Blog

TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

2020 yil 8 оktyabr kuni Buхоrо muhаndislik-tехnоlоgiya instituti, “Energetika” va “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari” fаkultеtlaridа Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqi bo‘yichа sеminаr o‘tkаzildi. Undа “Ijtimоiy fаnlаr” kаfеdrаsi katta o’qituvchisi S.A. Murodov, kafedra o‘qituvchisi U.M. Avliyoqulov hamda “Energetika” va “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari” fаkultеtlari dekanlari, dekan oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari hamda prоfеssоr-o‘qituvchilаri ishtirоk etdilаr.

Prezidentimizning 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi xalqimiz tomonidan nafaqat muallim va oʻqituvchilar, tarbiyachilarga, balki barcha jonkuyar ziyolilarimizga yoʻllangan murojaat sifatida qabul qilinmoqda.

Fakultetlarda oʻtkazilgan seminarlarda Prezidentimizning yoshlar huquqlari, pandemyaning ta’lim jarayonlarga ta’siri va uni bartaraf etish choralari, maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, oliy oʻquv yurtlaridagi ta’lim jarayoni holati va ilmiy-tadqiqot ishlari koʻlamini kengaytirish bilan bogʻliq vaziyat toʻgʻrisidagi fikrlariga batafsil toʻxtalib oʻtildi. Davlatimiz rahbari ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan soʻzlagan nutqida: Millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak  arziydi,deb, mamlakatimizda, ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi o’rni, bugungi kunda ularga berilayotgan e’tibor yuqori ekanligini e’tirof etdi.

Seminarda Prezident nutqidan kelib chiqqan holda Oliy ta’lim tizimi  tub islohotlarni amalga oshirilayotgani, yangi-yangi oliy oʻquv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilayotgani, mamlakatimizda oliy oʻquv yurtlari soni 125 taga yetgani. maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish darajasi 2016-yilgi 9 foizdan 2020-yilda 25 foizga yetgani toʻgʻrisida aytib oʻtildi.

 

“Ijtimоiy fаnlаr” kаfеdrаsi katta oʻqituvchisi S.A. Murodov davlatimiz rahbari nutqi mohiyatiga toʻxtalib, ilgari surilgan tashabbuslarni soʻzsiz amalga oshirish asosiy maqsad boʻlishini, belgilangan ushbu vazifalar oʻz koʻlami va mohiyati bilan milliy gʻoya sifatida qaralishi, unga muvofiq institutda barcha kafedra professor-oʻqituvchilari shu vazifalar mohiyatini teran anglashlari lozimligini taʼkidladi.

“Ijtimоiy fаnlаr” kаfеdrаsi oʻqituvchisi U.M. Avliyoqulov mamlakatimiz rahbari tomonidan taʼlim sohasini isloh qilish yuzasidan ilgari surilgan barcha taklif va tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan vazifalarga toʻxtalib o’tdi.  Prezidentning: Tizimda ilmiy darajali oʻqituvchilar ulushi oʻrtacha 37 foiz ekani bizni qoniqtirmaydi. Hududlarda bu koʻrsatkich yanayam past darajada saqlanib qolmoqda,-degan fikridan kelib chiqib professor-oʻqituvchilar oldiga institut ilmiy salohiyatini koʻtarish vazifasi turganligini aytib oʻtdi.

Seminarda mavzu yuzasidan professor-oʻ’qituvchilar fikr-mulohazalari eshitildi.

“Ijtimоiy fаnlаr” kаfеdrаsi katta oʻqituvchisi S.A. Murodov

 “Ijtimоiy fаnlаr” kаfеdrаsi oʻqituvchisi U.M. Avliyoqulov

Share this post