Blog

“SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL”

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan “SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni institut rektori, professor N.R.Barakayev bayram tabrigi bilan ochib, ko‘p yillar institutda samarali faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchi va ishchi xodimalarni hamda a’lo o‘qishi, namunali hulqi va jamoat ishlarida faol bo‘lgan talaba qizlarni faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. Tadbirda institutning bir guruh iqdorli, faol talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi barcha xotin-qizlar e’tiboriga havola etildi. Hurmatli institutimizning latofatli ayol professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimalari hamda go‘zal talaba qizlari, Sizlarni institutdagi barcha erkak professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba yigitlari nomidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik-salomatlik, baxt-saodat, tinchlik –xotirjamlik, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN AZIZ AYOLLAR!

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *