Blog

Til – millat ko‘zgusi

Olloh  insonlarni yaratganda, ularga ko‘z-u  qosh, oyoq – qo‘l  hamda  tilni  ato  etgan. Shulardan biri bo‘lmish til bizga atrofdagi odamlar bilan so‘zlashuvimizga  yordam  beradi. Bundan  ko‘rinib  turibdiki, til inson hayotida katta ahamiyatga  ega  ekan. Sababi, og‘iz shirin so‘z orqali kasal odamni ko‘nglini ko‘tarib, urush – janjalni oldini olishimiz mumkin va aksincha, og‘iz  yomon so‘z orqali urush – janjalga, hattoki qon to‘kilishiga sababchi bo‘lishimiz mumkin. Til suyaksiz bo‘ladi, – degan fikrimiz  yuqoridagi gapimizning  yaqqol  isbotidir. Dunyoda  130dan  ortiq  millat va elat vakillari mavjud  bo‘lib, ularni har birini o‘ziga xos urf – odatlari, turmush  tarzi, qonun – qoidalari, shuningdek, bir – biridan  tubdan  farq  qiluvchi  o‘zining  millatiga xos va mos milliy tili bor. Har bir inson tug‘ilganida chaqaloqlik davridan boshlab to  keksayganicha o‘z milliy tilida so‘zlashadi. Bu esa insonlarni o‘z tillarini sevishidan, uni ardoqlashidan darak beradi. Har bir xalqning milliy tili – shu millatning ko‘zgusi hisoblanadi. Boshqa millatga mansub  bo‘lgan kishilarning tilini bilib olishimiz uchun ular bilan biroz suhbat qurishimizning o‘zi kifoya. Shu suhbat orqali ularning tilini qanchalik boyligini, ularning o‘zini tutishini, fe’l – atvorini, so‘zlashuv odobi haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.

Mana 31 yildirki biz  o‘zbek tilida  so‘zlashib, faoliyat  yuritamiz. Biz tilimiz bilan g’ururlanamiz, u bilan faxrlanamiz. Sababi, o‘zbek tilidek  boy, bu kabi serqirra, shu millatni  dunyoga tanitgan boshqa bir til yo‘q dunyoda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 23-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda ishtirok etishi va uning BMT minbarida mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zbek tilida nutq so‘zlashi qalbimizda faxr tuyg‘ularini uyg‘otdi. Prezidentimiz tarixda ilk bor o‘z ona tili – buyuk Navoiy, Sohibqiron Temur, Bobur, Jaloliddin Manguberdining tilida so‘z aytishi, albatta, tarixiy voqea.

Darhaqiqat, Prezidentimizning o‘z ma’ruzasini ona tilimizda bayon etishi yuz yillik tariximizdagi nafaqat ijtimoiy, balki chuqur siyosiy hodisa hamdir. Mohiyat-e’tibori bilan bu harakat chin ma’nodagi milliy davlat barpo etish yo‘lidagi shahd jrtga qaytmas ekanini ko‘rsatadi. Bu esa davlatimiz va millatimizning toji, eng oliy nishoni bo‘lgan ona tilimizning qadrini yanada baland qiladi.

Bugun millat uchun tarixiy kun. Chunki ko‘p balolarni boshidan o‘tkazgan, kamsitilgan, xo‘rlangan, buyuk Navoiy, Temur, Jaloliddinu Boburlarni “erkalab”, “suyub” ulg‘autirgan tilimiz yana o‘z shavkatini tiklamoqda. O‘zbek qayta dunyoga kelmoqda, yangi O‘zbekiston dunyo sahnasidagi o‘z o‘rnini egallamoqda!

Fikrimizni shoir Mirtemirning “Ona tilim” she’ri bilan yakunlamoqchimiz:

Ona tilim — onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim, xonumonim tili bu,
Qadimlikda o‘xshar ona tuproqqa.
Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazinayi bebaho.
Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til,
Bu dunyoga bag‘ishlaymiz ne daho.
Yobonlarning cheksizligi,
Ham samimiy, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko‘z yoshidan, oq sutidan,
To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan,
Yo‘g‘rilgan til — ona tilim.
Cho‘ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go‘ro‘g‘lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan.

 

“Yengil sanoat texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

N.N. Bebutova.,

308-17 YESTJ guruh talabasi J. Sharipov

Share this post