ROSSIYADAN KELGAN PROFESSOR O’QITUVCHILARINING YSTJ KAFEDRASI BILAN O’TKAZGAN TADBIRI

ROSSIYADAN KELGAN PROFESSOR O’QITUVCHILARINING YSTJ KAFEDRASI BILAN O’TKAZGAN TADBIRI

2018 yil 29-30 noyabr va 1-dekabr kunlari “Engil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi mudiri, prof. X.Q.Rahmonov boshchiligida Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyasi va dizayn universitetidan taklif etilgan docent M.V.Safronova tomonidan 2 kurs “Engil sanoat texnologyalari va jihozlari”  yo’nalishida tahsil olayotgan   guruhlardagi talabalarga “Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari” fanidan ma’ruza darslari tashkil etildi. Rossiyalik mehmonlarni kutib olishda institut rektori prof. U.T.Muxamedxanov, o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i doc. SH.M.Xodjiev, “Engil sanoat” fakulьteti dekani doc. S.S.Musaev lar ham ishtirok etishdi.

“Engil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi mudiri, prof. X.Q.Rahmonov Rossiyalik mehmonlarni kafedra faoliyati bilan tanishtirib, 3 kunlik ish tartibini aytib o’tdi. Kafedra iqtidorli talabalari tomonidan katta o’qituvchi D.N.Naimova boshchiligida “Kostyum kompoziciyasi va tarixi” fanidan o’tiladigan laboratoriya mashg’ulotlari davomida yaratilgan milliy va tarixiy liboslardan namunalar namoyishi tashkil etildi.

 

 

Rossiyalik Mariya Viktorovna talabalarga Amaliy Antropologiya fanidan dars o’tmoqdalar

Mexmonlar Briliant Silk korxonasidagi ekskursiya jarayoni

 

ESTJ kafedrasiga tegishli bulgan guruxlar yangi 2019 yilni kutib olishga tayyorganlik jarayoni