Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari kafedrasi

tjbaktKafedra mudiri: t.f.n. Usmonov Axtam Usmonovich
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: tjbakt@bmti.uz


Buxoro oziq – ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti 1977 yilda tashkil etilib, «Oziq-ovqat sanoati mashinalari va apparatlari» mutaxassisligi bo’yicha etuk kadrlarni tayyorlash uchun 1979 yildan boshlab institutda “Ishlab chiqarish jarayonlari, apparatlari va ularni avtomatlashtirish” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga dastlab, 1979 – 1985 yillarda professor A.O.Ortiqov, 1985 – 1990 yillarda professor A.H.Mamatqulov, 1990 – 1993 yillarda dotsent T.R.SHomurodov, 1993 – 2003 yillarda professor A.F.Safarov, 2003 – 2005 yillarda professor X.F.Djuraev, 2006-2011 yillarda dotsent T.R.SHomurodov lar kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko’rsatganlar. 2011 yildan boshlab dotsent A.U.Usmonov mudirlik qilmoqda.
Kafedraning nomi 2003 yilda “Texnologik mashinalar, jihozlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish”, 2011 yilda “Zamonaviy texnika va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” deb o’zgartirilgan. Kafedra 2013 yil “Informatika va axborot texnologiyalari” va “Zamonaviy texnika va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” kafedrasi a’zolari negizida «Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari» kafedrasi nomida yangidan tashkil etildi.
Kafedrada 1982 yildan boshlab, sanoatning turli tarmoqlari uchun muxandis-mexanik va muxandis pedagoglar, jumladan “Oziq-ovqat sanoati mashina va apparatlari” mutaxassisligi bo’yicha muhandis-mexaniklar, 1997 yildan boshlab “Texnologik mashinalar va jihozlar”, Kasb ta’limi “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash mashinalari va apparatlari”, “Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar, 2011 yildan boshlab 5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, 5111000 – Kasb ta’limi «5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish», 5320300 – “Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha)”yo’nalishlari bo’yicha pedagog, muxandis – mexaniklar hamda 5A320311 – Oziq –ovqat sanoati mashinalari va agregatlari mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar, 2013 yildan boshlab esa 5321700-“Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikaciya tizimlari” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar hamda 5A321701-“Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikaciya tizimlari” mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.
Bugungi kunda kafedra asoschisi professor A.A. Ortiqov hamda kafedra professori  tomonidan yaratilgan ilmiy maktabda 8 nafar fan doktorlari hamda 20 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan bo’lib, ular Respublikamizning turli Oliy ta’lim muassasalarida samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
1979 yildan boshlab, kafedraning tashkil etilishi va uning ilmiy-pedagogik salohiyatini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shgan bir qator yosh olimlar jumladan, prof. A.A. Ortiqov, dots. N.K. Yaxshimuradova,  
dots. D.M.SHomurodova, dots. A.A. Xudoyberdiev, prof. K.O. Dodaev, dots. S.X. Ibragimov, dots. K. Yusupova, dots. S. N. Zinovich, B.A. Ismoilov, , dots. R.X. Qodirova, dots. R.O. Babayarov, B.Rasulovlar faoliyat ko’rsatgan.
Hozirgi kunda kafedrada 3ta fan doktori, 13 ta fan nomzodlari ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda, kafedraning ilmiy salohiyat 43% ni tashkil etadi.
Kafedrada so’ngi 3 yilda 6 ta o’quv-qo’llanma, 2 ta darslik va 3 ta monografiya chop etildi.
“Oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichining Ishlab chiqarish texnologiyalari ta’lim sohasi bo’yicha 2016 yil uchun “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo’llaydigan eng yaxshi pedagog” nominaciyasi bo’yicha kafedramiz katta o’qituvchisi Sh.I. Fayziev 1 o’rinni qo’lga kiritdi.
2017 yilda kafedrada davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 4 ta ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda:
 OT-A3-15 « Исследование гидродинамики встречных фаз массообменных процессов и совершенствование конструкции окончательных дистилляторов» (Rahbar: dots. M.S. Narziev, joriy yilda ajratilgan summa: 50 mln so’m);
 I-OT-2017-5-5 «Создание технологии производства угольних брикетов с высокой энергетической эффективностью и экологическими показателями » (Rahbar: prof. O.R.Abduraxmonov, joriy yilda ajratilgan summa: 90 mln so’m);
 A-9-1 « Разработка ресурсосберегающей экологически чистой технологии производства ингредиентов из растителново мырья с применением сжижененного углекислого газа» (Rahbar: dots.K.X.Gafurov, joriy yilda ajratilgan summa: 49 mln so’m);
 A-5-7 « Разработка и создание информационно коммуникационной системы управления процессом производства экстрактов из растительного сырья работающего под высоким давлением с сжиженным газом» (Rahbar: dots. A.U.Usmonov, joriy yilda ajratilgan summa: 64 mln so’m);
Olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida tizimli tahlil asosida suyultirilgan SO2 gazi yordamida ekstrakciyalash jarayoni tahlil qilindi, katta bosim ostida ishlaydigan ekstraktorlar mexanik hisoblash blok – sxemasi va hisoblash dasturi tuzildi. Katta bosim ostida ishlaydigan ekstraktor tayyorlandi. O’tkazilgan tadqiqotlar asosida ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, ishlab chiqilgan eksperiment rejasiga asosan tajriba ishlari o’tkazildi. Ular bugungi kunda o’quv jarayonida tadbiq etilgan.
Olib borilayotgan 4 ta davlat ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha O’zR IMA ga “Katta bosimda ishlaydigan ekstraktor” mavzusida foydali modelga mualliflik guvohnomasi va “O’simlik xom-ashyosidan ingredientlarni gazsuyuqlik ekstrakciyalash tajriba uskunasi”, “Raspыlitelnaya forsunka dlya massoobmennogo apparata” hamda “Toplivniy briket” mavzularidagi foydali modellarga talabnomalar yuborildi. 2 ta EHM uchun dasturlarga guvohnoma olindi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida 14-ta ilmiy-texnika jurnalida maqola, xalqaro ilmiy-texnika konferensiyalarida 50 dan ortiq maqola va ma’ruza tezislari, hamda Respublika ilmiy-amaliy konferenciyasi maqolalari to’plamida 60 dan ortiq ma’ruza tezislari magistrantlar bilan hamkorlikda chop etildi.
Institutimizda TEMPUS dasturi bo’yicha 543922-TEMPUS-1-2013-1-SE-TEMPUS-JPCR “O’zbekistonda mexatronika bo’yicha yangi magistrlik dasturlari va doktorlik kurslarini joriy etish” Mechatronics (Tempus-Mach) loyihasini amalga oshirildi.
Loyiha hamkorlari:
• Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
• Toshkent avtomobil yo’llar instituti;
• Turin politexnika universitetining Toshkent filiali;
• Navoiy tog’-kon metallurgiya instituti;
• Farg’ona politexnika instituti;
• KTH Royal Institute of Technology (Shvetsiya);
• Johannes Kepler University Linz JKU (Avstriya);
• Katholieke University Leuven KUL (Belgiya).
Loyihaning asosiy maqsadi: muhandislik loyihalash ishlarida mexanotronikani qo’llay oladigan yangi muhandislar avlodini etishtirib chiqarish.
Loyihaning asosiy vazifalari: hamkor o’zbek institutlarda mexatronika bo’yicha yangi 8 ta magistrlik, 3 ta doktorantura kurslarini, hamda 4 ta magistrlik tanlov kurslarini yaratish; o’zbek hamkor institutlarida “Mechatronics (Mexatronika)” o’quv-ilmiy laboratoriyasini yaratish; yaratiladigan kurslarda laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarga asosiy e’tiborni qaratish; hamkor institutlar va O’zbekistonning tegishli ishlab chiqarish sohalari orasida uzoq muddatli aloqalarni o’rnatish.
Hozirgacha bu loyiha bo’yicha institumizning 3 ta kafedrasi professor-o’qituvchilari, bakalavr va magistratura talabalari tarkibidan ishchi guruh tashkil qilindi.
2017 yil aprel oyida kafedramizning 2 ta vakili Shvetsiya Qirollik texnologiya institutida 2 haftalik seminar-treningda ishtirok etib kelishdi.
Ana shu loyihaning muvaffaqiyatli bajarilishi institumizda tayyorlanayotgan muhandis kadrlarning bilim va malakasini zamonaviy talablar darajasiga etkazishga va yoshlar orasida muhandislik kasbiga va ta’limiga ishtiyoqini kuchaytirishga katta yordam beradi.

«TEXNOLOGIK JARAYoNLARNI BOSHQARISHNING AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI» KAFEDRASI  PROFESSOR-O’QITUVCHILARI TO’G’RISIDA

MALUMOT

 

F.I.SH.

 

Lavozimi Telefon raqami Vazifasi
1. Usmonov Axtam Usmonovich Kafedra mudiri (91)403-90-95 Kafedra faoliyati bo’yicha mas’ul
2. Djuraev Xayrillo Fayzievich Professor (91)444-84-90 O’quv ishlari bo’yicha muovin
3. SHomurodov Tohir Ramazonovich Dotsent (91)442-34-55 Magistratura o’quv me’yoriy hujjatlar bo’yicha mas’ul
4. Abidov Kamildjan Zarifovich Dotsent (93)475-72-16 Kafedrada o’quv uslubiy ta’minot bo’yicha mas’ul
5. Mexmonov Ilxom Islomovich Dotsent (93)653-10-12 “TJ va Q” o’quv laboratoriyasi uchun mas’ul
6. G’afurov Karim Xakimovich Dotsent (93)477-78-68 Ilmiy ishlar bo’yicha muovin
7. Narziev Mirzo Sayidovich Dotsent (91)240-13-77 Kafedrada to’garaklar ishi bo’yicha mas’ul
8. Salieva Olima Kamalovna Dotsent (93)478-28-98 TTJ da kafedra kunlarini o’tkazish bo’yicha mas’ul
9. Abduraxmonov Olim Rustamovich Professor (91)419-49-55 Nazariy seminarlar o’tkazish bo’yicha mas’ul
10. Bazarov Pirimqul Rayimovich Dotsent (91)440-64-11
11. Saitmurotov O’ktam Azimovich Dotsent (90)710-53-45 Bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha
12. G’oyibov Ramazon Boboqulovich Katta o’qituvchi (91)240-11-53 Kafedra hududida obodonlashtirish
13. Abduraxmonova Muqaddas Irismatovna Katta o’qituvchi (90)514-04-43 O’zaro darslarga qatnashish va ochiq darslar bo’yicha mas’ul
14. Ergashev Baxtiyor Tilavovich Katta o’qituvchi (90)711-14-07 Kafedraga qarashli kompyuterlar ish holatini ta’minlash
15. Rasulov SHuxrat Xo’jaqulovich Katta o’qituvchi (93)459-40-03 Kafedra avtomatlashtirishga oid laboratoriya bo’yicha mas’ul
16. Nodirov Anvar Ashurovich Katta o’qituvchi KOOT fakulteti bo’yicha mas’ul
17. Muslimov Bobir Boltaevich Katta o’qituvchi (91)312-97-81 Bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha
18. Ibragimov Ravshan Rustamovich Katta o’qituvchi (97)303-19-79 Engil sanoat fakulteti bo’yicha mas’ul
19. Xabibov Faxriddin

Yusupovich

Katta o’qituvchi (90)711-18-81 Amaliyot bo’yicha mas’ul
20. Fayziev SHavkat Istamovich Katta o’qituvchi (90)299-40-43 Kafedra sayti va mexatronika laboratoriya bo’yicha mas’ul
21. Xoliqov Alijon Abduraupovich Katta o’qituvchi (90)718-81-83
22. SHaripov Nodir Zamirovich Katta o’qituvchi (93)452-61-63 Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mas’ul
23. Yamaletdinova Munira Faditovna Katta o’qituvchi (90)715-86-79 DAK kotibasi
24. Ibragimov Ulugbek Murodilloevich Katta o’qituvchi (90)510-41-91 Kafedraga qarashli elektron doska va kompyuter sinf xonalari bo’yicha
25. Xalilov Fayoz Vaxobjonovich Katta o’qituvchi (93)651-02-25 Ziyonet tarmog’iga ma’lumotlarni kiritish bo’yicha mas’ul
26. Ismoyilov Hayot Barotovich Katta o’qituvchi (97)300-73-72 Kafedra fanlaridan olimpiada o’tkazish bo’yicha mas’ul
27. Raxmatov San’at Sultonovich Katta o’qituvchi (91)411-77-02 Kafedrada tayyorlanadigan O’UM elektron variantini ARM va ATMga kiritish bo’yicha mas’ul
28. Qo’ldosheva Firuza Salimovna Assistent (91)447-80-01 Kafedra DAK kotibasi, (avtomatika laboratoriyasi bo’yicha)
29. Akobirova Lola Xuseynovna Assistent (93)456-50-15
30. Qobilov Xasan Halilovich Assistent (95)608-08-09 E va ICHAKT fakulteti bo’yicha mas’ul
31. Xankeldieva Zebinisa Xabibovna Assistent (93)624-84-07 Kafedraning fan adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati bo’yicha mas’ul
32. Ibragimov SHoxrux Ramazonovich Assistent (93)651-32-32 Tezkor ma’lumotlarni tayyorlash
33. Uvayzov Saidjon Komilovich Assistent (91)414-25-55 Tezkor ma’lumotlarni tayyorlash
34. Qulieva Nodira G’ulomrizoevna Assistent (90)510-00-67
35. Raxmatov Umid Radjabovich Laboratoriya mudiri (91)404-73-61 Kafedra laboratoriyalari va arxiv bo’yicha mas’ul
36. Mirzaeva SHoxista Usmonovna Laborant (91)401-79-05 401, 426, 425 xonalari tozaligi (mexatronika laboratoriya) bo’yicha mas’ul
37. Xudoyarov Avaz Axatovich Laborant (91)246-89-31 Kafedra laboratoriya xonalari tozaligi (TJ va Q laboratoriya) bo’yicha mas’ul

Oxirgi yangilangan sana: 27.12.2017