Tag - Talaba

«Farzandingiz taqdiriga befarq bo’lmang» mavzuidagi Ota-onalar yig’ilishi

14-16 NGKST gurux talabalari Ota-onalari bilan o’tkazilgan «Farzandingiz taqdiriga befarq bo’lmang» mavzuidagi Ota-onalar yig’ilishi Mirzayev Sanjar Saidjonovich

20 fevral 2017 yil

Kirish

Assalomu aleykum hurmatli Ota-onalar!!! Siz bilan uchrashib turganimdan bog’oyat xursandman!!! Buxoro muxandislik-texnologiya institutiga xush kelibsiz!!!

Kirish so’zi “Kimyoviy texnologiya” fakulteti dekni, dekan muovinlari, “Murabbiylar kengashi” va “Ota-onalar kengashi” raislariga beriladi.

  1. Tanishuv

— O’zim va guruxim haqida, institut, raxbariyat va o’quv jarayoni haqida ma’lumotlar

O’zim va guruxim haqida qisqacha: Men Mirzaev Sanjar Saidjonovich, Neftkimyo sanoati texnologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi, 14-16 NGKST guruxi murabbiysiman. Guruximda umumiy 28 nafar talaba tahsil oladi. SHundan davlat granti asosida 11 nafar va to’lov kontrakti asosida 17 nafar o’qiydi. Guruxda qiz bolalar yo’q. Guruxda boshqa viloyatlardan 7 nafar, qolgan 21 nafari Buxoro viloyati tuman va shaxarlaridandir, hozirgi kunda talabalar turar joyida yashaydigan talabalar 7 kishini, ijaradagi yashaydigan talabalar 12 kishini va o’z uyidan qatnaydigan talabalar 9 kishini tashkil etadi. Harbiy xizmatni o’taganlar (1 yil) 9 nafarni tashkil etadi. Oilali talabalar 3 nafar, hozirgi kunda ulardan 2 nafari farzandlidir.

Gurux faollari

sardori: Xasanov Faruxjon Xotamboy o’g’li
Guruhning «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati etakchisi: Yarashev Siroj O’tkir o’g’li
Guruhning Kasaba uyushma qo’mitasi etakchisi: Boymurodov Firdavs Baxodir o’g’li
Kompyuter ustasi: Davlatov Azizbek Istam ugli
Kotib: Bobokulov Mexriddin Faxriddinovich

Institut haqida qisqacha: 1977 yil Abu Rayxon Beruniy nomli Toshkent Politexnika instituti Buxoro filiali bazasida Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti tashkil etildi.

2012 yilda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik — texnika institutiga o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-1954-son qarori asosida. Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik texnika instituti bazasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi.

Raxbariyat haqida qisqacha (tarqatma material): www.bmti.uz sayti orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Rektor: t.f.d. prof. Muxamedxanov Ulug’bek Turgudovich. Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba 15:00-17:00, Tel: 8(365) 223-78-84

O’quv ishlari bo’yicha 1- prorektor: p.f.d. prof. Olimov Qahramon Tanzilovich. Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari), Tel: 8(365) 223-79-84

Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor: t.f.d. Sadullaev Nasullo Nematovich. Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari), Tel: 8(365) 223-78-84

Moliya va iqtisod ishlari bo’yicha prorektor: G’aybullayev Farxod To’raevich. Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari), Tel: 8(365) 223-78-84

Ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektor: t.f.n. Xaitov Rauf Arifovich. Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari), Tel: 8(365) 223-78-84

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor: t.f.n Mahmudov Rafiq Amonovich. Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari), Tel: 8(365) 223-78-84

“Kimyoviy texnologiya” fakulteti dekani: t.f.n. Ataullaev SHerzod Nabiullaevich. Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00, Tel: 8(365) 224-31-25

“Kimyoviy texnologiya” fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini (1,2-kurslar): t.f.n. Xikmatov Doniyor Ne’matovich. Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00, Tel: +998956048743

“Kimyoviy texnologiya” fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini (3,4-kurslar): Xojiev Aziz Xolmurodovich. Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00,

“Kimyoviy texnologiya” fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini (1,2,3,4-kurslar): Mirzaqulov Otabek Ibragimovich Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00, Tel: +998956080901

14-16 NGKST gurux murabbiysi: NKST kafedrasi katta o’qituvchisi Mirzaev Sanjar Saidjonovich. Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00, Tel: (+99893) 956-66-26

O’quv jarayoni haqida qisqacha:

1 o’quv yili 2 mavsumdan iborat (kuzgi va baxorgi), xar bir mavsum 18 xaftadan iborat bo’lib, haftalik yuklama 30 soatni tashkil etadi, 2 akademik soat 1parani tashkil etadi, (1 akademik soat-45 min.ni, 2 akademik soat-90 min., yoki 1soat20 min.ni tashkil etadi). Xar bir mavsum davomida joriy, mavsum orasida oraliq va mavsum yakunida yakuniy nazoratlar orqali talaba o’z reyting tizimini shakllantiradi. Mavsumlar yakunida kurs ishlari, Davlat attestaciya imtixonlari va amaliyot rejalashtirilgan.

1-kurslarda Davlat attestaciya imtixonlari mavjud emas, ammo tanishuv amaliyoti rejalashtirilgan. Tanishuv amaliyoti iyul oyidan boshlanadi va 2 hafta davom etadi. Tanishuv amaliyoti talabalar doimiy ro’yxatdan o’tkazilgan o’z tuman va shaxarlarining Tumangaz va SHaxargaz filliallarida olib boriladi. Institut tomonidan 6ta guruxda 6ta raxbar taynlanadi, raxbar talabaga amaliyotga joylashish buyrug’ini shakllantiradi, talabalarning tanishuv amaliyotiga qatnashish nazorati asosan ota-onalar zimmasidadir! Amaliyot yakunida xisobot ximoyasi bo’ladi, u institutda yoki korxonada tashkil etilishi mumkin.

Tanishuv amaliyoti yakunlangach 2 oylik ta’til beriladi. Ta’til vaqtida talabaning chet davlatga turli maqsadlarda: turistik maqsad, davolanish maqsadi yoki daromad qilish maqsadida chiqishi qatiyan man etiladi! Zarurat tug’ilganda institut rektorining roziligi asosida chiqish amalga oshirilishi mumkin.

— 14-16 NGKST guruxining 2016-2017 o’quv yili baxorgi mavsumi uchun dars jadvali (tarqatma material)

Tarqatma material tarqatildi

— Ota-onalar o’zlarini tanishtirishadi (FISH, farzandlari xususida va adresslari)

Ota-onalar o’zlarini tanishtirishdi, FISH, farzandlari xususida va adresslarini asoslashdi

— demografik ma’lumotlarning mosliligi (FISH, telefon nomerlari va adresslari)

Demografik ma’lumotlarning mosliligini (FISH, telefon nomerlari va adresslari) to’g’riligini tasdiqlashdi

— Ota-onalar kengashi raisini saylash

Ota-onalar kengashi raisi etib ochiq ovozda saylandi va unda Bobokulov Mexriddin Faxriddinovichning onasi Qo’ldosheva Manzura tayinlandi

  1. Odob axloq qoidalari

— salomlashish odobi:

Xurmatli Ota-onalar!!! Bolalarimizga salomlashish odobi xaqida har kuni eslatish lozim, nazarimda. Bir odat-talaba faqat unga dars beradigan o’qituvchiga, yoki u taniydigan o’qituvchisiga salom beradi! Barchaga birdek salom berishni biz xam, siz xam takror uqtirsak, bu xolni oldini olgan bo’lamiz.

-kiyinish madaniyati:

Xurmatli Ota-onalar!!! Bolalarimiz uydan chiqayotganida nima kiyganiga aloxida e’tiborli bo’laylik! Institut xududida yigitlar kostyum-shim, oq ko’ylak va albatta galstukda bo’lishlari lozim. Uydan chiqib maxalla, ko’chadan o’tayotgan farzandimiz yuqorida aytilgan tartibda kiyinsa, bu faxrli ku!?

— talabalar odob-axloq qoidalari (tarqatma material)

Tarqatma material tarqatildi

  1. Telefon masalasi

— diniy aqidaparastlik va ekstrimistik, axloqsiz va behayo, vaxshiylik va zo’ravonlik mavzularidagi video, rasm va gif animaciyalar

Xurmatli Ota-onalar!!! O’g’lingizning telefonini qachon olib tekshirgansiz!!! Unda diniy aqidaparastlik va ekstrimistik mavzularidagi, axloqsiz, porno mavzularidagi, vaxshiylik va zo’ravonlik mavzularidagi video, rasm va gif animaciyalar yo’qligiga kim kafolat bera oladi! Aynan telefon orqali, xususan internet messenjerlar orqali turli kanal va botlarga a’zo bulgan yoshlar xar xildagi oqimlarga qo’shilayotgani xech kimga sir emas. Kim bilan va nima mavzuda gaplashyapdi buni bilmog’imiz, ogox bo’lmog’imiz va xushyor bo’lmog’imiz lozim! Internet tarmog’iga kirishni cheklamaslik lozim, balki oq va qorani, do’st va dushmanni farqiga borishni tushuntirmog’imiz, ogoxlantirmog’imiz zarur! Statistik ma’lumotga ko’ra internet tarmog’ida: 23% — diniy aqidaparastlik va ekstrimistik mavzularidagi ma’lumotlar, 12% — o’z joniga qasd qilish mavzuidagi ma’lumotlar, 30% — behayolik, axloqsizlik va pornografik mavzularidagi ma’lumotlar, 10% — millatlararo nizo mavzularidagi ma’lumotlar, 11% — shavkatsizlik, vaxshiylik va zo’ravonlik mavzularidagi ma’lumotlar va atigi 14% — ijobiy mavzulardagi ma’lumotlar mavjud.

— Vazirlar mahkamasining 139 — sonli qarori haqida (tarqatma material)

Tarqatma material tarqatildi

  1. Yotoqxona va ijara muammosi

— yotoqxona va ijaradagi yashash sharoiti bilan tanishganlik darajasi (dars tayyorlash, dam olish va gigiena sharoitlari)

Aziz Ota-onalar!!! Bolalarimizni yotoqxona va ijaradagi yashash sharoiti bilan tanishganmisiz? Ularning dars tayyorlash, dam olish va gigiena sharoitlari qay axvolda!!!

Talabalar turar joyida yashaydigan talabalar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini, navbatchi o’qituvchilar va gurux murabbiysi tomonidan doimiy nazoratda, ammo siz xam farzandingiz kim bilan yashayabdi, nima bilan nafas olyabdi, atrofidagi dustlari kimlar ekanligini bilsangiz foydadan xoli bo’lmaydi. Xususan boshqa viloyatdan kelgan talabalar nazoratini kuchaytirish lozim.

— ijaraga uy beruvchi shaxs bilan tanishish va ijara shartnomalarini tuzdirish (qo’shnilar va maxalla faollaridan fikr olish)

Ijara muammosi juda katta muammolardan biri xisoblanadi! Ijaraga uy beruvchi shaxs bilan tanishmisiz, u qanday inson va nima bilan shug’ullanadi?! 500-600 ming so’m atrofida ijara pulini beramiz-u, sharoit yaratib berish haqida o’ylamaymiz, aksariyat uylarda dars tayyorlash, dam olish va gigiena sharoitlari umuman talabga javob bermaydi. Farzandlarimiz kim bilan yashayabdi, atrofida kimlar va nimalar bilan band, nima eb-ichyabdi, qanday yashayabdi degan savollarni oldimizga qo’yishimiz kerak, qo’shnilar va maxalla faollaridan bolalarimiz haqida fikrlar olish zarur!

— ijara shartnomalarini tarqatish (tarqatma material)

Tarqatma material tarqatildi

— jinoyatchilikni oldini olish chora – tadbiri

Ota-onasidan uzoqda, uzoq qishloq, tuman va viloyatlardan kelgan, shu davrga qadar o’qish va institutga kirishga tayyorlangan yoshlarimiz, shaxarga kelib har tomomnlama fikri o’zgarishini yaxshi bilamiz. Davr muammosi bo’lgan globualizm (ommaviy madaniyat) bolalarimizni turli nopok va nohaq yo’llarga boshlashi ham sir emas. Eng yomon odat va illarlar xususida aloxida tuxtalmoqchiman.

— ichkilikbozlik illati

Ichkilikbozlik-spirtli ichimliklar (aroq, pivo, vino, energetiklar) istemol qilish aksariyat xollarda talabalik davrlariga to’g’ri keladi. Buning oqibati sizga ma’lumligi uchun aloxida to’xtalib turmaymiz, ammo bolalarimizga buni takror va takror ta’kidlashimiz lozim. Ichkilikbozlikning sog’likka ta’siri va ichkilikbozlik oqibatida boshqa yomon yo’llarga kirishi mumkinligini aniq, ular tanigan va bilgan misollar keltirib bu illatga qarshi kurashmog’imiz darkor.

— chekish odati (chilim, tamaki, nos, kayf beruvchi va psixotrop moddalar)

CHekish odati (chilim, tamaki, nos, kayf beruvchi va psixotrop moddalar) eng yomon illatlardandir. CHilim barlarning aksari mijozi talabalardir, xozir-ku bolalarimiz bormayotgandir, ammo kim bularni ertaga bormasligini kafolat bera oladi?! CHilim, tamaki, nos, kayf beruvchi va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari xususida biz xar uchrashganda ta’kidlaymiz, biz bilan birgalikda oilada ham profilaktika ishlari olib borilsa ta’sir kuchimiz ikki baravar ortadi.

— foxishabozlik (jinsiy madaniyat)

Hozirgi kunda Viloyatimizda ko’plab OITS va VICH bilan kasallangan bemorlar borligi ma’lum. Bularning aksari foxishalardir. Aynan foxishabozlik orqali ko’pchilik yigitlarda jinsiy va irsiy kasalliklar yuzaga kelmoqda. Bu kabi ayanchli oqibatlarni oldini olish otalarimiz zimmalaridagi yukdir. Jinsiy madaniyat xususida bolalarimiz bilan do’stona munosabatda suxbatlashish va foydali maslaxatlar berishimiz lozim.

Ne-ne umidlar bilan farzand o’stiramiz, emay ediramiz, ichmay ichiramiz, kiymay kiydiramiz! Goxida oxirgi pullarimizni qo’liga tutamiz, birovdan kam bo’lmasin deymiz. Bas shunday ekan “Farzandlarimiz taqdiriga befarq bo’lmaylik, hurmatli Ota-onalar!”

Har kuni, hech bo’lmaganda telefon orqali profilaktika ishlarini olib borish lozim, hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib yuqoridagi illatlarni oldini olsak shunda jinoyatchilikni ham oldini olgan bo’lamiz.

— darslardan bo’sh vaqtlarda axborot texnologiyalari, chet tillari kurslari va mutaxasislik to’garaklarida ishtirok etishlari

Xurmatli Ota – onalar, kim farzandining bo’sh vaqtida nima bilan shug’ullanayotganini biladi?! Agarda bolalarimizni darslardan bo’sh vaqtlarda axborot texnologiyalari, chet tillari kurslari, turli sport va mutaxassislik fanlariga to’garaklarida ishtirok etishlarini racional grafik asosida ishlab chiqsak, ko’ngilsiz xodisalarni oldini olgan va yoshlarni bo’sh vaqtini foydali sarflagan bo’lamiz.

  1. Baxolash

-baxolash me’zonlari (tarqatma material)

Tarqatma material tarqatildi

— koncelyariya mollari (daftar, kitob, sumka vaxokazo)

Uydan o’qishga deb chiqayotgan farzandimizning qo’lida fanlardan daftari, kitobi va boshqa jixozlari bormi?! Daftarlari qay axvolda, kitoblari bormi, yoki bitta umumiy daftarmi? Institutda albatta bu borada talab qo’yiladi, ma’ruza, amaliy, tajriba va seminar mashg’ulotlar daftarlari tekshiriladi, uydaxam, ijara uyiga ham borib, yoki yotoqxonaga kelib tekshirish lozim.

— o’qishni talab qilish zaruriyati

Talabalardan yaxshi va a’lo baxolarda o’qishni talab qilish zarur! To ki oilada talab bo’lmas ekan, talabalar dars tayyorlashga loqaydlarcha munosabatda bo’lishadi. Dars qilyaptimi yo’qmi, nimani o’qidi, yozdi, buni bilish uchun mutaxasis bo’lish shart emas, faqad biz ham loqaydlik qilmasak kifoya.

— dars qoldirish

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi qarorida, 30 soatdan ortik dars qoldirgan talaba hayfsan olishi va 74 soatdan ortik dars qoldirgan talaba, talabalar safidan chiqarilishi ta’kidlangan. Uzrli sabab bilan (kasalligi, uylanishi yoki boshqa) dars qoldirish, faqat dekan ruxsati bilan, gurux murabbiysi tanishgan holatda, qoldirgan darslarini qayta o’zlashtirish sharti bilan, talabaning yozgan arizasiga muvofiq bo’lishi mumkin. Sababsiz dars qoldirish, bu yuqorida ko’rib o’tgan masalalarimizning (jinoyatchilik) rivojlanayotganligini belgisidir.

— korrupciyani oldini olish

Fanlar mashg’ulotlariga tayyorlanmaslik, ma’ruza, amaliy, tajriba va seminar mashg’ulotlar daftarlari o’z vaqtida yuritilmasligi va sababsiz dars qoldirish korrupciyani (poraxo’rlikni) olib keladi. O’zini hurmat qiladigan ustoz-murabbiy, bolam deya murojaat qilgan pedagog hech qachon talabaning “qo’liga qaramaydi”. Sizdan pul so’ragan farzanddan “Nima uchun, kim va qaysi fan”-deya savolga tutish lozim va bu xol bo’yicha gurux murabbiysiga, dekan muovinlari yoki dekanga ma’lum qilish lozim! Vaxolanki hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan korrupciyaga qarshi chora-tadbirlar dasturida pora bergan, olgan va vositachilik qilgan ham bir xilda jazolanadi.

Read more...