Umumiy ma`lumotlar

1977

1980

1983

1996

1999

2013

1981

1988

1999

2012

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-1954-son qarori asosida. Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik texnika instituti bazasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi.

2012 yilda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik texnika institutiga o’tkazildi.

2001-2002 o’quv yilida maxsus sirtqi bo’limida 11 ta yo’nalish bo’yicha 83 talaba talabalar safiga qabul qilindi va barcha yo’nalishlar bo’yicha Davlat ta’lim standartlari, namunaviy o’quv rejalar me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlandi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 12 iyunidagi 250-sonli qaroriga binoan 2001-2002 o’quv yilidan boshlab maxsus sirtqi bo’limda qabul e’lon qilindi.

1997 yil O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun qabul qilingan. Mazkur qonunga binoan birinchi marta oliy ta’limda ikki bosqichli kadrlar tayyorlash tizimiga o’tildi. 1999-2000 o’quv yilida 12 ta mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar qabul qilindi.

1999 yilda institut navbatdagi Davlat attestaciyasidan muvaffaqiyatli o’tdi. Davlat attestatsiyasi mezonlari asosida aniqlangan umumiy reyting bo’yicha Respublikamizning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari o’nligidan munosib joy egalladi.

1996 yilda davlatimizda ilk bor o’tkazilgan oliy o’quv yurtlarini Davlat attestaciyasi natijasida institutning faoliyati ijobiy baholandi. Davlat attestaciyasi nizomiga javob berganligi tufayli institut “Attestatsiyadan o’tdi” deb hisoblandi.

1988 yilgacha institutda faqatgina «Mashinosozlik» va «Qurilish» mutaxassisliklari buyicha kasb-hunar o’quv yurtlari uchun muhandis-pedagoglar 1989 yildan boshlab «Oziq-ovqat va umumiy ovqatlanish texnologiyasi», «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash», «Oziq-ovqat va engil sanoat korxonalari jihozlarini ishlatish va ta’mirlash» «Engil sanoat texnologiyasi», «Avtomobil transportini ishlatish va ta’mirlash» va boshqa yangi yo’nalishlar bo’yicha muhandis-pedagoglar tayyorlash boshlandi.

1983 yilda kechki bo’limida «Oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi» fakulteti (dekan dots. Muradov M.M.) tashkil qilindi.

1980 yilda Oziq-ovqat texnologiyasi bo’yicha «Non, makaron va qandolatchilik mahsulotlari texnologiyasi» kafedrasi (kaf.mud. doc. Vasiev M.G.) tashkil qilindi.

Uning bazasida 1981 yilda «Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi» (kaf. mud .t.f.n Tindibekov A.T.) va «Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil qilish» (kaf. dots. Egamberdiev N.B.) kafedralari ochildi

1977 yilda qabul qilingan talabalarga 1980 yilga kelib maxsus fanlarni o’qitish, kurs ishlari va loyihalarni, keyinchalik diplom loyihalarini bajarishi uchun sharoit yaratish maqsadida ma’muriyatning faoliyati maxsus kafedralar va ular bazasida yangi fakultetlarni tashkil qilishga yo’naltirildi.

Yangi barpo qilingan institutda o’quv-tarbiyaviy jarayonini tashkil qilish va takomillashtirish asoslari 1980-1990 yillarda amalga oshirildi.

1977 yil Abu Rayxon Beruniy nomli Toshkent Politexnika instituti Buxoro filiali bazasida Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti tashkil etildi.

Oxirgi yangilangan sana: 27.12.2017