Prorektorlar

Vakant


mmibpProrektor: t.f.n. Xaitov Rauf Arifovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: mmibp@bmti.uz
E-mail: mmibp_bmti@umai.uz

 

Xaitov Rauf Arifovich 1966 yil 14 yanvarda Buxoro viloyati Qorako`l tumanida tug’ilgan. 1983 yilda o`rta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1984-1986 yillar Afg’oniston respublikasida armiya safida harbiy xizmatni o`tagan. 1990 yilda Moskva oziq-ovqat sanoati texnologiyasi institutining “Don mahsulotlari texnologiyasi” fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1990 yilda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutining “Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasiga kichik ilmiy xodim lavozimiga ishga qabul qilindi. 1990-1993 yillar Moskva Davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish akademiyasining kunduzgi aspiranturasida tahsil olib, 1993 yil ushbu akademiya qoshidagi ixtisoslashgan kengashda “Infrakrasnoe obluchenie i sushka dini s ispol’zovaniem solnechnoy energii” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. R.A. Xaitov 1994-2001 yillar davomida “Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasida katta o`qituvchi, dotsent, 2001-2004 yillar institut o`quv-uslubiy bo`limi boshlig’i, 2004-2011 yillarda “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” fakul’tetida o`quv ishlari bo`yicha dekan muovini, 2011-2013 yillarda “Donni qayta ishlash va non mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi . 2013y.avgust oyidan boshlab Buxoro muhandislik-texnologiya institutining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo`yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. R.A. Xaitov 100 dan ortiq ilmiy va 30 dan ortiq uslubiy ishlar muallifidir.U oliy o`quv yurti talabalari uchun 1ta darslik, 2 ta o`quv qo`llanma hamda kasb-hunar kollejlari o`quvchilari uchun 2 ta o`quv qo`llanma yozib chop ettirgan. R.Xaitov rahbarligida bitta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. “Tempus”va”GIZ” xalqaro grant loyihalarida faol ishtirok etib,Buyuk Britaniyaning Grinvich universiteti,Germaniyadagi Berlin oliy oziq-ovqat maktabi va Qirg’iziston Davlat politexnika universiteti xodimlari bilan hamkorlikda ish olib borgan. Institutda “Talaba”sport klubi prezidenti. “Taekvon-do” ITF sport turi bo`yicha jahon chempionatida qatnashib faxriylar o`rtasida kumush va bronza medallari sovrindori bo`lgan. Yuqori muomala madaniyatiga ega. Ishda talabchan.Odamlarda ishchanlik qobiliyatini qadrlaydi.Yosh o`qituvchilar va talabalarning har qanday tashabbuslarini qo`llab-quvatlaydi U institut tomonidan mahalla ,tuman va viloyat miqyosida o`tkaziladigan ma`naviy -ma`rifiy tadbirlarda ishchi guruh rahbari sifatada faol qatnashib kelmoqda. Doimiy o`z malakasini, siyosiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat`iyat bilan ishlaydi. Barkamol avlodni ma`naviy va ma`rifiy ruhda tarbiyalashda qo`shgan hissasi uchun, institut, viloyat va Respublika miqyosida o`tkazilgan tadbirlarda faol qatnashganligi sababli, institut rektori, shahar va viloyat hokimligi hamda OO`MTV tomonidan faxriy yorliklar bilan taqdirlangan. R.A. Xaitov kafedra yo`nalishi bo`yicha “Donni saqlash va qayta ishlash korxonalari jihozlari”, “Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi” fanlaridan oliy ta`lim talablari darajasida ma`ruzalar o`qib, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni olib bormoqda. Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlariga, kurs loyihalari, bitiruv malakaviy ishlariga va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilmoqda.


iibpProrektor: t.f.d. Sadullaev Nasullo Nematovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: iibp@bmti.uz
E-mail: iibp_bmti@umail.uz

 

Sadullaev Nasullo Nematovich 1968 yil, 24-fevral kuni Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug’ilgan. Millati o`zbek. Partiyasiz. Ma`lumoti oliy. 1992 yili Buxoro oziq ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutini «Elektroenergetika» mutaxasisligi bo`yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1992-93 o`quv yilida Toshkent davlat texnika universiteti energetika fakulteti izlanuvchi-tadqiqotchisi, 1993-1996 yillarda mazkur universitetda kunduzgi bo`lim aspiranti bo`lib ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1997 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2011 yilda 05.14.02 – “Elektr stantsiyalari va elektr – energetikasi tizimlari” ixtisosligi bo`yicha «Energetika tizimi ob`ektlarining energiya samaradorligini analitik – axborot tizimi modellari va algoritmlari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Buxoro oziq ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutida 1996 yildan buyon faoliyat yurgizib kelmoqda. 1996-2000 yillarda “Elektroenergetika” kafedrasida katta o`qituvchi, 2000-2005 yillarda kafedra dotsenti, 2005-2011 yillarda shu kafedra mudiri lavozimida, 2011 yil aprel oyidan institut ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi boshlig’i, 2012 yid 6 avgustdan ilmiy ishlar buyicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali, 2 ta qizi va o`g’li bor. 1998 yilda “Ustoz” jamg’armasi granti bilan AQSH ning N’yu-Paltts universitetida, 2010 yil “Istedod” jamg’armasi granti bilan Rossiyaning Moskva davlat universitetida, “Tempus” dasturi doirasida Angliyaning Lids universitetida malaka oshirishda bo`lgan. SHu vaqtgacha 80 dan ortiq ilmiy va 30 dan ortiq o`quv-uslubiy ishlar chop qilgan. Jumladan, 3 ta ixtiro va 3 ta komp’yuter dasturi muallifi, 35 ta ilmiy jurnallarda maqola chop etgan bo`lib ulardan 9 tasi xorijiy davlatlardagi jurnallarda chop etilgan.


miibpProrektor: G’aybullayev Farxod To’rayevich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: miibp@bmti.uz
E-mail: miibp_bmti@umail.uz

 

F.T.G’aybullayev 1964- yildа, Buхоrо vilоyati, Qоrаko’l tumаnidа tug’ilgаn, millаti o’zbеk, оliy mа’lumоtli. F.T.G’aybullayev 1985 yildа Tоshkеnt хаlq хo’jаligi institutini “Buхgаltеr uchyoti” mutахаssisligi bo’yichа imtiyozli diplоm bilаn tugаtgаn. F.T.G’aybullayev 1988-yildаn Buхоrо оziq-оvqаt vа yеngil sаnоаt tехnоlоgiyasi institutidа kаttа buхgаltеr, bоsh buхgаltеr yordаmchisi. 1992 yildаn 2001 yilgаchа bоsh buхgаltеr, 2001-2003 yillаr rеjа mоliya bo’limi iqtisоdchisi, 2003-2005 yillаr mаrkеting vа shаrtnоmаlаr bo’limi bоshlig’i, 2005-2008 yillаr rеjа mоliya bo’limi bоshlig’i, 2008 yildаn Buхоrо оziq-оvqаt v yеngil sаnоаt tехnоlоgiyasi instituti, 2011 yildаn esа Buхоrо yuqоri tехnоlоgiyalаr muhаndislik-tехnikа instituti vа 2013 yildаn Buхоrо muhаndislik tехnоlоgiya instituti mоliya vа iqtisоdiyot ishlаri bo’yichа prоrеktоr lаvоzimidа fаоliyat ko’rsаtib kеlmоqdа. U 20 tа ilmiy mаqоlа, 10 tа dаn оrtiq uslubiy qo’llаnmаlаr muаllifi. F.T.G’aybullayev Moliya va iqtisod ishlari bo’yicha prorektor lavozimida asosiy diqqatni institute moddiy texnik ba’zasini, servis xizmatlarini yo’lga qo’yishga, moddiy ta’minotni aniq va foydali ishlarga sarflashga qaratib kelmoqda.Institut prorektori sifatida byudjetdan tashqari tushadigan mablag’larni oshirish bo’yicha tashkiliy va innovatsion layihalarni amalga oshirdi.Uning rahbarligida institutda xizmat ko’rsatish va servisni rivojlantirish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan.