“Talabalar innovasion g’oyalari va biznes-loyihalari” ko’rik-tanlovining asosiy natijalari

“Talabalar innovasion g’oyalari va biznes-loyihalari” ko’rik-tanlovining asosiy natijalari

“Talabalar innovacion g’oyalari va biznes-loyihalari” ko’rik-tanlovi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Ilmiy tadqiqotlarni integraciyalash va innovaciyalar Markazi”, institut Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi hamkorligida iqtidorli talabalar va magistrlar o’rtasida yilda bir marotaba o’tkaziladigan an’anaviy tanlovdir. Ko’rik-tanlov innovacion salohiyatga ega bo’lgan va kelajakda turli iqtisodiyot tarmoqlari hamda o’quv jarayoniga joriy qilinadigan amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni qo’llab-quvvatlash shakli hisoblanadi. Ko’rik-tanlovga innovacion xarakterga ega bo’lgan, ilmiy tadqiqotning turli sohalarida tajribaviy mahsulot namunalarini, texnologiyalarni yaratishga yo’naltirilgan, raqobatbardoshlikni oshiradigan loyihalar qabul qilinishi oldindan belgilab olingan.

“Talabalar innovacion g’oyalari va biznes-loyihalari” ko’rik – tanlov 2018 yilning 15 martida institut Bosh binosining kirish qismida ko’rgazmalar shaklida o’tkazildi. Yoshlarning istiqbolli loyihalarini tobora chuqurroq qo’llab-quvvatlash va tanlovni xolisona o’tkazish maqsadida maqsadida institut rektorining 2018 yil 10 martdagi 36-U(02)-sonli buyrug’iga asosan t.f.d. Sadullaev N.N. (rais, IIB prorektor), Ochilov SH.N. (rais muovini, institut Xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo’mitasi raisi), k.f.d., prof. Do’stov H.B. (“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” jurnali bosh muharriri), f-m.f.d., prof. Astanov S.H. (“Tabiiy fanlar” kafedrasi professori), t.f.d. Fozilov S.F. (NGKST kafedrasi docenti), t.f.d., prof. X.F. Djuraev (“Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikaciya tizimlari” kafedrasi professori), t.f.d. O.R. Abduraxmonov (“Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikaciya tizimlari” kafedrasi professori), i.f.n., doc. Azimov B.F. (ITIIM  direktori) kabi nufuzli tarkibdan iborat tanlov komissiyasi namoyish etilgan barcha ishlanmalarga iloji boricha adolatli yondoshishga harakat qilishdi.

Tanlov komissiyasi a’zolari har bir loyihaning har bir baholash mezonlari bo’yicha o’z baholarini taqdim etishdi. Ballar umumlashtirilib barcha nominaciyalar bo’yicha ishtirokchilarning loyihalari tegishli o’rinlarga loyiq, deb topildi.

Tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq tegishli nominaciyalar bo’yicha loyihalar quyidagi o’rinlarni egallaganligi tasdiqlandi:

«Innovaciyalar starti» nominaciyasi

1-o’rin. 18-16 TJMS guruhi talabasi Baxtiyorov Sarvar – Suyuq kristalli ko’zoynak loyihasi uchun (ilmiy rahbar: A.S. Abrorov)

2-o’rin. 28-15 EEE guruhi talabasi Sayfiev Hasan – Aqlli uy loyihasi uchun (ilmiy rahbar: SH. Fayziev)

3-o’rin. 10-17 KT guruhi talabasi Nazarov Sardor – Mahalliy xom-ashyolardan qog’oz ishlab chiqarish loyihasi uchun (ilmiy rahbar: V.N. Axmedov, Z.Karimova)

«Hamkorlik» nominaciyasi

1-o’rin. 2-16 TJBAKT guruhi talabasi Mo’minov Abduxakim – Ko’mir-briket va kombikorma ishlab chiqarish loyihasi uchun (ilmiy rahbar: O.R. Abduraxmonov)

2-o’rin. 8-14 TJBAKT guruhi talabasi Toxirov Umrzoq – Tuproq namligini boshqarish loyihasi uchun (ilmiy rahbar: K.H. Gafurov)

3-o’rin. 26-16 EEE guruhi talabasi SHermamatov Tal’at – Tesla transformatori qurilmasi uchun (ilmiy rahbar: M.I. Maxmudov)

«Tadbirkorlik» nominaciyasi

1-o’rin. 5-16 NGKST guruhi talabasi Kayumova Fatima – Yog’-moy kombinati chiqindilaridan bitum olish loyihasi uchun(ilmiy rahbar: B.B.Raximov)

2-o’rin. M7-16 TJBAKT  guruhi magistri Jalolov Tursun – Aqlli issiqxona loyihasi uchun (ilmiy rahbar: SH. Fayziev)

3-o’rin. 4-17 TJCHM guruhi talabasi Nazarov Farxod – Qorako’l terini qayta ishlash texnologiyasi loyihasi uchun (ilmiy rahbar: G.I.Temirova)

«Tejamkorlik» nominaciyasi

1-o’rin. 20-14 KT  guruhi talabasi Normurodov Mohir – Biogaz va biogumus olish texnologiyasi loyihasi uchun (ilmiy rahbar: F.B. Ashurov)

2-o’rin. 10-16 TJBAKT guruhi talabasi SHaymardonov Javlon – Avtomobilni masofadan boshqarish loyihasi uchun (ilmiy rahbar: K.H.Gafurov)

3-o’rin. 2-14 MMNDT guruhi talabasi G’ulomov Otabek – Bino va inshootlarda elektr tejamkor qurilmasi uchun (ilmiy rahbar: B.F. Azimov)

«Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish» nominaciyasi

1-o’rin. 8-16 TJXK guruhi talabasi Yoqubov Muxriddin Meva-sabzavotlarni yangicha quritish loyihasi uchun (ilmiy rahbar: S.H.Astanov)

2-o’rin. M2-16 EE guruhi magistri Rustamov Suxrob Past oqimli shamol generatori loyihasi uchun (ilmiy rahbar: SH.N. Nematov)

 

Tanlovning g’olib va sovrindorlari institut Ilmiy-texnikaviy kengashining joriy yilning 4 apreldagi yig’ilishida tantanali taqdirlanishdi.

G’olib va sovrindorlarni institut rahbariyati, Xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo’mitasi, “Ilmiy tadqiqotlarni integraciyalash va innovaciyalar Markazi” va Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi qizg’in tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatlariga rivoj tilaydi.