Institut rektori

Bosh sahifa Institut rektori

Institut rektori


Siddiqova Sadoqat G‘afforovna

  • Qabul vaqti: Juma 15:00-17:00
  • Telefon: (65)223-78-84
  • Email: t.me/bmti_rektor_bot

Sadoqat Siddiqova 1978-yil Navoiy viloyatida tugʻilgan. U 1999-yilda Buxoro davlat universiteti (bakalavr), 2014-yilda Buxoro muhandislik-texnologiya institutining magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi – amaliy matematika va informatika, kasb ta’limi, kompyuter tarmoqlarining dasturiy ta’minoti. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). U o‘z mehnat faoliyatini 1999-yil Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejida o‘qituvchi sifatida boshlab, direktor o‘rinbosari, 2022–2023-yillarda Buxoro viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” Monomarkazi direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyati partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. S.Siddiqova ta’lim sifatini ta’minlash, raqamlashtirish sohasiga oid 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 2023-yil 17-avgustdan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Siddiqova Sadoqat G‘afforovna Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori etib tayinlandi.
•O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
•Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
•Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
•Oliy ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
•Oliy ta’lim muassasasi tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
•Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
•Oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
•Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
•Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
•O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
•Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
•Talabalikka, magistratura va stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar institutiga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
•Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
•Talabalar, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
•Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
•Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
•Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
•Oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
•Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
•Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
•Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Siddiqova Sadoqat G‘afforovnaning ta’lim va ilm-fan bo‘yicha ma’ruza o‘qish grafigi

    

Mavzu

Ishtirokchilar

Vaqti

Xona

Izoh

1

Oliy ta’limda muammolar tahlili va zamonaviy yechimlar

Professor- o‘qituvchilar, tadqiqotchilar

Chorshanba

soat 15 00

K1 bino

202 xona

 

2

Oliy ta’limda islohotlar sharhi va ularning ijrosini ta’minlash monitoringi

Professor- o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar, tadqiqotchilar

Shanba

soat 10 00

K2 bino

Katta majlislar zali

 

 

 

XXI asrda jahon miqyosida taʼlim barqaror taraqqiyotni taʼminlovchi asosiy omil sifatida eʼtirof etilib, 2030 yilgacha belgilangan xalqaro taʼlim konsepsiyasida “Butun hayot davomida sifatli taʼlim olishga imkoniyat yaratish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu uzluksiz taʼlim tizimida va butun hayot davomida har bir shaxsning ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya va masofaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi. Mustaqillik yillarida zamonaviy talablar asosida taʼlim sifatini oshirish, kreativ usullarni qo‘llash orqali taʼlim berish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik adabiyotlarini xalqaro talablar asosida yangilash, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish kabi ishlarga alohida eʼtibor qaratildi. 
2019 yil 11 iyuldagi  «Oliy va o‘rta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4391-son  qarori  ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida tizimdagi muammolar, oliy taʼlim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini taʼminlash asosida taʼlim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Bugungi kunda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hudud miqyosida to‘qimachilik va yengil sanoat, oziq-ovqat, neft va gaz, arxitektura va qurilish sohalari bo‘yicha mutaxassis tayyorlovchi yirik oliy taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat yuritmoqda. Taʼkidlash joizki, hozirgi shiddatli rivojlanayotgan zamonda aynan ushbu sohalar uchun zarur kompetensiyalarni belgilab, ularni o‘qitish eng muhim vazifa bo‘lib qolmoqda, jumladan raqamli texnologiyalarning shiddatli rivojlanishi, sunʼiy intellekt, virtual makonlar va raqamli aktivlarning vujudga kelganligi ushbu texnologiyalar bilan raqobatlasha oladigan hamda mazkur sohalar uchun yangi loyihalar innovatsion ishlanmalar yaratadigan bilimli, tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega, adolatli va vatanparvar kadrlar tayyorlanishi talabini qo‘ymoqda.
Darhaqiqat, bugungi kunda institutnining asosiy vazifasi talabalarni oldindan ko‘ra bilgan holda tarbiyalash va o‘qitish bo‘lib, ular oliy maʼlumotli diplom bilan birga, ulardan xayot talab qiladiganidan ham ko‘proq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini taʼminlash bo‘lib hisoblanmoqda.
Hozirgi kunda institutimizning o‘qituvchi va olimlari, iqtidorli talabalar mamlakatimiz va jahonning oliy taʼlim va ilm makonida yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar. 
Oxirgi 5 yil mobaynida xorijiy hamkor OTMlardan professor-o‘qituvchilar, olimlar, shuningdek, ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi mutaxassislar dars jarayonlariga, bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalarga, ilmiy rahbarlik hamda maslahatchilikka jalb etildi.
Bugungi kunda Buxoro muhandislik - texnologiya institutidagi  ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar Germaniyaning GIZ dasturi, Jaxon banki,  O va O‘MT vazirligi, korxona va tashkilotlar va institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan. 
Jumladan “Spektral tahlil” “Noaʼanaviy energetika”, “Kimyoviy texnologiya”, “Neft va gaz maxsulotlari sintezi”, “Oziq-ovqat mikrobiologiya-si”, “Sensor va analitik tahlil”, “Don va don mahsulotlarini tahlil qilish”, “Mexatronika”, “To‘qimachilik, yengil sanoat texnologiyalari va dizayn, charm sanoati texnologiyalari va mashinasozlik ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish laboratoriyalari.
Institutning har bir professor-o‘qituvchilarining olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash, shuningdek ularni tijoratlashtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot planshetlari va ularni yo‘l xaritalari ishlab chiqildi, natijada institutning 450 nafar professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot mavzulari tasdiqlandi va OAK byuletenida eʼlon qilindi, korxona va ishlab-chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlik belgilandi va innovatsion guruh shakillantirildi. Innovatsion guruhning ingliz tili va AKT (Solid Word) dasturini to‘liq o‘zlashtirishga alohida eʼtibot qaratilmoqda. Buning natijasida ilmiy-tadqiqot ishining maqsadi, vazifasi, qo‘llanilish sohasi, xarajatlar smetasi tayyorlanib tijoratlashtirishga va yangi ishchi o‘rinlarni yaratishga qaratildi. 
Bizning institut bugungi kunda muhandis kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini namoyish etayotgani, xorijiy hamkorlar va hamkasblarning eʼtirofiga ega ekanligi, butun dunyodagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqada ekanligini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Institutimiz yutuqlari bevosita mamlakatimizda olib borilayotgan taʼlim siyosati, xususan oliy taʼlim sohasidagi oxirgi besh yilda amalga oshirilgan islohotlar va bevosita muhtaram Prezidentimizning oliy taʼlimga berayotgan alohida eʼtiborlari natijasi ekanligini taʼkidlash joiz.