Rektorat

rektorRektor: t.f.d. Muxamedxanov Ulug’bek Turgudovich
Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba 15:00-17:00
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: rektor@bmti.uz
E-mail: rektor_bmti@umai.uz

 

U.Muxamedxanov 1959 yilda, Toshkent viloyatida tug’ilgan, o`zbek, ma`lumoti oliy, texnika fanlari doktori, professor. 1980 yilda, Toshkent politexnika institutini «Kimyo-texnologiya jarayonilarini avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalashtirish» ixtisosligi bo`yicha tugatgan. 1989 yilda nomzodlik dissertatsiyasini «Колориметрический контроль качества тонких плёнок в производстве интегральных схем» mavzusida himoya qilgan. 1994 yilda dotsent unvoniga ega bo`lgan. 2008 yilda doktorlik dissertatsiyasini “Концепции методы построения систем контроля качества технологических сред промышленных производств” mavzusida himoya qilgan. 2011 yilda professor unvoniga ega bo`lgan. 1980-1983 yillar Toshkent politexnika instituti muhandisi, 1983-1985 yillar aspiranti, 1985-1987 yillar ilmiy xodimi, 1987-1989 yillar “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi assistenti, 1989-1993 yillar katta o`qituvchisi, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti, 1998-2001 yillar doktoranti, 2002-2003 yillar katta ilmiy xodimi, 2004-2009 yillar dotsenti, professori, 2009-2011 yillar Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi o`quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig’i, 2011-2012 yillar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Oliy ta`lim muassasalari bosh boshqarmasi boshlig’i o`rinbosari-Ilmiy-metodik rahbarlik va kadrlar tayyorlash sifatini ta`minlash bo`limi boshlig’i lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan. 2013 yildan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori lavozimida faoliyat ko`rsatmoqda. U.T.Muxamedxanov 130 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

uibpProrektor: p.f.d.Olimov Qahramon Tanzilovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel:  8(365) 223-79-84
E-mail: uibp@bmti.uz
E-mail: uibp_bmti@umai.uz

 

Q.Olimov 1967 yilda tug’ilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor. 150 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo`lib, shulardan 2 tasi darslik, 17 ta o`quv qo`llanma, 3 ta monografiya, 4 ta ixtiro patent.

1999 yilda 05.02.13. «Engil sanoat mashinalari va apparatlari» ixtisosligi bo`yicha «Разработка и обоснование параметров колосников на упругих опорах очистителей хлопка от крупных примесей» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2005 yil 21 noyabrda 13.00.08. Kasb hunar ta`limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo`yicha «Maxsus fanlardan o`quv adabiyotlari yangi avlodini yaratishning nazariy-uslubiy asoslari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2008 yili professor ilmiy unvoniga ega bo`lgan.

Q.Olimov 2006-2012 yillar mobaynida 5 nafar tadqiqotchi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Hozirgi kunda u kishi rahbarligida 2 nafar ilmiy tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqotlar olib bormoqda.

Q.Olimov “O`zbekiston Respublikasi o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi a`lochisi” ko`krak nishoni, Nebolsin nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.

2010 yilida “O`zbekiston madaniyati va san`ati forumi” fondining pedagogik grant g’olibi bo`lgan.

Q. Olimov “O`zbek-German texnik hamkorlik markazi” tashkilotining “Markaziy osiyo davlatlarida o`qituvchilarni o`qitishning regional tarmog’i” loyihasiga faol ishtirok etib kelmoqda. Uning rahbarligida Oliy va kasb-hunar ta`limi tizimida maxsus fanlar bo`yicha o`quv adabiyotlarining zamonaviy avlodini yaratish, amalda joriy etish hamda ekspertizadan o`tkazish metodikasi” davlat granti loyihasi bajarilmoqda.

U 2008 yili “O`zbekistonda kasb-hunar ta`limini rivojlantirish” loyihasi doirasida Germaniyaning Xalqaro malaka oshirish va rivojlantirish tashkilotida, 2010-2012 yillarda “O`zbek-German texnik hamkorlik markazi” tashkilotining “Markaziy osiyo davlatlarida o`qituvchilarni o`qitishning regional tarmog’i” loyihasi doirasida Germaniya davlatida malakasini oshirib kelgan.

«Yilning eng yaxshi darsligi va o`quv adabiyoti muallifi» Respublika tanlovida kasb -hunar kollejlari uchun yozgan «Tikuvchilik korxonalari jihozlari va uskunalari» darsligi 2003 yilda 1 o`rinni, 2007 yilda oliy ta`lim talabalari uchun hammualliflikda yaratgan “Kasb-ta`limi uslubiyati” o`quv qo`llanmasi 2-o`rinni egallagan, 2008 yilda “Tikuvchilik korxonalari jihozlari” darsligi 2 o`rinni, 2009 yilda “Швейние машини” o`quv qo`llanmasi 3 o`rinni egallagan.

Uning raxbarligida ta`lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarini xamda interaktiv metodlarni qo`llash bo`yicha seminarlar va o`quv kurslari tashkil etildi. Asosiy e`tiborni ta`lim jarayonini sifatini oshirishga qaratadi. Raxbar sifatida keng dunyo karashga ega, kasbiy pedagogika, pedagogik texnologiyalar, psixologiya hamda engil sanoat zamonaviy texnika texnologiyalari bo`yicha yaxshi o`zlashtirganligi bilan ajralib turadi.


mmibpProrektor: t.f.n. Xaitov Rauf Arifovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: mmibp@bmti.uz
E-mail: mmibp_bmti@umai.uz

 

Xaitov Rauf Arifovich 1966 yil 14 yanvarda Buxoro viloyati Qorako`l tumanida tug’ilgan. 1983 yilda o`rta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1984-1986 yillar Afg’oniston respublikasida armiya safida harbiy xizmatni o`tagan. 1990 yilda Moskva oziq-ovqat sanoati texnologiyasi institutining “Don mahsulotlari texnologiyasi” fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1990 yilda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutining “Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasiga kichik ilmiy xodim lavozimiga ishga qabul qilindi. 1990-1993 yillar Moskva Davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish akademiyasining kunduzgi aspiranturasida tahsil olib, 1993 yil ushbu akademiya qoshidagi ixtisoslashgan kengashda “Infrakrasnoe obluchenie i sushka dini s ispol’zovaniem solnechnoy energii” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. R.A. Xaitov 1994-2001 yillar davomida “Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasida katta o`qituvchi, dotsent, 2001-2004 yillar institut o`quv-uslubiy bo`limi boshlig’i, 2004-2011 yillarda “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” fakul’tetida o`quv ishlari bo`yicha dekan muovini, 2011-2013 yillarda “Donni qayta ishlash va non mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi . 2013y.avgust oyidan boshlab Buxoro muhandislik-texnologiya institutining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo`yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. R.A. Xaitov 100 dan ortiq ilmiy va 30 dan ortiq uslubiy ishlar muallifidir.U oliy o`quv yurti talabalari uchun 1ta darslik, 2 ta o`quv qo`llanma hamda kasb-hunar kollejlari o`quvchilari uchun 2 ta o`quv qo`llanma yozib chop ettirgan. R.Xaitov rahbarligida bitta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. “Tempus”va”GIZ” xalqaro grant loyihalarida faol ishtirok etib,Buyuk Britaniyaning Grinvich universiteti,Germaniyadagi Berlin oliy oziq-ovqat maktabi va Qirg’iziston Davlat politexnika universiteti xodimlari bilan hamkorlikda ish olib borgan. Institutda “Talaba”sport klubi prezidenti. “Taekvon-do” ITF sport turi bo`yicha jahon chempionatida qatnashib faxriylar o`rtasida kumush va bronza medallari sovrindori bo`lgan. Yuqori muomala madaniyatiga ega. Ishda talabchan.Odamlarda ishchanlik qobiliyatini qadrlaydi.Yosh o`qituvchilar va talabalarning har qanday tashabbuslarini qo`llab-quvatlaydi U institut tomonidan mahalla ,tuman va viloyat miqyosida o`tkaziladigan ma`naviy -ma`rifiy tadbirlarda ishchi guruh rahbari sifatada faol qatnashib kelmoqda. Doimiy o`z malakasini, siyosiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat`iyat bilan ishlaydi. Barkamol avlodni ma`naviy va ma`rifiy ruhda tarbiyalashda qo`shgan hissasi uchun, institut, viloyat va Respublika miqyosida o`tkazilgan tadbirlarda faol qatnashganligi sababli, institut rektori, shahar va viloyat hokimligi hamda OO`MTV tomonidan faxriy yorliklar bilan taqdirlangan. R.A. Xaitov kafedra yo`nalishi bo`yicha “Donni saqlash va qayta ishlash korxonalari jihozlari”, “Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi” fanlaridan oliy ta`lim talablari darajasida ma`ruzalar o`qib, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni olib bormoqda. Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlariga, kurs loyihalari, bitiruv malakaviy ishlariga va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilmoqda.


iibpProrektor: t.f.d. Sadullaev Nasullo Nematovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: iibp@bmti.uz
E-mail: iibp_bmti@umail.uz

 

Sadullaev Nasullo Nematovich 1968 yil, 24-fevral kuni Buxoro viloyati, Jondor tumanida tug’ilgan. Millati o`zbek. Partiyasiz. Ma`lumoti oliy. 1992 yili Buxoro oziq ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutini «Elektroenergetika» mutaxasisligi bo`yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1992-93 o`quv yilida Toshkent davlat texnika universiteti energetika fakulteti izlanuvchi-tadqiqotchisi, 1993-1996 yillarda mazkur universitetda kunduzgi bo`lim aspiranti bo`lib ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1997 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2011 yilda 05.14.02 – “Elektr stantsiyalari va elektr – energetikasi tizimlari” ixtisosligi bo`yicha «Energetika tizimi ob`ektlarining energiya samaradorligini analitik – axborot tizimi modellari va algoritmlari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Buxoro oziq ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutida 1996 yildan buyon faoliyat yurgizib kelmoqda. 1996-2000 yillarda “Elektroenergetika” kafedrasida katta o`qituvchi, 2000-2005 yillarda kafedra dotsenti, 2005-2011 yillarda shu kafedra mudiri lavozimida, 2011 yil aprel oyidan institut ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi boshlig’i, 2012 yid 6 avgustdan ilmiy ishlar buyicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali, 2 ta qizi va o`g’li bor. 1998 yilda “Ustoz” jamg’armasi granti bilan AQSH ning N’yu-Paltts universitetida, 2010 yil “Istedod” jamg’armasi granti bilan Rossiyaning Moskva davlat universitetida, “Tempus” dasturi doirasida Angliyaning Lids universitetida malaka oshirishda bo`lgan. SHu vaqtgacha 80 dan ortiq ilmiy va 30 dan ortiq o`quv-uslubiy ishlar chop qilgan. Jumladan, 3 ta ixtiro va 3 ta komp’yuter dasturi muallifi, 35 ta ilmiy jurnallarda maqola chop etgan bo`lib ulardan 9 tasi xorijiy davlatlardagi jurnallarda chop etilgan.


miibpProrektor: G’aybullayev Farxod To’rayevich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: miibp@bmti.uz
E-mail: miibp_bmti@umail.uz

 

F.T.G’aybullayev 1964- yildа, Buхоrо vilоyati, Qоrаko’l tumаnidа tug’ilgаn, millаti o’zbеk, оliy mа’lumоtli. F.T.G’aybullayev 1985 yildа Tоshkеnt хаlq хo’jаligi institutini “Buхgаltеr uchyoti” mutахаssisligi bo’yichа imtiyozli diplоm bilаn tugаtgаn. F.T.G’aybullayev 1988-yildаn Buхоrо оziq-оvqаt vа yеngil sаnоаt tехnоlоgiyasi institutidа kаttа buхgаltеr, bоsh buхgаltеr yordаmchisi. 1992 yildаn 2001 yilgаchа bоsh buхgаltеr, 2001-2003 yillаr rеjа mоliya bo’limi iqtisоdchisi, 2003-2005 yillаr mаrkеting vа shаrtnоmаlаr bo’limi bоshlig’i, 2005-2008 yillаr rеjа mоliya bo’limi bоshlig’i, 2008 yildаn Buхоrо оziq-оvqаt v yеngil sаnоаt tехnоlоgiyasi instituti, 2011 yildаn esа Buхоrо yuqоri tехnоlоgiyalаr muhаndislik-tехnikа instituti vа 2013 yildаn Buхоrо muhаndislik tехnоlоgiya instituti mоliya vа iqtisоdiyot ishlаri bo’yichа prоrеktоr lаvоzimidа fаоliyat ko’rsаtib kеlmоqdа. U 20 tа ilmiy mаqоlа, 10 tа dаn оrtiq uslubiy qo’llаnmаlаr muаllifi. F.T.G’aybullayev Moliya va iqtisod ishlari bo’yicha prorektor lavozimida asosiy diqqatni institute moddiy texnik ba’zasini, servis xizmatlarini yo’lga qo’yishga, moddiy ta’minotni aniq va foydali ishlarga sarflashga qaratib kelmoqda.Institut prorektori sifatida byudjetdan tashqari tushadigan mablag’larni oshirish bo’yicha tashkiliy va innovatsion layihalarni amalga oshirdi.Uning rahbarligida institutda xizmat ko’rsatish va servisni rivojlantirish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan.


al_kxkProrektor:t.f.n Mahmudov Rafiq Amonovich
Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: alkxkibp@bmti.uz
E-mail: alkxkibp_bmti@umai.uz

 

Maxmudov R.A.1968 yil 13 oktyabrda Buxoro viloyatining SHofirkon tumanida tug’ilgan. 1993 yilda Buxoro Oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutini “Don maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligini tugatgan. 1993-1996 yillarda Buxoro ozik-ovkat va engil sanoat texnologiyasi instituti kunduzgi bo`lim aspiranturasida o`qigan. 1996 yilda aspirantlar uchun ta`sis etilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi tanlovining “Agrosanoat majmuasi” yo`nalishi bo`yicha sovrindori bo`lgan. 1997 yilda nomzodlik dissertatsiyasini “Texnologiya proizvodstva rastitel’nogo masla iz zarodishevix xlop’ev zerna pshenitsi” mavzusida himoya qilgan. 2002 yilda dotsentlik ilmiy unvonini olgan. 1996 – 1998 yillarda Buxoro oziq – ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutida “Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti, so`ngra katta o`qituvchisi lavozimida ishlagan. 1999 yildan kafedra miqyosidagi “Muammoli ilmiy – tadqiqot laboratoriya” mudiri va 2000 yildan boshlab kafedra dotsenti etib saylangan. 2005-2006 yillarda “Yog’ va moylar texnologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 2006-2008 yillarda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti «Yog’ va moylar texnologiyasi» kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2008 yildan 2012 yilgacha institut o`quv – uslubiy bo`limi boshlig’i lavozimida ishlagan. Institutda kadrlar tayyorlanayotgan barcha bakalavriat ta`lim yo`nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarini takomillashtirilgan DTSlari hamda tasdiqlangan O`R lar bilan ta`minlanishida bevosita faol ishtirok etgan. 2012 yildan institutda Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. Maxmudov R.A.ning 3ta Kasb – hunar kollejlari o`quvchilari uchun o`quv qo`llanmalari nashr etilgan va ta`lim jarayoniga joriy etilgan. “Qishloq xo`jaligi mahsulotlari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish”, (2006 yil) “Ishlab chiqarish texno – kimyoviy nazorati” (2010 yil). “Konserva maxsulotlarini standartlash asoslari va tovarshunosligi” (2010 yil) Maxmudov R.A. 70 – dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.