Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar

Mazkur yo‘nalishda Erasmus+ dasturining “561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ECCUM: Kompyuter (hisoblash) markazlarini yaratish va matematik loyihalashtirish bo‘yicha o‘quv rejalarini ishlab chiqish magistrlik dasturi” loyihasi doirasida 26377 yevro, 544573-TEMPUS-1-2013-1-BG-TEMPUS-JPHES “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari modernizatsiyasi yo‘lida” (MATcHES) loyihasi doirasida 11890 yevro, jami 38267 yevro miqdorida jihoz va qurilmalar, asbob-uskunalar keltirilgan. GIZ fondining “O‘rta Osiyoda kasbiy ta’lim” dasturi doirasida institut tomonidan laboratoriya va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida jami 129,666 ming yevro va 118,6 mln. so‘m miqdoridagi qurilma va jihozlar, orgtexnika va adabiyotlar keltirilgan.