“Fizika” kafedrasi

 

 

Kafedra mudiri : fizika-matematika fanlari doktori (DSc),

dotsent Sharipov Mirzo Zokirovich

Tel:  8(365) 223-74-36
E-mail: mexanika@bmti.uz


 

 

Fizika-matematika fanlari doktori SHaripov Mirzo Zokirovich 1981 yilda Buxoro viloyati SHofirkon tumanida tug’ilgan. 2002 yilda Buxoro Davlat universitetida “Fizika” yo’nalishi bo’yicha bakalavriatni, 2004 yilda “Optika, magnitooptika va molekulyar optika” mutaxassisligi bo’yicha magistraturani tugatgan.

2004-2006 yillarda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutining “Umumiy fizika” kafedrasida assistenti, 2006-2008 yillarda Buxoro Davlat universitetida aspiranti.

2009 yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasi “Issiqlik fizikasi” bo’limi huzuridagi ixtisoslashgan Kengashda “Issledovanie vliyaniya mexanicheskix napryajeniy na magnitnuyu strukturu borata jeleza” mavzudagi nomzodlik dissertaciyasini himoya qilgan.

2009-2011 yillarda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutining “Umumiy fizika” kafedrasi katta o’qituvchisi, 2011 yilda Akademik licey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i va 2011-yildan “Umumiy fizika” kafedrasi mudiri, 2013-2017 yilda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Fizika” kafedrasi mudiri va 2017 yildan hozirgi kungacha “Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.

2018 yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasi “Ion plazma va lazer texnologiyalar” ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy kengashda “Spin–qayta orientaciyalanuvchi fazaviy o’tishlar sohasida nodir er ferrit-granatlarinining  domen strukturasi va magnitooptik xossalar” mavzusida fizika-matematika fanlar doktori (DSc) dissertaciyasini muvoffaqiyatli himoya qildi.

Uning muallifligida 1 ta o’quv qo’llanma, 14 ta elektron o’quv qo’llanma, 25 dan ortiq uslubiy ko’rsatma va qo’llanmalari chop ettirilgan. U xalqaro ilmiy nashrlarda va to’plamlarda 150 dan ortiq ilmiy maqola shulardan, “Jurnal eksperimentalnoy i teoreticheskoy fiziki”, “Fizika tvyordogo tela”, “Jurnal texnicheskoy fiziki” va boshqalar undan tashqari tezislar e’lon qilgan va ko’pgina Respublika, Xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan.

U doimiy ravishda o’z malakasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. Barkamol yosh avlodni tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

“Tabiiy   fanlar” kafedrasi 2017 yil “Fizika” va “Kimyo” kafedralari tarkibida tashkil qilindi. Hozirda kafedranining fizika sektorida 4 ta laboratoriya xonasi 54 ta labaratoriya ishlari, kimyo sektorida 3 ta labaratoriya xonasida fanlar kesimida jami 64 ta laboratoriya ishlari bilan jixozlangan. Kafedrada eng zamonaviy  kompyuterlarlar va o’qitish vositalari bilan taьminlangan o’quv xonalari mavjud. Kafedra tashkil etilgandan hozirga qadar uning ravnaqi uchun etuk olimlar va shu soxa mutaxassislari faoliyat ko’rsatganlar.

Hozirda kafedrada quyidagi  professor – o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Kafedra mudiri: f.-m.f.d. SHaripov Mirzo Zokirovich, professor Astanov Salix Xusenovich, docentlar: Komilov Ochil Supxonovich, Jumaev Mustaqim Rofievich, Muxammadiev Baxodir Temirovich, Karimov Mansur Maxmudovich, Mavlonov Boboxon Arashovich, Axmedov Voxid Nizomovich, Atoev Extiyor Xudoyorovich, Xaydarov Axtam Amonovich, katta o’qituvchilar Ruzieva Komila Ernazarovna, Islomov Umid Naimovich, Ramazonov Baxrom G’afurovich, Berdieva Zulfiya Muxiddinovna, Urinov Raub Jumaevich, assistentlar: Karimova Zilola Maxmudovna, Juraeva Laylo Raxmatillaevna, Adizova Nargiza Zamirovna, Hayitov Dilshod Ergashovich, Turdiev Mirzohid Rustamovich, Mirjonova Nasiba Norkulovna, Kasimova Guzal Karimovna, Majidov Jurabek Altiboyevich, Ro’zieva Dilnoza Salimovna, Panoev Nodir SHavkatovich, Jumaev Jabbor Hamraqulovich, Raxmatov Marat Salimovich, Raximov Feruz Fazliddinovich, Mavlonov SHoxrux Boboxonovich, Nurullaev Zafar Ismatullaevich, Axrorova Munira Ibragimovna o’qituvchi – stajyorlar: Asadova Dilnavoz Fayzulloevna, Ergasheva Nilufar Mansurovna, Bekov Ulugbek Safarovich.