Kadrlar tayyorlashda innovatsion yondoshuv

Kadrlar tayyorlashda innovatsion yondoshuv

“Mexanika” kafedrasi mudiri dots. Ro’ziyev H.R.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Muhandislik-qurilish» fakulteti «Mexanika» kafedrasi  professor-o’qituvchilari tomonidan talabalarni chuqur bilimga ega bo’lishlari uchun o’qitish jarayoniga innovacion yondoshuv, ya’ni nazariya va amaliyotni birgalikda olib borish borasida 5340500 “Qurilish materiallari, buyumlari va konstrukciyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo’nalishi talabalar amaliyoti uchun 2017 yil 12 dekabrda IP OOO “KNAUF GIPS BUXARA” bilan  shartnoma tuzildi.
O’zbekiston Germaniya IP OOO “KNAUF GIPS BUXARA” korxonasida KNAUF texnologiyalarini o’rganish uchun, talabalarni o’qitish 2018 yil grafigi ishlab chiqildi. Ta’lim,fan, ishlab chiqarish o’rtasida korporativ hamkorlikni tashkil etish maqsadida 2017 yil 13 dekabrda kafedraning 5 nafar professor-o’qituvchilari nazariy jihatdan KNAUF o’quv markaziga o’qishlari tashkil etilgan bo’lsa, 2018 yil 16,17-yanvar kunlari 10-17QMBK guruxining 15 nafar talabasi va “Mexanika” kafedrasi o’qituvchisi R.X.Shamsiyev raxbarligida, ham nazariy ham amaliy mashg’ulotlar kursini o’tadilar. Mashg’ulotlarni IP OOO “KNAUF GIPS BUXARA” o’quv markazi direktori Sanjar Sattorovich Ataev olib bordi.

Bizga ushbu o’qitish jarayoni, ya’ni texnologiyalarni amaliyot bilan bog’lab o’rganish,  kasbga bo’lgan qiziqishimizni  uyg’otdi deydi 10-17 QMBK guruxi talabasi Murod Turdiev. Men kelajakda albatta  KNAUF  texnologiyalarini mukammal o’rganishga ahd qildim. Bizga shu kabi mashg’ulotlar ko’proq bo’lsa, ushbu amaliyotni tashkil qilgan “Mexanika” kafedrasi o’qituvchilari va KNAUF korxonasi raxbariyatiga  talabalar nomidan minnatdorchilik bildiraman.