Ustoz – shogird maktabi

Oliy ta’limni modernizaciya qilishning muvaffaqiyati, birinchi navbatda, o’qituvchilar, ularning malakasi va kasbiy kamolotiga bog’liq. Zamonaviy oliy ta’lim muassasalari professional bilimdon, mustaqil fikrlaydigan o’qituvchi, shuningdek, psixologik va texnologik jihatdan amalda insonparvarlik qadriyatlarini amalga oshirishga muhtoj. Ushbu vazifani izchil amalga oshirish va pirovard maqsadga erishishda Oliy ta’lim muassasalarida “Ustoz-shigird” tizimining uzviyligi va uzluksizligini to’liq ta’minlash muhim o’rin egallaydi.
Ta’lim-tarbiyada bosh maqsadimiz – talabani bilim olish va yuqori madaniyatli bo’lishga o’rgatish, undagi qobiliyatlarni uyg’otish, tashabuskorlik va tadbirkorlik, jamoada faollik va liderlikka loyiqlik imkoniyatlari borligiga ishontirishdir. Ushbu maqsadning amalga oshishi esa talabaning Vataniga sodiq, yuksak e’tiqodli va zamonaviy bilimli qilib tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, bu borada o’zbek xalqi orasida ming yillab e’zozlanib kelaѐtgan «Ustoz va shogird» milliy an’anasining ma’naviy-axloqiy tarbiya uchun o’ta muhim tamoyillaridan unumli foydalanishga katta ahamiyat bermoqda. Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida «Murabbiylik maktabi» faoliyat yuritadi. Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida  «Ustozlik maktabi» faoliyat yuritadi. Bakalavriat ta’lim yo’nalishining 1- va 2-kurslaridan boshlab, magistraturada to’liq ixtisoslik fanlari o’qituvchilaridan, ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot muassasalarining etakchi mutaxassislaridan tayinlangan ilmiy rahbarlar kasbiy kamolot ishlarini olib boradilar.


“Ustozlar” “shogirdlar”ni aniq soha mutaxassisligi va ilmiy sohasi bo’yicha ilmiy tadqiqotchilik faoliyatida tirishqoqlik, tashabbuskorlik, intizomlilik, jo’shqinlik,  qat’iyatlilik xislatlarini, shaxslararo munosabatlarda ezgulik, andishalilik, rahmdillik, saxovatlilik, kamtarlik, insoflilik, bolajonlik, mehmondo’stlik kabi fazilatlarni, ilmiy izlanishlarda milliy merosimizdan samarali foydalana olish mahoratlarini, ilmiy izlanishlar olib borishda haqqoniylik, xolislik va adolatlilik tamoyillariga tayanish kabi xususiyatlarini rivojlantirib borishga ma’naviy jihatdan mas’uldirlar.
Hozirgi kunda, bizning institutimizda o’tkazilib borayotgan turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli mavzulardagi uchrashuvlar, yig’ilish va anjumanlar, davra-suhbatlar, umumkasbiy va mutaxassislik fanlari to’garaklari, ko’rik-tanlov va iqtidorli talabalar bilan ishlashning mazmuni kelajakda Vatanimizga sadoqatli, bilimli, komil inson va etuk kadrlarni tarbiyalab etishtirishdan iboratdir.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida ham “Ustoz-shogird” an’analari davom ettirilib quyidagi ixtisosliklar bo’yicha ilmiy maktablar yaratilgan:

  • “Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari”;
  • Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment;
  • Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi”;
  • “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo’yicha)”;
  • Elektr energiya stanciyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar;
  • «Asboblar. O’lchash va nazorat qilish usullari»;
  • Deformaciyalanuvchan qattiq jism mexanikasi”;
  • “Optika”;
  • “Menejment” va “Mintaqa iqtisodiyoti”.