“Talabalar innovasion g’oyalari va biznes-loyihalari” ko’rik-tanlovining asosiy natijalari

“Talabalar innovacion g’oyalari va biznes-loyihalari” ko’rik-tanlovi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Ilmiy tadqiqotlarni integraciyalash va innovaciyalar Markazi”, institut Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi hamkorligida iqtidorli talabalar va magistrlar o’rtasida yilda bir marotaba o’tkaziladigan an’anaviy tanlovdir. Ko’rik-tanlov innovacion salohiyatga ega bo’lgan va kelajakda turli iqtisodiyot tarmoqlari hamda o’quv jarayoniga joriy qilinadigan amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni qo’llab-quvvatlash shakli hisoblanadi. Ko’rik-tanlovga innovacion xarakterga ega bo’lgan, ilmiy tadqiqotning turli sohalarida tajribaviy mahsulot namunalarini, texnologiyalarni yaratishga yo’naltirilgan, raqobatbardoshlikni oshiradigan loyihalar qabul qilinishi oldindan belgilab olingan. “Talabalar [...]

Read more...

“Ilmiy-innovasion va tadbirkorlik faoliyatlari yutuqlari” ko’rik – tanlovining asosiy natijalari

“Ilmiy-innovasion va tadbirkorlik faoliyatlari yutuqlari” ko’rik – tanlovi Buxoro muhandislik — texnologiya Instituti Kengashining 2018 yilning 16 yanvarida bo’lib o’tgan 4-sonli majlisida qayta tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etildi. Ko’rik – tanlov 2017 yil davomida institutda eng yaxshi ilmiy-innovacion va tadbirkorlik faoliyatlarini olib borgan ilmiy jamoalarga, shuningdek, pedagog – xodimlarga baho berish hamda Nizomda keltirilgan tegishli rag’batlantirishlar vositasida institutda ilmiy-innovacion-tadbirkorlik faoliyatlarini jadallashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan. Tanlovni xolisona o’tkazish maqsadida institut rektorining 2018 yil 10 martdagi 36-U(01)-sonli buyrug’iga asosan [...]

Read more...

«O’zbekistonda to’qimachilik sanoatining istiqbollari” mavzusida tadbir o`tkazildi

“To’qimachilik” kafedrasi“ «O’zbekistonda to’qimachilik sanoatining istiqbollari” mavzusida tadbir o`tkazildi       2018 yil  aprel kuni soat 10-00 da institut binosida  “Engil sanoat” fakulьteti “To’qimachilik” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan “O’zbekistonda to’qimachilik sanoatining istiqbollari” deb nomlangan ko’rgazma namoyishi bo’lib o’tdi. O’quv ishlar bo’yicha prorektor Q.T. Olimov so’zga chiqib, bugungi kunda Respublikamiz xalq xo’jaligining tarmoqlarida olib borilayotgan islohotlar bilan birga Oliy ta’lim tizimida ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni birgina institutimiz misolida qaraydigan bo’lsak, 2017 yilda mavjud bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bilan birga bir nechta yangi [...]

Read more...

“Evropa Ittifokining ko’p yillik byudjeti” mavzusida seminar treningi

Bolgariya Respublikasi D.A.Tsenov nomli iqtisod akademiyasi “Moliya va kredit”  bo’limi bo’yicha ilmiy tadkikotlar instituti direktori professor Aneliya Radulova bilan Bux MTI “Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi”  fakultetining “Menejment” kafedrasi pedagog-xodimlari  bilan birgalikda“Evropa Ittifokining ko’p yillik byudjeti” mavzusida seminar trening   Seminar treningni dotsent D.I.Ro’zieva kirish so’zi bilan ochib, bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy-iqtisodiy isloh kilishning asosiy maqsadlaridan biri sifatida iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tdi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish [...]

Read more...

BuxMTIda o’tkazilgan pedagog xodimlar attestatsiyasi to’g’risida ma’lumot

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish” Davlat inspeksiyasi tomonidan inspeksiyaning Buxoro viloyatidagi xududiy bo’limi hamda Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo’limlari xodimlarining faol ishtirokida Buxoro viloyatidagi maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, birinchi va oliy toifaga talabgor 3000 nafar pedagog xodimlarning attestaciyasi 2018 yil 26 martdan 3 aprelga qadar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bazasida onlayn-test shaklida yuqori saviyada tashkil etildi. Attestaciya jarayonini tashkil [...]

Read more...

O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorini rivojlantirish va sug’urta tarif siyosatini amalga oshirishning yo’nalishlari” mavzusida seminar trening

«Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi»  fakultetining “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi S.N. Yuldasheva va assistenti D.D.Alimova  tomonidan  soat 13-30da institut 2- binosi 517-auditoriyasida “O’zbekiston Respublikasida sug’urta bozorini rivojlantirish  va sug’urta tarif siyosatini amalga oshirishning yo’nalishlari” mavzusida seminar treningi bo’lib o’tdi.   Seminar treningni docent D.I.Ro’zieva kirish so’zi bilan ochib, bugungi kunda sug’urta bozor infratuzilmasining muhim bo’g’ini sifatida iqtisodiyotning mamlakat rivojlanishi uchun xizmat qilishi, korxonalar va uy xo’jaligi daromadlari hajmining o’sishiga turli xil xavf-xatarlar, hodisalar ta’sir etishi ehtimoldan xoli emasligi, ana shunday vaziyatda bizda [...]

Read more...

Navro`z bayramiga tabrik!

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar! Navroʻz — yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun — Yangi yil, yani Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navroʻz kunlari qishki manzillari — qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlari -yozloqlarga koʻchib oʻtishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar erga qoʻsh solishgan. Jamoa-jamoa boʻlib, hasharlar uyushtirishgan. Oʻtgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda meʼvali, manzarali daraxtlar oʻtqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navroʻz — yangi yil, yangi [...]

Read more...

Hаshаr – elgа yarаshаr

2018 yilning 18 mаrt kuni Buхоrо muhаndislik-tехnоlоgiya instituti prоfеssоr-oʻqituvchi, ishchi хоdimlаr hаmdа tаlаbаlаrining umumхаlq хаyriya hаshаridа fаоl ishtirоki koʻzgа tаshlаndi. Hаshаrdа qаtnаshgаn jаmi 4276 nаfаrdаn 3240 nаfаrini fаоl yoshlаr tаshkil etаdi. Umumхаlq хаyriya hаshаridа umumiy mаydоni 5170 m2 hudud оbоdоnlаshtirilib, 22,5 tоnnа mаishiy vа qurilish chiqindilаri chiqаrib tаshlаndi, 0,75 km аriq lоtоklаr tоzаlаndi. 1370 dоnа 1 yillik gullаr, 470 tup mеvаli koʻchаtlаr, 2340 dоnа tеrаk qаlаmchаlаri, 225 dоnа mаnzаrаli dаrахt koʻchаtlаri oʻtkаzildi. Bundаn tаshqаri, institut binоlаri, Buхоrо shаhridаgi Pахtаоy bоgʻi, Koʻhnа [...]

Read more...
0
Факултеты
0
Кафедры
0
Преподаватели
0
Студенты