Tashabbuskor faol yoshlar

Back to Posts
Posted by: Jaxongir Saidov Category: Yangiliklar Post Date: 04/03/2019

Yurtimizda bahor nafasi ufurib turgan bir paytda, uni obod qilish uchun qilinayotgan harakatlar tabiatni yanada go’zallashtiradi. Bugungi kunda yurtboshimiz tomonlaridan olib borilayotgan say harakatlarga javoban, yoshlar ham o’zlarining fidokorligi bilan munosib javob qaytarmoqdalar. Kuni kecha Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik-qurilish” fakulteti faol, fidokor yoshlari tomonidan Buxoro shaxar “Shodlik” mahalla fuqorolar yig’ini hududida olib borilgan obodonlashtirish ishlari shular jumlasidandir. Yoshlar tomidan daraxtlarga chiroyli shakl berilib, bo’shab qolgan yerlar ekinga tayyorlab berildi. Ortib qolgan shox-shabbalar maxsus mashinalarda kam taminlangan oilalarga yuborildi. Muntazam qilanayotgan bunda savobli ishlari uchun mahalla faollari va nuroniylari yoshlarga minnaddorchilik bildirib ularni duo qildilar. Hashar so’ngida yoshlarga va fakultet rahbarlariga Buxoro shaxar “Shodlik” mahalla fuqorolar yig’ini raisi Qahramon Ashurov tashakkurnoma bildirdi va fakultet rahbariyati bilan muntazam hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Buxoro muhandislik-texnologiya

instituti “Muhandislik-qurilish” fakulteti

yoshlar yetakchisi Azim Jo’rayevich Odilov

Back to Posts