Blog

Tabriklaymiz!!!

Joriy yilning 27 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida mamlakatimiz tarixida ilk marotaba istiqbolli rahbar kadrlarni tanlab olish bo’yicha o’tkazilgan “Taraqqiyot” respublika tanlovi g’oliblari va final bosqichi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Tadbirda 3825 nafar ishtirokchi orasidan 4 bosqichda amalga oshirilgan va qariyb 10 oy davom etgan tanlov natijalariga ko’ra saralab olingan 50 nafar g’olib va 100 nafar finalchi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari R.Qosimov, А.Аbduvohidov, Prezident Аdministratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Tanlov g’oliblari va finalchilari orasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik-qurilish” fakulteti dekani Muradov Shuhrat Mustafayevich “Аxborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi” nominatsiyasi bo’yicha qatnashib tanlov sertifikati bilan taqdirlandi.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.