Texnologiyalar va jixozlar kafedrasi

tjKafedra mudiri: t.f.d. Musaev Sayfullo Safoevich
Tel:
0(365) 223-78-84
E-mail: kafedra_tj@bmti.uz


Texnika fanlari nomzodi, dotsent Musaev Sayfullo Safoevich 1961 yil Buxoro viloyati SHofirkon tumanida tug’ilgan. 1987 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini tugatgan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog. 1988-1992 yillarda Moskva yengil sanoat texnologiyasi institutida kunduzgi maqsadli aspiranturada o’qigan. 1992 yilda Moskva yengil sanoat texnologiyasi instituti huzuridagi ixtisoslashgan Kengashda “Razrabotka retsepturno-texnologicheskix parametrov izgotovleniya detaley niza obuvi na osnove proizvodnыx poliolefinov” mavzudagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1994-2003 yillarda “Engil sanoat texnologiyasi” kafedrasi mudiri, 2004-2011 yillarda “Kasbiy ta’lim” fakulteti dekani, 2011-2013 yillar “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” fakulteti dekani va 2013 yildan hozirga qadar “Texnologiyalar va jihozlar” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda. U ko’divyillik samarali va halol mehnati, hamda o’z xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati uchun O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig’i bilan va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirishda qo’shgan hissasi uchun “O’zbekiston Respublikasi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. Uning muallifligida kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun birta darslik va oliy ta’lim talabalari uchun 3 ta o’quv qo’llanma chodivetilgan. U jurnal va to’plamlarda 80 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon etgan va ko’pgina Respublika, Xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan. Ayni paytda doktorlik dissertatsiyasini yakunlash ustida tinimsiz izlanish olib bormoqda. S.S. Musaev doimiy ravishda o’z malakasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. Barkamol yosh avlodni tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

 O’QUV ISHLARI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil maydagi 1533 – sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro oziq – ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik – texnika institutiga aylantirish to’g’risida” gi 2011 yil 25 iyundagi 213 – son qaroriga binoan Institutning nomi “Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik – texnika instituti”ga o’zgartirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.2013 yildagi PQ 1954-sonli qaroriga va OvaO’MTVning 16.04.2013 yildagi №124 sonli “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan “Muhandislik-texnika” fakulteti tarkibida yangi “Texnologiyalar va jihozlar” kafedra tashkil etildi. YUqorida ta’kidlab o’tilgan qaror va buyruqlarni amalga oshirish yuzasidan kafedra dasturi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda kafedra texnika fanlari nomzodi, dotsent S.S.Musaev tomonidan boshqarilmoqda.