Rektor

rektorRektor: t.f.d. Muxamedxanov Ulug’bek Turgudovich
Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba 15:00-17:00
Tel: 0(365) 223-78-84
E-mail: rektor@bmti.uz
E-mail: rektor_bmti@umai.uz

 

U.Muxamedxanov 1959 yilda, Toshkent viloyatida tug’ilgan, o`zbek, ma`lumoti oliy, texnika fanlari doktori, professor. 1980 yilda, Toshkent politexnika institutini «Kimyo-texnologiya jarayonilarini avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalashtirish» ixtisosligi bo`yicha tugatgan. 1989 yilda nomzodlik dissertatsiyasini «Колориметрический контроль качества тонких плёнок в производстве интегральных схем» mavzusida himoya qilgan. 1994 yilda dotsent unvoniga ega bo`lgan. 2008 yilda doktorlik dissertatsiyasini “Концепции методы построения систем контроля качества технологических сред промышленных производств” mavzusida himoya qilgan. 2011 yilda professor unvoniga ega bo`lgan. 1980-1983 yillar Toshkent politexnika instituti muhandisi, 1983-1985 yillar aspiranti, 1985-1987 yillar ilmiy xodimi, 1987-1989 yillar “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi assistenti, 1989-1993 yillar katta o`qituvchisi, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti, 1998-2001 yillar doktoranti, 2002-2003 yillar katta ilmiy xodimi, 2004-2009 yillar dotsenti, professori, 2009-2011 yillar Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi o`quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig’i, 2011-2012 yillar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Oliy ta`lim muassasalari bosh boshqarmasi boshlig’i o`rinbosari-Ilmiy-metodik rahbarlik va kadrlar tayyorlash sifatini ta`minlash bo`limi boshlig’i lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan. 2013 yildan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori lavozimida faoliyat ko`rsatmoqda. U.T.Muxamedxanov 130 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.