Blog

Talaba-yoshlarimizni ommaviy madaniyat haqida to’liq ma`lumotga ega bo’lish va uni hayotga ta`sirini ko’rsatish

Davra suhbatini “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi Z.Z. Boltaeva ochiq deb e`lon qilar ekan, 30 yanvar kuni Birinchi Prezidentimizning Islom Abdug`anievich Karimovning tavalud topgan kuniga video rolik ko’rildi.
“Bugungi kunda o’z hayotini ana shunday mas`uliyatli sohaga bag`ishlagan ko’plab iste`dod sohiblari yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyatning ma`naviy asoslarini mustahkamlash, komil insonni tarbiyalash yo’lida munosib hissa qushib kelmokda. Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli ma`naviy tahdidlarning oldini olish, «ommaviy madaniyat»ning zararli ta`siridan farzandlarimizning ongu tafakkurini himoya qilishda ilmu fan va madaniyat jamoatchiligi, ijod ahlining o’rni va roli tobora ortib bormoqda. Nega deganda, bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot va begona bo’lgan ana shunday «madaniyat» namunalarini faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlash bilan biron natijaga erishib bo’lmaydi. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma`naviy bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g`oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali xalqimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha aytganda, bugun jahon maydonida yuz berayotgan keskin aqi-zakovat va iste`dod musobaqasida bellashuvga qodir bo’lishimiz shart. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari, xususan, televidenie va radiosiz umuman tasavvur etib bo’lmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqshing o’zida qam axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda, desak, xato bo’lmaydi. Shu sababli o’tkir ta`sir kuchiga ega bo’lgan televidenie va radio sohasini izchil taraqqiy ettirish jamiyatning doimiy e`tibor markazida bo’lishi tabiiy. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi asosiy milliy tele-radiokanallar aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo’lish huquqini ta`minlash, yurtdoshlarimizning madaniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, qadimiy an`analarimiz, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu bilan birga, fuqarolarimiz ongida demokratik qadriyatlar, grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo’lida munosib xizmat qilayotganini ta`kidlash kerak.” YUksak ma`naviyat — engilmas kuch. I. Karimov. Toshkent. Ma`naviyat-2008 yil. Undan keyin tadbir eshtirokchilarga ommaviy madaniyat haqida ma`lumot berdilar. 18-14 MMNDT guruh talabalari tomonidan tayyorlangan tadbir jarayoni boshlandi. Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e`tibor bemog`imiz lozim. Ya`ni komunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganligidan so`ng jamiyatda paydo bo’lgan g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutloqo yot bo’lgan, ma`naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o’z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.
XIX asr o’rtalarida fan va texnika taraqqiyoti natijasida ommaviy madaniyatning ahamiyati oshib bordi. Zamonaviy madaniyatning xolisona tahlili shuni ko’rsatadiki, ma’naviy madaniyat ko’proq ommaviylik mazmunini kasb etib boradi.
Ommaviy madaniyatning manzarasi quyidagicha:
• U millati, yoshi, yashash joyi, ijtimoiy xususiyatlariga bog’liq bo’lmagan ommaviy iste’molchilarga ega bo’ladi;
• Bu madaniyat namunalarini yaratish jarayonining o’zi ommaviy xususiyat kasb etib, sanoatning maxsus ko’rinishini o’zida namoyon qiladi.
Ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi– matbuot, radio, kino, kitob chop etish va nusxa ko’chirish-bularning barchasi jamoatchilik fikriga ta’sir o’tkazish ommaviy ma’daniyatning tezlik bilan rivojlanishiga sabab bo’ldi. Ularning umumiy mohiyati-individualizm, zo’ravonlik, ayrim hollarda g’oyaviy yo’nalishlarda o’zini ko’rsatishdan iborat.
Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda «antikultura» («g’ayrimadaniyat») degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun «ommaviy madaniyat» tushunchasi, nochorlikdan qo’llanilmoqda. Chunki, «ommaviy madaniyat», aslida madaniyatsizlik, ya’ni ma’naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir.
«Ommaviy madaniyat» tarkibidagi kishilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni e’zozlashadi. Ma’naviy dunyoni emas, maishiy-iste’molchilik his-tuyg’ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning ma’naviy pozitsiyasi – ma’naviyatni o’ldirish va «narsalarga qullik»ni rag’batlantirishdir.
Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, «ommaviy madaniyat» maktabidan o’tgan avlod uchun hayotning ma’nosi – avtomobil, televizor, kompyuter va shunga o’xshash texnik vositalargagina ega bo’lishdir.
«Ommaviy madaniyat» da «Ommaviy musiqa» alohida o’rin tutadi. «Ommaviy musiqa» ni «Yangi rok» belgilaydi. «Yangi rok», ta’bir joiz bo’lsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. Ya’ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yo’naltirilgan. «Ommaviy madaniyat» dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm – musiqiy sadolar boyligi va rangbarangligini yo’qqa chiqarmoqda.
T-chizma metod yordamida talabalar o’rtasida fikr almashuv bo’ldi. Ishtirokchilar “feysbuk” va “telegram”ning yutuq va kamchiliklarni yozib o’z fikrlarini aytib berdilar. Undan keyin talabalar va o’qituvchilar orasida anketa-so’rovnoma o’tkazildi. Hamma qatnashganlar o’z fikrini yozib berdilar, va muhokama qilib tushuntirib berdilar. Tadbir davomida “O’tgan kunlar” filmdan qisqa rolikni ham qo’yib,
talabalar orasida fikr almashuv bo’ldi. Keyin guruh talabalari sahna ko’rinishini ham ko’rsatib berdilar zamonaviy yoshlarning orasidagi munosabatlari. EvaICHAKT fakultetining tarbiyaviy ishlar bo’yicha dekan muovini N. Z. Sharipov so’zga chiqib talabalarini “Ommaviy madaniyat” zamonaviy hayotimizga ta`sirini qo’rsatishni aytib berdilar.




Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *