Blog

RIO–2016. dzyudochi Sherzod Namozov paralimpiya o`yinlari oltin medalini qo`lga kiritdi

Namozov Sherzod Nasimovich 1992 yil Buxoro viloyat Rometan tuman Maxalla qishlog’ida tug’ilgan. 2004 yilda O’zbekiston chempioni bo’lgan. 2011 yilda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot-kommunikaciya texnologiyalari” fakulьtetida o’qishga kirgan.

photo_2016-09-09_09-32-44 2012 yilda 2-karra O’zbekiston chempioni va 2014 yilda xalqaro turnirda 35 davlatdan ortiq “Dyuz-do” kurashi bo’yicha 60 kg vaznda oltin medalni qo’lga kiritdi. 620(10) 2014 yil Koreyaning Seul shahrida o’quv yig’in mashg’ulotlarida qatnashdi. 2014 yil 12-16 iyun kunlari Latviyaning Vilnyus shahrida “Dzyu-do” kurashi bo’yicha paraolimpiada musobaqasida 60 kg vaznda finalda Rossiya davlatining sportchisi bilan ro’baro’y kelib uning ustidan g’alaba qozinib oltin medalni qo’lga kiritdi va AQShning Mayami shahrida bo’lib o’tgan para jaxon chempionatida qatnashib 3-o’rin kumush medal sovrindori va Para Osiyo o’yinlariga qatnashish yo’llanmasini qo’lga kiritdi. 2014 yil 7 sentyabr-5oktyabr kunlari Incheon shahrida (Janubiy Koreya) bo’lib o’tgan II Para Osiyo o’yinlariga ishtirok etib 1-o’rin oltin medal sohibi bo’ldi. 2016 yil XV yozgi Braziliyada bo’lib o’tadigan Paraolimpiada o’yinlariga qatnashish huquqini qo’lga kiritdi. Hozirgi vaqti BuxMTI «Jismoniy madaniyat» kafedrasida katta laborant lavozimida ishlab kelmoqda. Beraziliya davlatida bo’lib o’tgan XV-yozgi paraolimpiadada ishtirok etib «Dzyu-do» kurashi buyicha 60 kg vaznda oltin medalni qo’lga kiritishga muyassar bo’ldi. Buxoro muhandislik-texnologiya professor-o’qituchilari va “Jismoniy madaniyat” kafedrasining murabiylari yaqindan turib yordam berganliklari sababli yuqori natijaga erishdi. Sherzod Namozovni bundan keyingi olimpiyadalarga qatnashishiga omad tiladilar.

Share this post