Tillar kafedrasi

no_photo Kafedra mudiri: f.f.n. Yunusova Gulandom Samiyevna
 Tel: 0(365) 223-78-84
 E-mail: tillar@bmti.uz


«Tillar» kafedrasi 7 avgust 2017 yilda «Xorijiy tillar» kafedarsi negizida tashkil etilgan bo’lib, kafedra o’z faoliyatini davom ettirdi. Kafedramiz institutning “Neft va gaz kimyo sanoati” fakultetiga qarashli. Kafedarada 20 nafar asosiy shtatda o’qituvchilar faoliyat ko’rsatyapti, 2 ta ichki o’rindoshlar va 3 nafar tashqi o’rindoshlar ishlab kelmoqdalar, ulardan 4 nafari fan nomzodlari, 1 ta katta o’qituvchi, 20 nafar o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. “Tillar” kafedrasida francuz tili, nemis tili, rus tili va o’zbek tili fanlaridan bakalavriat, magistraturada mashg’ulotlar olib boriladi. Kafedrada tillar bo’yicha to’garaklar tashkil qilingan, bu to’garaklarda xar haftada bir marotaba mashg’ulotlar o’tkaziladi.
Shu qisqa muddat ichida kafedramiz o’qituvchilari tomonidan o’quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha bir qancha ishlar olib borildi. 6 nafar o’qituvchilarimiz malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib kelishdi.
Kafedra huzurida “Tillarni o’rganish” markazi tashkil qilingan. Markaz qoshida kompyuter orqali tillarni o’rganish kurslari ishlab turibdi. Bu kompyuter kurslarida tillarni o’rganish kurslariga oid barcha materiallar mavjud. Kafedarmizning deyarli xar bir auditoriyasi kompyuter va proektor bilan jixozlangan.
Kafedra qoshida chet tillari kutubxonasi tashkil qilingan. Kutubxona fondi 5-6 million so’mlik o’quv adabiyotlarini tashkil etadi. Kafedradagi kompyuterda 50 dan ortiq til o’rganish dasturlari joylashtirilgan. Bu dasturlar asosan kompyuter orqali tillarini o’rganishga yo’naltirilgan.