To’qimachilik kafedrasi

yestKafedra mudiri: t.f.n. dots. Nurboyev Rashit Xudayeberdiyevich
Tel:
E-mail: tuqimachilik@bmti.uz

Institutda kadrlar tayyorlashning asosiy yunalishlaridan biri hisoblangan to’qimachilik va engil sanoat sohasi uchun kadrlar tayyorlashni ta’minlash maqsadida “Umumiy texnika fanlari” kafedrasi tarkibida to’qimachilik va engil sanoat korxonalari uchun mutaxassislar tayyorlana boshlandi. 1979 yilda “Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish” kafedrasi tashkil etilgandan so’ng, mustakil ravishda “Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish” va “To’quvchilik” mutaxassisliklari bo’yicha muxandislar tayyorlash yo’lga qo’yildi.Ushbu mutaxassisliklar bo’yicha kunduzgi, kechki va sirtqi bo’limlarda talabalar qabul qilindi. Mazkur kafedrani dots. O.M.Yoriev 1979-1985 yillar mobaynida boshqarib keldi.
1982 yildan boshlab, kafedra qoshida “Charm va mo’yna texnologiyasi” mutaxassisligi buyicha muxandislar tayyorlana boshlandi. 1985 yilda kafedraning nomi “Yengil sanoat texnologiyasi va jihozlari” deb o’zgartirildi. Kafedraga dots.M.Sh.Toirov (1985 -1986 y.y.) va doc. X.G.Gapparov (1986-1889 y.y.)lar rahbarlik qilib kelganlar. Mazkur kafedra o’z tarkibiga “Tikuv buyumlari texnologiyasi”, “Charm va mo’yna texnologiyasi”, “Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish”, “To’quvchilik”, “Charm buyumlari texnologiyasi” va “Yengil sanoat mashinalari va jihozlari” kabi mutaxassisliklarni birlashtirgan edi.
1989 yilda “Yengil sanoat texnologiyasi va jihozlari” kafedrasi negizida “Charm, mo’yna va to’qimachilik maxsulotlari texnologiyasi” kafedrasi tashkil etildi va dots. M.Sh. Toirov kafedra mudiri lavozimiga saylandi. 1992 yilga kelib kafedra “Charm va mo’yna texnologiyasi” va “To’qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va materialshunosligi” kafedralariga ajratildi.
“Charm va mo’yna texnologiyasi” kafedrasiga dotsent M.Sh.Toirov (1992-2000 y.y.) va dots. L.E.Maxmudov (2000-2005 y.y.), “To’qimachilik maxsulotlari texnologiyasi va materialshunosligi” kafedrasiga esa dots. M.F.Avezov (1992-1998 y.y.) lar rahbarlik qilib kelganlar. Mazkur kafedra 1998 yildan boshlab “To’qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi” deb nomlanib, dots. X.X.Salimov (1998-2000 y.y.) va dots. S.A.Xamraeva (2000-2005y.y.) raxbarligida faoliyat ko’rsatgan. 2005 yilda “Charm va mo’yna texnologiyasi” va “To’qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi” kafedralari birlashtirilib, “Charm, mo’yna va to’qimachilik sanoati texnologiyasi” kafedrasi sifatida qayta tashkil etildi. Kafedra mudiri etib dots. A.A.Xayitov saylandi va 2010 yilga qadar kafedrada faoliyat ko’rsatib keldi. kafedraga docent Nurboev R.X. 2010-2015 yillar raxbarlik qildi.Kazakov F.F.(3.03.2015-20.07.2015) gacha kfedraga raxbarlik qildi Hozirgi kunda kafedrada 4 nafar texnika fanlari nomzodi, dotsent, 3 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar assistent faoliyat ko’rsatmoqda.2001 yildan kafedrada “To’qimachilik, yengil va qog’oz sanoati buyumlari kimyoviy texnologiyasi”, “To’qimachilik sanoati maxsulotlari texnologiyasi” yo’nalishi va shu yo’nalishlarning Kasbiy ta’lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlandi. Shu bilan birga kafedrada “Charm va mo’yna texnologiyasi”,“Yigiruv texnologiyasi” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlandi.Kafedrada ko’p yillar davomida faoliyat ko’rsatgan professor-o’qituvchilardan prof. O.M.Yoriev, dots. M.Sh.Toirov, dots. X.G.Gapparov, dots. M.F.Avezov, dots, X.X.Salimov, dots. M.I.Temirova, dots. S.A.Xamraeva, , dots A.A.Xayitov, dotsent Nurboev R.X. dots. Q.Z.Ubaydov, dots. L.E.Maxmudov institutda olib borilgan o’quv-tarbiyaviy, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etganlar.
Kafedra 1979 yildan hozirgi kunga qadar Respublikamizning turli soha tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. Institut rektorining 84-U 3.09.2011 yildagi buyrug’iga asosan «Paxta, to’qimachilik va tolali materiallar texnologiyasi» kafedrasi nomi berilgandi. 2012 yil 3 sentyabrdan boshlab institut rektorining buyrug’iga asosan «To’qimachilik va kimyoviy texnologiya» kafedrasi nomini oldi. Ishlab chiqarish korxonalarining extiyojlarini inobatga olib, institut rektorining 07.08.2017 yil 126-U(02) sonli buyrug’iga asosan “To’qimachilik” kafedrasi qayta tashkil etildi va 07.08.2017 yildan boshlab kafedraga doc.R.X.Nurboev rahbarlik qilib kelmoqda.