Blog

TEMPUS dasturi “Mexatronika” loyihasining Buxoro muhandislik-texnologiya institutidagi xalqaro konferensiyasi

Barshamizga ma’lumki TEMPUS dasturi bo’yisha 2013-2016 yillarda mo’ljallangan “O’zbekistonda mexatronika bo’yisha yangi magistrlik va doktorlik kurslarini joriy etish“ loyihasi amalga oshirilyapti. Ana shu loyihaning yakunlovshi xalqaro konferensiyasi joriy yilning 1-4 noyabr kunlari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo’lib o’tdi.

Ushbu konferensiyada loyihaning o’zbekistonlik hamkorlarimizdan Toshkent avtomobil yo’llar instituti (TAYI), Turin politexnika universitetining Toshkent filiali (TPITF), Navoiy davlat konshilik instituti (NDKI) va Farg’ona politexnika instituti (FPI)dan vakillar, evropalik hamkorlarimizdan prof. Martin Edin Grimheden va prof. Carl During (SHvesiya qirollik texnologiya instituti), prof. Rudolf Ssheid, prof. Andreas Muller va PhD Florian Messner (Avstriyaning Yohanes Kepler universiteti), prof. Farid Al-Bender (Belgiyaning Lyoven katolik universiteti), “Erasmus+” ning O’zbekistondagi ofisi koordinatori A.K.Abduraxmonova hamda bizning institutimiz vakillari qatnashdilar.

Konferensiya ishini institutimiz rektori prof.U.T.Muxamedxanov kirish so’zi bilan oshib berdilar va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladilar. Majlisda “Erasmus+” ning O’zbekistondagi ofisi koordinatori A.K.Abduraxmonova “Erasmus+”ning yangiliklari” mavzusida ma’ruza qildi.

clip_image002

1-rasm. Konferensiyadagi institutimiz rektori prof. U.T.Muxamedxanovning kirish so’zi

clip_image004

2-rasm. Erasmus+” ning O’zbekistondagi ofisi koordinatori A.K.Abduraxmonova ma’ruzasi

Konferensiyaning birinshi kunida evropalik hamkorlarimiz va o’zbekistonlik hamkor oliy yurtlari koordinatorlari S.Eshqobilov (TAYI), K.Gafurov (BMTI), T.Normurodov (NDKI), F.Niyazov (TPITF) va E.Mamurov (FPI)lar loyiha davomida bajarilgan ishlar va qo’lga kiritilgan natijalar haqida hisobot berishdi.

Konferensiyaning ikkinshi kunida 5 ta o’zbekistonlik hamkor OYuI talabalari tomonidan tayyorlangan mexatronikaga oid loyihalari konkursi o’tkazildi. Bu loyihada har bir institutdan 3-5 tadan loyiha taqdim etildi. Bu loyihalar ishida bizning institutimiz “TJBAKT” yo’nalishi talabalari tomonidan taqdim etilgan “Aqlli” issiqxona (Smart Greenhouse)” loyihasi “Eng yaxshi loyiha” nominasiyasi bo’yisha birinshi o’rinni egalladi.

clip_image006

3-rasm. Prof. Martin Edin Grimheden (Shvesiya qirollik texnologiya instituti) ma’ruzasi

clip_image008

4-rasm. Konferensiya qatnashshilari

clip_image010

5-rasm. Institutimiz “TJBAKT” yo’nalishi talabalari tomonidan “Aqlli” issiqxona (Smart Greenhouse)” loyihasi taqdim etish payti

clip_image012

6-rasm. Institutimiz “TJBAKT” yo’nalishi talabalariga “Aqlli” issiqxona (Smart Greenhouse)” loyihasi ushun taqdim qilingan sertifikat

Konferensiyaning ushinshi kunida evropalik hamkor universitet professorlari “Avtomatlashtirilgan loyihalashda tizimli yondashish”, “Ishqalanish misolida noshiziqli tizimlarni modellashtirish”, “Mexatronika sohasida ilmiy tadqiqot”, “Mexatronikaning buguni va ertasi” mavzularida treninglar o’tkazdilar.

Ushbu loyihaning muvaffaqiyatli bajarilishi O’zbekistonda, shunonshi, institumizda tayyorlanayotgan muhandis kadrlarning bilim va malakasini zamonaviy talablar darajasiga etkazishga, murakkab texnika vositalarini loyihalashtirib ishlatadigan muhandislar etishtirishga va o’zbekistonlik yoshlar orasida muhandislik kasbga va ta’limiga ishtiyoqini kushaytirishga katta yordam berdi. Ushbu loyihani Evropa komissiyasi tomonidan O’zbekistonning eng muvaffaqiyatli loyihasi deb topilishi ham shuni ko’rsatib turibdi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.