Tanishtiruv darslari davom etmoqda
2020/2021- o‘quv yili uchun Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Yengil sanoat” fakultetida 245 nafar talabalar o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Barcha oliy ta’lim muassasalarida bo‘lganidek, 1 kurs talabalari uchun “1-kurs maktabi” tanishtiruv haftaligi boshlandi. “Engil sanoat” fakultetida 1-kursga talabalikka tavsiya etilganlar uchun onlayn «Tanishuv darslari» bo‘lib o‘tdi. Tanishuv darslari davomida talabalar e’tiboriga institut faoliyati aks etgan videorolik namoyish etildi. Shuningdek, institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv hamda laboratoriya xonalari, kutubxonalar, turli to‘garaklar, sport maydonchalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Institutda o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalar, kiyinish madaniyati, talabalarning namunali xulq-odobi, kredit-modul tizimida o‘qish tartibotlari to‘liq tushuntirildi.
Ma’lumot o‘rnida, tanishuv-tanishtiruv darslari kuniga 2 paradan ortiq bo‘lmagan holda 3 kundan 2 haftagacha tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, so‘ngra masofaviy ta’lim jarayonlari boshlanadi.