“Talabalik oltin davrim” nomli ko’rik tanlov o’tkazildi.

“Talabalik oltin davrim” nomli ko’rik tanlov o’tkazildi.

2018 yil 16 noyabr kuni  Buxoro muhandislik texnologiya instituti Axborot – resurs markazida Talabalar kuniga bag’ishlangan “ Talabalik oltin davrim” mavzusida Engil sanoat fakulteti 3- bosqich YSTJ yo’nalishining Talabalar turar-joyida istiqomat qiluvchi  7 ta guruh  talabalari o’rtasida  ko’rik tanlov o’tkazildi.

Ko’rik tanlov quyidagi shartlar asosida  tashkil etildi.

  1. “Talabalik oltin davrim” – bu shartda talabalar  talabalik davrlaridagi qiziq voqealardan lavhalar
  2. Talabalar turar-joyi sharoitida milliy taom bo’lmish palovni pishirish  bo’yicha
  3. Talabalar uchun kam chiqim, kamxarajat va talabalarga xamyonbop bo’lgan  “ karving” salatlari tayyorlash bo’icha bellashdilar.
  4. Bu shart erkin mavzu deb nomlangan bo’lib,  bunda har bir ishtirokchi o’zi istagan yo’nalish bo’yicha  istedodini namoyon

Ko’rik tanlov juda qiziqarli va ta’surotlarga boy bo’ldi.

Tanlov oxirida g’oliblarga  institut  Kasaba uyushmasi hamda  Yoshlar ittifoqi  va ARM  tomonidan  tashkil etilgan  esdalik  sovg’alari va tashakkurnomalar   Engil sanoat fakulteti dekani  tomonidan topshirildi.

Tadbir barchaga ko’tarinkilik  va yaxshi kayfiyat  ulashdi.