Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tarkibidagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, bevosita institut tarkibiga kiradi.

Bo’lim o’z faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining NIZOMI”  asosida tashkil etadi.

Bo’limning asosiy maqsadi institut talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko’rishdan iborat.

Bo’lim boshlig’i va uning xodimlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’i tavsiyasiga ko’ra institut rektori buyrug’i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tarkibida tashkil etilgan bo’limga yuqorida qayd etilgan tartibda bo’lim boshlig’i lavozimiga t.f.n., dots. Mehmonov Ilhom Islomovich, bo’limning bosh mutaxassislari lavozimlariga katta o’qituvchilar Tagirova Nailya Varisovna va Ibragimov Ulug’bek Muradilloyevichlar tayinlangan.

Bo’lim institutning birinchi o’quv binosi 240-xonasida joylashgan.

“Ta`lim sifatini nazorat qilish” bo`limi boshlig`i: Mexmonov Ilhom Islomovich
Qabul vaqti: Seshanba, Juma 10 00– 1300
Tel: +998(93) 653-10-12
Faks: 0(365) 223-78-84
E-mail: bmti.mehmonov@gmail.com

Funksional vazifalari

Bo’lim faoliyatini O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspeksiyasi boshlig’i va institut rektori bo’yruq va ko’rsatmalari asosida tashkil etish;

  • bo’limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;
  • ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;
  • institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • institutni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish, natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash,ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
  • ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;
  • ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;
  • institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • Davlat inspeksiyasining topshirig’iga binoan institutlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish;
  • bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
  • institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
  • institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlar va treninglar o’tkazish;
  • o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integracion hamkorlik, innovacion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig’i masalalari monitoringini yuritish;
  • institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo’lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’g’risida ma’lumotlar berib borish;
  • bo’lim xodimlarining lavozim vazifalari bo’yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko’ra ularni rag’batlantirish yoki intizomiy chora ko’rish haqida Davlat inspeksiyasiga va institut rahbariyatga o’rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
  • ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo’limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

“Ta`lim sifatini nazorat qilish” bo`limi bosh mutaxassisi: Tagirova Nailya Varisovna
Qabul vaqti: Seshanba, Juma 10 00– 1300
Tel: +998(93) 452-46-13
Faks: 0(365) 223-78-84
E-mail: nailya_tagirova61@mail.ru

Funksional vazifalari

O’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspeksiyasi boshlig’i va institut rektori bo’yruq va ko’rsatmalari hamda bo’lim boshlig’ining topshiriqlari asosida tashkil etish;

  • bo’limda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash;
  • institutning o’quv, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
  • institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlarida sifat darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonida ishtirok etish va hisobot tayyorlash;
  • talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
  • institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazishni tashkil etish va ularning natijalari bo’yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
  • jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo’yilgan vazifalar doirasida seminar mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazib borish;
  • attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning o’z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash choralarini ko’rish;
  • bo’lim faoliyatiga oid me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • Respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o’rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Davlat inspeksiyasining topshirig’iga binoan bo’lim boshlig’i ruxsati bilan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish.

“Ta`lim sifatini nazorat qilish” bo`limi bosh mutaxassisi: Ibragimov Ulug`bek Muradilloyevich
Qabul vaqti: Seshanba, Juma 10 00– 1300
Tel: +998(90) 510-41-91
Faks: 0(365) 223-78-84
E-mail: ciulugbek@list.ru