Blog

Saylovlar-demokratiya ko`zgusi

Alimova M.M. BMTI “O`zbekiston tarixi” kafedrasi assistenti
Isayeva D.A. BMTI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o`qituvchisi

Saylov – xalq o`z xohish-irodasini to`g`ridan-to`g`ri ro`yobga chiqarishining oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda tashkil etishning negizi hisoblanuvchi ulkan ijtimoiy-siyosiy tadbir.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqini amalga oshirishga qaratilgan ana shu muhim demokratik jarayon – saylovlar asnosida insonning saylov huquqlari va erkinliklarini ta`minlash, erkin demokratik adolatli saylovlarni tashkil etish g`oyatda muhim masaladir.

Har qanday demokratik huquqiy davlatning jahon miqyosidagi nufuzi ko`p jihatdan shu davlatda saylovlarning qay darajada ochiq va oshkora amalga oshirilishiga bog`liq. Binobarin, erkin va adolatli saylovlar nafaqat fuqarolarning o`z ovozlarini berish imkoniyatining ta`minlanganligi, balki ularning tegishli nomzodlar va umuman, butun saylov jarayoni to`g`risidagi axborotlarga bo`lgan huquqlarini kafolatlashga ham bog`liq.

O`zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo`lida amalga oshirilayotgan tub islohotlar izchil davom etmoqda. Har bir saylov mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqelik hisoblanadi. Xususan, saylovlarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi muhim ahamiyati shundaki, bu tarixiy tadbirni amalga oshirish bilan O`zbekiston o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga, qabul qilgan Konstitutsiyasiga va erkin demokratik jamiyat qurish bo`yicha olib borayotgan o`z yo`liga sodiqligini dunyo hamjamiyati va xalqimiz oldida yana bir bor namoyish etadi.

 

LsjB3NUSk3E9QeCHSH6Mn1IHtRCfpF7z

 

csXw-f8zvhyKcUey544XIRSZibjkyy52

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.