivojlangan, qaysilari esa unchalik emasligi yaqqol ko’rinadi.
  • Assotsiogramma metodi materialni takrorlash uchun juda yaxshi keladi; asosiy bilimlar mavjud, ularni qayta tuzish va eslash uchun kalit so’zlar assotsiatsiyasi etarli bo’ladi.
  • Ishchi guruhlarga ajratishda kommunikativ jarayonlarni rag`batlantirish.

Agar assotsiogrammada birinchi navbatda «tuzilma» tushunchasi bo’lsa, tushunchalar/tasavvurlar xaritasi uchun «munosabat» tushunchasi yotadi. U ko’proq sabablar va oqibatlar haqidagi savollarga to’g`ri keladi. Tushunchalar, bilimlar strukturalarini grafik ko’rsatish uchun so’zlardan (terminlar, tushunchalar, tugunlar) va strelkalardan (ma`nodor munosabatlar) iborat bo’ladi. Alohida elementlar joylashishi markazda yoki ierarxik tizimlanishi mumkin.

Undan keyin ishchi guruh a`zolari SHaripova SH.S. va Soxibov T. F. “Kelajakka sayohat” interaktiv texnologiyani to’lik va tushunarli aytib berdilar.

“Kelajakka sayohat” – bu kelajakda jamiyat rivojlanishi va insoniyat taraqqiyoti uchun yaratiladigan g`oyalar (hatto amalga oshirilishi qiyin bo’lgan) va amalda tadbiq etish yo’llarini ishlab chiqishdan iborat.

Amalga oshirish bosqichlari:

  1. Tayyorlov va rejalashtirish bosqichi.
  2. Konstruktiv “Kritik fikrlash” bosqichi.
  3. “Fantaziya” bosqichi.
  4. “Amalga oshirish” bosqichi.

1.Tayyorlov va rejalashtirish bosqichi:

ijtimoiy va kasbiy faoliyatlardagi muammolarni aks ettiruvchi mavzularni aniqlash;

emotsional ta`sir va qabul qilishni ta`minlovchi muomala atmosferasini yaratish va tadbirlar muddatini belgilash;

ko’rish, eshitish, qabul qilish va sezishni ta`minlovchi ko’rgazmali materiallardan foydalanish.

  1. “Konstruktiv kritik fikrlash” bosqichi:

amalga oshirish qoidalarini o’rnatish;

muhokama qoidalarini o’rnatish;

qiziqtiruvchi tayanch savollarni shakllantirish, masalan “Nimadan qo’rqasan, nima senga xalaqit beradi” va hokazo. ;

xarakterli foto materiallarni qo’llash;

barcha ishtirokchilar fikri muhim;

barcha g`oya va fikrlarni ko’rgazmali qilib tasvirlash

Qoidalarni bo’lish:

Kichik guruhlarni har bir ishtirokchisi muhim, har qanday fikr ahamiyatli;

Biz bir-birimizga qarshi emas, balki birgalikda ishlaymiz;

“Aqliy hujum” va ijodiy metodlarni qo’llash;

Bu texnologiyani o’yin sifatida qabul qilib barcha o’yin qoidalariga rioya qilamiz.

Muomala qoidalari:

Kichik guruhlarga ishlaganda barchaning fikr yuritishga imkon berish;

Barcha fikrlar qog`ozga tushiriladi;

Dastlab har bir tinglovchi yakka holda g`oya va fikrlarini yozadi;

Baholash, munozara va muhokama oxiriga qoldiriladi;

Har bir kichik guruh barcha g`oya va fikrlarini to’playdi va umumlashtiradi;

Savollarga javoblar qisqa bo’lishi kerak;

O’zaro bir-biriga hurmat bilan qarash.

  1. “Fantaziya” bosqichi.

har bir fikrga alternativ variantlarini izlash;

“Aqliy hujum”ni baholash;

g`oya va fikrlarni umumlashtirish va baholash;

kichik guruhlarda eng yaxshi g`oyalarni aniqlash;

takliflarni ko’rgazmali aks ettiruvchi taqdimot tayyorlash.

  1. Amalga oshirish bosqichi:

muammolarni hal qilishga qaratilgan g`oyalarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklarni aniqlash;

asosiy takliflarni shakllantirish;

umumlashtirilgan loyihani tayyorlash;

loyihani amalga oshirish rejasini ishlab chiqish;

talablar va aniq modellarni aniqlash;

15 yillikda amalga oshiriladigan tadbirlarni aniqlash.

Tushuntirgandan so’ng seminarning ishtirokchilari 4 kichik guruhda bo’lindi, har bir guruhda shaxsan vaziyat berildi. “Kelajakka sayohat” texnologiyani amalda ko’rish imkoniyatini ko’rib chikdik. Har bir guruh sardori o’ziga berilgan vazifani  prezentatsiya orqali  taqdim etdilar.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *