Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari

Back to Posts
Posted by: Farrux To'raqulov Category: Yangiliklar Post Date: 02/13/2019

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda korrupsiyaning jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi, ayniqsa ta’lim tizimini izdan chiqarishi, hayot sifatini yomonlashtirishi, odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otishi, gullashi uchun sharoit yaratib berishi xususida talabalarga tushunchalar berildi. Institut rektori T.F.D. prof. U.T.Muxamedxanov jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrutsiyaning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish, ushbu huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini professor-o’qituvchilar va talabalar ongiga singdirish zarur ekanligini ta’kidladi. Yakunda institutning barcha fakultet va akademik guruhlarida huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida doimiy davra suhbatlari, uchrashuvlar muntazam o’tkazib turishga, shuningdek, “Murabbiylik” va “Axborot soatlari”da “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida materiallar taqdim etib boorish haqida kelishib olindi.

Back to Posts